Vaqtli qatorlar va prognozlash asoslari by Abdumalik Soliev Vaqtli qatorlar


Download 1.15 Mb.
bet12/26
Sana11.01.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1087840
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
tadqiqot 9

FVN= PV(1 + r)N
bu yerda r - davr uchun belgilangan foiz stavkasiN – pul oʻtkazilgan davrlar soni. Bank misolida, FV2= $100(1 + 0.05)2= $110.25. 13 foizli investitsiyalar misolidaFV100= $100(1.13)100= $20,316,287.42.
Kelajakdagi qiymat tenglamasini qoʻllashda esda tutish kerak boʻlgan eng muhim narsa shuki, koʻrsatilgan foiz stavkasi, r va kompaundirlash davrlari soni, N-lar bir-biriga mos kelishi kerak. Ikkala oʻzgaruvchi ham bir xil vaqt birliklarida aniqlanishi kerak. Misol uchun, agar N oylarda koʻrsatilgan boʻlsa, u holda r yillik davrni hisobga olmaganda, bir oylik foiz stavkasi boʻlishi kerak.
1-misol.

Siz shtatingizning lotereya yutugʻining soliqlar toʻlanganidan keyin 5 million AQSh dollari miqdoridagi baxtli egasisiz. Yutuqlaringizni mahalliy moliya muassasasiga besh yillik depozit sertifikatida kiritasiz. Moliya muassasasi yiliga 7 foiz toʻlashni va’da qiladi, u har yili hisoblab oʻtkaziladi. Shuningdek, ushbu muassasa butun depozit amal qiladigan muddat mobaynida foizlarni shu stavkada qayta investitsiya qilishga ruxsat beradi. Agar pulingiz 5 yil davomida yechib olinmasdan 7 foiz hisobida investitsiya qilinsa, besh yilning oxirida qancha pul miqdoriga ega boʻlasiz?

Masalaning yechimi

Ushbu masalani yechish uchun FVN= PV1 + r)N qiymatlaridan foydalangan holda, 5 million AQSh dollari miqdorida investitsiyaning kelajakdagi qiymatini hisoblang:
PV = $5.ooo.ooo
r = 7% = 0,07
N = 5
FVN= PV(1 + r)=
= $5.000.000(1 + 0,07)5 = 
$5.000.000(1,07)=
= $5.000.000(1,402552) =
= $7.012.758,65
 
Besh yil tugagandan keyin siz 7 012 758,65 AQSh dollariga ega boʻlasiz, agar pulingiz yechib olinmasdan 7 foiz hisobida kiritilgan boʻlsa.
Continued

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling