Va ularni olish usullari


Download 122.22 Kb.
bet11/16
Sana18.10.2023
Hajmi122.22 Kb.
#1708987
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Reja m a’lumotlar va bilimlar. Asosiy tushunchalar-fayllar.org

Psixologik aspekt. Bilim olishning psixologik jihatlari bilimlar muhandisi va
bilim manbasi - ekspert orasidagi o'zaro munosabatning samarali va
muvaffaqqiyatli bo'lishida asosiy omil hisoblanadi. Sababi bilim to'planishi
bevosita ET yaratuvchilari orasidagi muloqoti natijasi hisoblanadi [1-4, 13-16].
Shu narsa ma’lumki, ekspert bilan og'zaki muloqot jarayonida axborotning
yo'qolishi quyidagicha:
89



Axborotni o'ylashda


100 %
So'z shaklida ifodalashda
90 %
Aytib berishda
80 %
Eshitishda
70 %
Tushunishda
60 %
Bilimlar muhandisi xotirasida qolishi
24 %
Bilimlarni olishning psixologik jihatlari strukturasi aloqa qatlami, harakat
qatlami va o'rganish qatlamidan iborat. Bilimlarni egallashda muloqot
ishtirokchilari(sheriklar), muloqot vositalari (protseduralar) va muloqot mavzusi
(bilimlar)dan foydalaniladi.
Aniqlanishicha, inson 7±2 ta so'zdan iborat jumlalarni yaxshi qabul qiladi.
Bu son (7±2) Ingve-Miller soni deb ataladi. Uni nutqning “suhbatlilik” o'lchami
deb ham atashadi. Natijalarni bayonnomalashtirishni uchta uslubda tashkil qilish
mumkin:
1) Suhbat jarayonida bilimni qog'ozga yozib borish (kamchiligi - suhbatda
halal beradi, stenograf ko'nikmalarga ega bo'lsa ham barchasini yozib qolish qiyin
hisoblanadi);
2) Magnitofon(diktofon)ga yozib olish bilimlar muhandisiga butun suhbatni
va o'zining harakatlarini qayta tahlil qilishga yordam beradi (kamchiligi -
ekspertni cheklab qo'yishi mumkin);
3) Suhbatdan so'ng xotirada qolganlarni eslab chiqish(kuchli xotiraga ega
analitiklarga mos keladi).
Misol. Bilimlar maydonini shakllantirish bo'yicha ekspert bilan ishlash
usuliga misol keltiramiz.
Tayyorlovchi bosqich [1-4, 13-16]:
1. Loyihalanayotgan tizimning masalalarini, kirish va chiqishda nima
bo'lishini, ish rejimi, maslahat olish, o'rgatish va boshqalarni aniqlash.
2. Ekspertlarni tanlash: ekspertlar sonini aniqlash; kompetentlik darajasini
tanlash (har doim ham birdaniga eng yuqori darajani tanlash yaxshi emas);
ekspertlarni ishga qiziqtirish imkoniyatlari va usullarini aniqlash; ekspertlarni
sinovdan o'tkazish;
3. Bilimlar injenerini predmet sohasidagi maxsus adabiyotlar bilan
tanishtirish.
4. Bilimlar injeneri va ekspertlar tanishuvi (bundan keyin soddalik uchun
ekspert bitta deb hisoblaymiz). Ekspertni SI bo'yicha mashhur adabiyotlar bilan
tanishtirish.
5. Bilimlar injenerining adabiyotlardagi aprior bilimlardan bilimlar
maydonining birinchi yaqinlashishini qurishga harakati(bilimlar maydonining
prototipi).
Asosiy bosqich:
1. Bilimlar maydonining «T ayyorgarligi»:
a) predmet sohasiga bog'liq holda intervyu olish usulini tanlash;
90



b)
fikrlarni ovoz chiqarib protokollashtirish yoki ekspert mulohazalarini


magnitofonda yozish (bilimlar injeneri iloji boricha hozircha mulohazalarga
aralashmasligi lozim).
2. «Uy ishi». Bilimlar injenerining ekspert mulohazalaridan ba’zi bir sababiy
- natijaviy aloqalarni ajratishga harakati; predmet sohasining lug'atini tuzish va
ekspertga savollarni tayyorlash;
3. Bilimlar maydonini «biroz tayyorlash». Bilimlar maydoni prototipi va uy
ishi, shuningdek, bilimlar injenerining savolga javobini ekspert bilan muhokama
qilish.
4. Kontseptual modelni shaklllashtirish.
5. Ikkinchi yaqinlashishning bilimlar maydonini qurish.
E kspertlardan bilim lar olish tizimlari. MORE tashxis tizimi [20] misolida
intervyu olish texnikasi tavsiflanganidek, mohiyatlar, farazlar, simptomlar,
shartlar, aloqalar va yo'llarni tushuntirishga yo'naltirilgan:
• farazlar - identifikatsiyasi o'zining tashxis natijasiga ega hodisa;
• simptomlar - farazning mavjudligi natijasi hisoblangan hodisadir, uni
kuzatish keyingi farazlarni qabul qilishni yaqinlashtiradi;
• shartlar - qandaydir faraz uchun to'g'ridan to'g'ri simptomatik
hisoblanmaydigan, ammo qandaydir boshqa hodisalar uchun tashxis
qiymatlarga ega bo'la oladigan hodisalar yoki hodisalar to'plami;
• aloqalar - mohiyatlar birlashmasidir(shu jumladan boshqa aloqalarning);
• yo'llar - farazlarni simptomlar bilan ulovchi aloqalarning ajratilgan turi.
Shunga mos holda quyidagi intervyu strategiyalari ishlatiladi:
farazlar
differentsiatsiyasi, simptomlarni farqlash, simptomli shartlashish, yo'llarni bo'lish
va boshqalar.
Farazlarni differentsiallash farazlarni aniqroq farqlash(ajratish) imkonini
beradigan simptomlarni izlashga yo'naltirilgan. Bu ma’noda, eng kuchli
simptomlar tashxis qilinadigan hodisalarning biridan kelib chiqadigan simptomlar
hisoblanadi. Simptomlarni ajratish uning maxsus xarakteristikalarini aniqlaydi. Bu
xarakteristikalar bir tomondan, uni biror bir farazning natijasi sifatida
identifikatsiyalaydi, boshqa tomondan, boshqalariga qarama-qarshi qo'yadi.
Simptomli shartlanganlik salbiy simptomlarni, ya’ni ularning bo'lmasligi
mavjudligidan ko'ra katta og'irlikka ega bo'lgan simptomlarni aniqlashga
yo'naltirilgan. Yo'llarni bo'lish topilgan simptomlar yo'lida yotgan simptomli
hodisalarni topishni ta’minlaydi. Agar bunday simptom mavjud bo'lsa, u holda u
topilgan simptomga ko'ra katta tashxis qiymatga ega.
Ekspert intervyu olishning o'xshash strategiyalari IDIS [66] texnik tashxis
tizimni yaratishda qo'llanilgan.
KRIION [1-4, 21] tizimida bilimlarni egallash uchun 2 ta manba ishlatiladi:
Ekspert, uning amaliyotida hosil qilingan bilimlari bilan(bu bilimlar, qoida
bo'yicha, to'liqsiz, bog'lanmagan, yomon strukturalashtirilgan), kitobiy bilimlar,
hujjatlar, qo'llanmalar tavsifi (bu bilimlar yaxshi strukturalashtirilgan va an’anaviy
vositalar yordamida qayd qilingan). Birinchi manbadan bilimlarni olish uchun
KRIIONda repertuar panjara va darajalarga bo'lish strategiyalarini qo'llovchi
91



intervyu texnikasi qo'llanilgan. Bunda strategiyalarga o'tish usuli qo'llaniladi: agar


semantik bog'langan tushunchalar uchligini ko'rsatishda ekspert ularning ikkitasini
uchinchisidan ajratadigan belgini aniqlash holatida bo'lmasa, tizim darajalarga
bo'lish strategiyasini ishga tushiradi va ularni ajratuvchi belgilarni aniqlash
maqsadida bu tushunchalarning taksonomik strukturasini aniqlashga kirishadi.

Download 122.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling