Va ularni olish usullari
Download 122.22 Kb.
|
Reja m a’lumotlar va bilimlar. Asosiy tushunchalar-fayllar.org
professional faoliyatning o'yinli immitatsiyasi [1-4,13-16]. Protokolli tahlilda
olingan bilimlar belgilab qo'yishdan iborat. Intervyu rejimida bilimlar injeneri ekspert bilan uni kerakli tomonga yo'naltirib, faol muloqotni olib boradi. O'yinli immitatsiyada ekspert uning professional faoliyati kechadigan holatga o'xshash holatga tushib qoladi. Uning harakatlarini turli holatlarda kuzatib bilimlar injeneri keyinchalik intervyu rejimida ekspert tomonidan chuqurlashtiriladigan ekspert bilimlar haqidagi o'z qarashlarini shakllantiradi. O'yinli imitatsiyaning prinsiplari turli ish o'yinlarida, maxsus trenajerlarda o'z o'rnini topdi. Eslatib o'tilgan har bir bilimlarni olish usullari o'zining xato va kamchiliklariga ega. Shunday qilib, protokollar tahlilida bilimlar injeneriga predmet sohasiga doir lug'atga kiritish lozim bo'lgan tushunchalarni ajratish oson bo'lmaydi. Bundan tashqari, ekspert tahlili to'xtab qolib va xulosaning tushirib qoldirilgan qadamlari asosida davom ettirilishi vaqtida protokollarda bo'shliqlar uchrab qoladi. Shunga o'xshash bo'shliqlarni faqat intervyu rejimida to'ldirish mumkin. Shunday qilib, ekspertdan bilimlarni olishning 3 ta yondashuvidan intervyu bosqichi muhimdir. Intervyu olishning 20 tadan ortiq strategiyalari mavjud. Ulardan 3 tasi eng ko'p tarqalgan: pog'onalarga bo'lish, repertuarpanjara va moslikni tasdiqlash. Pog'onalarga bo'lishda ekspertga uning fikricha predmet sohasining muhim tushunchalarini aytish va ular orasidagi strukturalashtirish munosabatlarini ko'rsatish, ya’ni «element - sinf», «butun-qism» va boshqa turdagi munosabatlarni ko'rsatish taklif etiladi. Bu tushunchalar so'rovning keyingi qadamlarida asos ma’lumotlardek ishlatiladi. Strategiya tushunchalarda bir - biri bilan uzviy bog'langan guruh - taksonlar(klasterlar)ni ajratish, predmet sohasi tushunchalari ierarxiyalarini yaratishga qaratilgan. Repertuar panjara strategiyasi bir tushunchani boshqasidan ajratishga imkon yaratuvchi tushunchalarning xarakteristik xususiyatlarini aniqlashga yo'naltirilgan. Uchlikka har ikki tushuncha uchun ularni uchinchisidan ajratadigan belgilarni atashni taklif etish orqali ekspertga tushunchalar uchligini taqdim qilishdan iborat. Har bir tushuncha biror uchlikka tegishli bo'ladi, bunday prtsedura asosida tushunchalar hajmini chuqurlashtirish sodir bo'ladi va tushunchalarning 85 «simptokompleks» lari shakllantiriladi. Bular yordamida tushunchalar BBda identifikatsiyalanishi mumkin. Men Ona Ota Zo'r do'st Boshliq yoki o'qituvchi, kimning boshchiligida sizga ishlash qulay O'xshashlik Farqi Oliy ma’lumotsiz Oliy ma’lumotli Hayoti zavqli Ruxi tushgan (pessimist) Sabrli Toqatsiz Moslikni tasdiqlash strategiyasi ekspertga predmet sohasidagi har bir tushunchalar juftligini biror moslik(tolerantlik) munosabatiga tegishliligini o'rnatishni taklif qilishdan iborat. Buning uchun ekspertga yetarlicha oddiy savollar ketma - ketligi beriladi va bu savollarni berishdan maqsad moslik tushunchalarini aniqlashdir. Bilimlar injeneri bilan ekspert mutaxassisning o'zaro munosabati jarayoni 3 bosqichni o'z ichiga oladi [1-4, 13-16]. 1) Tayyorlovchi bosqich. Muloqot samarali o'tish uchun ikkala ishtirokchi ham o'yin yoki muloqotga chuqur tayyorlanishlari lozim. Ekspert faqatgina kompetentli mutaxassis bo'lib qolmasdan, balki asosiy maqsadga erishish - TV larni qurishda manfaatdor(ma’naviy yoki moddiy) shaxs bo'lishi maqsadga muvofiq. U bilimlar injeneriga xayrixoh bo'lishi va o'z bilimlarini tushuntira olishi lozim (eng yaxshi holat ekpertning o'qituvchilik mahorati bo'lsa). Download 122.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling