Va ularni olish usullari


 Ma’lumotlar va bilimlar. Asosiy tushunchalar


Download 122.22 Kb.
bet2/16
Sana18.10.2023
Hajmi122.22 Kb.
#1708987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Reja m a’lumotlar va bilimlar. Asosiy tushunchalar-fayllar.org

1. Ma’lumotlar va bilimlar. Asosiy tushunchalar.


tominlari informatika vositalarining rivojlanishi bilan bir-biriga yaqinlashib


bormoqda.
EHMda ishlatiladigan axborot protsedurali va deklarativga ajratiladi [2-4].
Protsedurali axborot
masalani yechish jarayonida bajariladigan dasturlarda
moddiylashtirilgan, deklarativ axborot - bu dasturlar ishlatadigan ma’lumotlarda
moddiylashtirilgan bo’ladi. EHMda axborotlarni tasvirlashning standart shakli
mashina s o ’zi hisoblanadi. Mashina so’zi mazkur EHM turi uchun aniqlangan
ikkilik razryadlar - bitlardan tashkil topgan. Ammo bir qator hollarda mashina
so’zi
baytlar deb nomlangan 8ta ikkilik razryadlar bo’yicha guruhlarga
ajratilmoqda.
Hozirda mavjud ko’pgina EHMlarda axborotni mashina so’zining ixtiyoriy
razryadlar to’plamidan bir bitgacha olish mumkin. Ko’pgina EHMlarda ikki yoki
undan ortiq mashina so’zlarini katta uzunlikdagi bitta so’zga birlashtirish mumkin.
EHM strukturasining rivojlanishi bilan parallel ravishda ma’lumotlarni
tasvirlash uchun axborot strukturalarning rivojlanishi sodir bo’ldi. M a’lumotlarni
vektor va matritsa ko’rinishida tavsiflash usullari paydo bo’ldi, ro’yxat va iyerarxik
strukturalar vujudga keldi. Hozirda yuqori darajali dasturlash tillarida abstrakt
m a ’lumotlar turlari qo’llanilmoqda. Ularning strukturasi dasturchi tomonidan
beriladi. M a’lumotlar bazasi(MB)ning paydo bo’lishi deklarativ axborotlar bilan
ishlash bo’yicha yana bir ilgari qadam bo’ldi. MBda bir vaqtning o’zida katta
hajmdagi ma’lumotlar saqlanishi mumkin, MBni boshqarish tizimlarini tashkil
etuvchi maxsus vositalar esa ma’lumotlarni samarali manipulyasiya qilishga, kerak
bo’lganda bazadan ma’lumotlarni olish va ularni kerakli tartibda bazaga yozishga
imkon beradi.
IT sohasidagi tadqiqotlarning rivojlanishi bilan protsedurali va deklarativ
axborotlarning ko’pgina xusuiyatlarini o’zida birlashtirgan bilimlar konsepsiyasi
vujudga keldi.
EHMda bilimlar ma’lumotlar kabi belgili ko’rinishda - formulalar, matnlar,
fayllar, axborot
massivlar va sh.k. ko’rinishida tasvirlanadi. Shuning uchun
bilimlarni maxsus shaklda tashkil etilgan ma’lumotlar deyish mumkin. Lekin bu
juda tor tushuncha bo’lardi. Shu bilan birga sun’iy intellekt (SI) tizimlarida
bilimlarni shakllantirish va qayta ishlash tadqiqotlarning asosiy obyekti
hisoblanadi. Bilimlar bazasi MB bilan bir qatorda SI dasturiy kompleksining
muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. SI algoritmlarini ifodalaydigan mashinalar
bilimlarga asoslangan mashinalar deyiladi, SI nazariyasining ekspert tizimlarni
qurish bilan bog’liq bo’lgan bo’limi bilimlar injineriyasi deyiladi.
2. Bilimlarning tiplari va bilim larni sinflash
S.I.Ojegov «Rus tili slovarida» [5] bilimni - «haqiqiylikni ong bilan anglash
(fahmlash, tushunish, payqash) va «qandaydir sohada ma’lumotlar, bilishlar
majmui» kabi izohlaydi.
Ushbi ishda PrSdagi bilimlarning quyidagi turlari
keltirilgan: deklarativli, pragmatikli, protsedurali, evristikli, exspertli.
75



Yuqorida keltirilgan bilimlarning izohlarini hisobga olib, ularni ikkita:


obyektiv va subyektiv (inson bilimlari) bilimlarga ajratish mumkin [1].
Obyektiv bilimlar aniq obyekt yoki obyektlar sinfini (narsalar, jarayonlar,
hodisalar va h.k.) tavsiflash bilan bo’g’liq. Metabilimlar esa tabiyat, jamiyat va
fikrlashning umumiy tushunchalari, prinsiplari va qonuniyatlarni tvsiflaydi.
Subyektiv bilimlar inson, insonlar guruhi yoki sun’iy bilimlar manbalaridan
(kitob, o’quv kursi, gazeta, ilmiy jurnal,videofilm va boshqalar) olinadi. Inson
yordamida olingan subyektiv bilimlarni izohlashda ushbu insonning dunyoqarashi,
qobilyati, xulq-atvori, hayotiy tajribasi, professional faoliyat sohasi va h.k. kabi
xususiyatlari e’tiborga olinishi lozim.
SI sohasidagi mutaxassislar bilimlar tiplarini tahlil qilishda e’tiborni ko’proq
bilimlarning formal-mantiqiy tomonlariga qaratadilar. Bunda EHM xotirasida
saqlangan bilimlarga maxsus algoritmlarni qo’llab, huddi mantiqiy xulosalash
kabi natijalarni olish mumkin.
Psixologlar nuqtai-nazaridan [1] idrok etish, xotira, fikrlash kabi psixik
timsollar bilimlarni ifodalaydi. Psixik timsollar sifatida predmetlar va tashqi
olamdagi hodisalar, insonnig turli hatti-xarakatlari timsollari va h.k. lar qaraladi.
Ko’p hollarda bilimlar sifatida - predmetlar, hodisalar, ularning hossalari va ular
orasidagi munosabatlarni ifodalovchi fahmlovchi dinamik modellar qaraladi.
Psixologik jihatdan bilimlar sezuvchu, tasvirli va belgili modellar shaklida mavjud
bo’ladi.
Bilimlarni yuqorida keltirilgan izohlashlar nuqtai-nazaridan to’rtda
guruhga birlashtirish mumkin [1] (4.1-rasm).
76



________________________________________



Download 122.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling