Va ularni olish usullari


Download 122.22 Kb.
bet12/16
Sana18.10.2023
Hajmi122.22 Kb.
#1708987
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Reja m a’lumotlar va bilimlar. Asosiy tushunchalar-fayllar.org

KRIIONda ekspertning protsedurali bilimlarini aniqlash uchun protokolli
tahlil usuli qo'llanilgan. U 5 qadamda amalga oshiriladi. Birinchi qadamda ekspert
yozuv jarayonida qiladigan to'xtashlar asosida protokollar segmentlarga bo'linadi.
Ikkinchi qadam - segmentlarning semantik tahlili, har bir segment uchun
mulohazalarni shakllantirish. Uchinchi qadamda matndan operator va argumentlar
ajratiladi. Keyin BBda mulohazalardagi o'zgaruvchilarni topish uchun namuna
bo'yicha izlashga kirishiladi. Oxirgi qadamda tasdiqlar ularning protokolda hosil
bo'lishi bo'yicha tartiblanadi. KRIION da matnni tahlil qilish kitoblardan,
hujjatlardan, tavsiflardan, qo'llanmalardan yaxshi strukturalashtirilgan bilimlarni
olish uchun ishlatiladi.
Predmet sohasi modelini aniqlashda [22] birinchi faza - bilimlar injeneri
tomonidan predmet sohasining qo'pol modeli, ya’ni predmetlar va ularning
ma’lum argumentlari turlari hamda sohaning ushbu predikatlar bilan ifoda
etiladigan faktlar tizimiga ma’lumot berish yo'li bilan shakllantiriladi. Tizim
predikatlarning xususiyatlarini aks ettiradi va ularni strukturalashtiradi, o'zaro
munosabatni o'rnatadi. Ikkinchi fazoda insonning fikrlash xususiyatlarini aks
ettiruvchi
metabilimlar
(umumiy
strukturadagi)
yordamida
faktlarning
predikatlarga mosligini tekshirish, faktlardan qoidalarning induktiv xulosasini
chiqarish, boshqa qoidalardan qoidalar chiqarish amalga oshiriladi.
Bilimlarni hosil qilish tizimini ifoda qilishning asosiy bosqichlarini
keltiramiz.
1. Qiziqtiradigan muammolarni yechish jarayoni sodir bo'ladigan faol
sohani aniqlash va ularni avtonom sohalarga ajratish uchun intervyu .
2. Predmet sohasining deklorativ modelini aniqlash va shakllantirish uchun
avtomatlashtirilgan intervyu.
3. Modelni protsedurali bilimlar bilan to'ldirish uchun oldingi bosqichda
aniqlangan predmet soha munosabatlari va tushunchalarining protokolli tahlili( 2
va 3 bosqichlarni model kerakli to'liqlikka erishgunga qadar davom ettirish
mumkin).
4. Modelning deklorativ bilimlar bilan to'ldirilishi uchun protokollli tahlil.
Modelning to'liqligini tekshirish. Odatda protokolli tahlil modeldagi bo'shliqlarni
aniqlaydi.
6. M a’lum otlar bazasidan bilimlarni ajratib olish usullari
Ekspertlar o'z faoliyatlari davomida juda katta hajmdagi ma’lumotlarni
to'playdilar. Lekin ularning yagona istagi - bu to'plangan ma’lumotlar bazasidan
o'zlari uchun kerakli bo'lgan ma’lumotlarni tez va aniq qidirib topish hisoblanadi.
Qisqacha aytganda ma’lumotlar ombori xotira yoki murakkab yozuvlar daftari
92



vazifasini bajaradi. Foydalanuvchilarning ma’lumotlar bazasiga kirishi aniq


qo'yilgan savollarga javob olish uchun saqlanayotgan ma’lumotlarning unchalik
katta bo'lmagan qismini olishni ta’minlaydi. Ulkan axborot oqimiga, to'plangan
axborotning ulkan zaxiralariga ega bo'lganimizda qandaydir jarayonlarni
boshqarishni
optimallashtirish,
tashkilot
faoliyatini
yaxshilash murakkab
obyektlarga, masalan, tibbiy tashkilotlar, biologik sitemalar yoki inson
organizmiga taaluqli xossalari va amal qilish qonunlarini aniq bilish maqsadida
ma’lumotlarda mavjud bilimni chiqarish uchun bu ma’lumotdan maksimal
maqsadga muvofiq foydalanish masalasi paydo bo'ladi.
Eski sinalgan usul bilan, ya’ni ma’lumotlarni tahlil qilishning an’anaviy
vositalaridan foydalanib, bu ma’lumotlarni tahlil qilishlari uchun analitiklar,
statistiklarning ulkan guruhlarini yollash ham mumkin edi. Lekin, ma’lumki,
hozirda bu masala ma’lumotlar hajmining ko'payib borganligi sababli faqat inson
kuchi bilan hal qilib bo'lmaydi. Inson intellektidan ekstensiv yo'l bilan foydalanish
bu masalani yechishga imkon bermaydi va uni yechish uchun sifat jihatdan aniq
yondashuv talab etiladi. Ikkinchi tamondan, bunday yechim juda qimmat va
iqtisodiy salohiyatsizdir. Bundan tashqari analitiklar oladigan natijalar har doim
ham obyektiv bo'lavermaydi, chunki odatda kishilar o'rganayotgan obyekt haqida
ba’zi muhim tasavvurlar, u yoki bu mulohazalar bilan oshkor va oshkormas fikr
yuritadilar. Bu esa qaralayotgan natijalar obyektivligiga ta’sir qilmasdan qolmaydi
[1-4, 13-16].
Aniq mulohaza uchun qanday davolash afzalroq, klinika resurslarini qanday
eng samarali tashkil etish yoki davolanish xarajatlarini qanday minimallashtirish va
bunda analitik qismni mashinaga yuklash haqida ma’lumotlardan bilib olish
mumkinmi? Tahlil jarayonini avtomatlashtirish va uni yanada obyektivroq
bo'lishini xoxlaymiz, ya’ni ma’lumotlarda model, bog’lanish, qonun va h.lar
misolida yangi trivial bilimlarni avtomatik chiqarib oladigan hamda ularning
statistik ahamiyatini kafolatlaydigan biror texnologiyani olishdan iborat.

Download 122.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling