Va ularni olish usullari


Download 122.22 Kb.
bet3/16
Sana18.10.2023
Hajmi122.22 Kb.
#1708987
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Reja m a’lumotlar va bilimlar. Asosiy tushunchalar-fayllar.org

в
Bilimlarni izohlash
---- ►
Psixologikli:
1)psixik timsollar; 2) fahmlovchi modellar.
---- ►
Intellektualli:
1) muammoli sohadagi
obyektlar haqidagi faktlarni, ushbu
obyektlarning
hossalari
va
ular
orasidagi
bog’lanish
munosabatlarini saqlovchi ma’lumotlar; 2) muammoli sohada
kechayotgan jarayonlar tavsivlari; 3) muammoli soha doirasida
bir xil tipli masalalarni yechish uslublari haqidagi axborotlar.
------

Formalli-mantiqiy:
maxsus protseduralar yordamida muammoli soha haqida xulosalar
chiqarishda yangi bilimlarni olish uchun qo’llaniladigan
formallashgan axborotlar
------

Axborotl i-texnologiyal i:
EHM xotirasida saqlanuvchi va intellectual daturlar bilan
ishlashda foydalaniladigan strukturalashtirilgan axborotlar
4.1-rasm.Bilimlarni izohlash
B unda:
- psixologikli- bilimlarni psixologlar izohlaydi;
- intellektualli - bilimlarni SI sohasidagi mutaxassislar izohlaydi;
- formalli-mantiqli- bilimlarni mantiqchilar izohlaydi;
- axborotli-texnologokli - bilimlarni pragmatik-daturchilar va axborot
tizimlarni yaratuvchilar izohlaydi.
Bilimlarni manbalardan olish xarakterlariga, foydalanish hamda ishonchlilik
darajalari va maqsadga bog’liqligiga qarab sinflash 4.2-rasmda keltirilgan [1].
77



Bilimlarni olishning manbalariga qarab ular aprior va hosil qilinadigan


bilimlarga bo’linadi [1]. Aprior bilimlar MBni o’z ichiga olgan intellektual
tizim(IT)lar o’z faoliyatini boshlanguncha undagi MBda aniqlanadi va to’planadi.
Aprior bilimlardan farqli ravishda, hosil qilinuvchi bilimlar MBdan foydalanish
jarayonida shakllantiriladi.
Ushbu bilimlarning manbalari sifatida exspertlar, tashqi sun’iy kuzatuvchi
qurilmalar (turli xildagi datchiklar, timsollarni angllash mexanizmlari va h.k)
hamda intellektual tizim doirasida bilimlarni hosil qilish va xulosalash qoidalari
hamda protseduralari bo’lishi mumkin.
Bilimlardan foydalanish aspektlariga qarab ularni deklarativli (faktlar,
ma’lumotlarning tavsifiy tipi), protsedurali (qandaydir muammoli sohada bir xil
tipdagi masalalarni yechish uslublari haqidagi axborotlar) va metabilimlarga
(bilimlar haqidagi bilimlar) ajratish mumkin [1].
Deklarativ bilimlar obyektlarni va ular orasidagi munosabatlarni tavsivlash
uchun qo’llanildi.
78





Protsedurali bilimlar - o ’zini-o’zi izohlovchi bilimlardan iborat bo’lib,
protseduralarni tavsiflashda qo’llaniladi. Bu protseduralarda PrSning hamda uning
MBdagi modellari o’zgarishi bilan bog’liq harakatlari dasturlashtirilgan bo’lishi
mumkin. Bunda bilimlar bazasining ba’zi qismlarini qayta ishlovchi maxsus
protseduralar nabori joriy holatni ifodalaydi.
Metabilimlar ko’p hollarda bilimlar haqidagi bilimlar shaklida aniqlanadi va
bilimlardan foydalanish prinsiplari haqidagi umumiy ma’lumotlardan iborat
bo’ladi. Metabilimlar tipiga protsedurali bilimlarni tanlash va qo’llashni boshqarish
strategiyalari ham kiradi.
Bundan tashqari ba’zi adabiyotlarda bilimlarni quyidagi tiplarga ajratishadi
[2-4]:
• interfeysli - atrof-muhit bilan aloqa qiluvchi bilimlar;
• muammoli- PrS haqidagi bilimlar;
• protsedurali - masalarni yechish usullari haqidagi bilimlar;
• strukturali - operatsion tizimlar haqidagi bilimlar;
• metabilimlar - bilimlarning hossalari haqidagi bilimlar.
Maqsadga yo ’naltirilganlik nuqtai-nazaridan bilimlarni extensionalli
(aniq, tashqi) va intensionalli (abstraktli, maqsadli) tiplarga ajratish mumkin [2­
4]. Extensionalli bilimlar haqiqiy olamdagi obyektlar haqidagi faktlarni
ifodalaydi. Ushbu bilimlarga misollar sifatida relyatsion bazalarni keltirish
mumkin:
1) "Axmedov avtomobilga ega ";
2) "Yerdan quyoshgacha bo’lgan masofa 150 mlrd. km";
3) "To’rtburchak-bu geometrik figura ".

Download 122.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling