Vaqtli qatorlar va prognozlash asoslari by Abdumalik Soliev Vaqtli qatorlar
"r" bilan belgilangan foiz stavkasi
Download 1.15 Mb.
|
tadqiqot 9
- Bu sahifa navigatsiya:
- $500 / $ 9,500 = 0,0526 yoki 5,26
- BIR PUL OQIMINING KELAJAKDAGI QIYMATI
"r" bilan belgilangan foiz stavkasi - daromad me’yori boʻlib, u turli sanalardagi pul oqimlari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni aks ettiradi. Agar bugungi kunda 9 500 AQSh dollari va bir yildan keyin 10 000 AQSh dollari qiymatga teng boʻlsa, u holda $10 000 - $9 500 = $500 boʻladi - bu bir yildan keyin 10 000 AQSh dollariga ega boʻlish uchun talab qilinadigan kompensatsiya hisoblanadi, lekin hozir emas. Foiz stavkasi - daromad me’yori koʻrinishida ifodalangan, talab qilinadigan kompensatsiyadir - u $500 / $ 9,500 = 0,0526 yoki 5,26 foizni tashkil qiladi.
Foiz stavkalari uchta usulda ifodalanishi mumkin. 1 1 Birinchidan, ularni talab qilinadigan daromad me’yorlari, ya'ni investitsiya, yani qabul qilish uchun investor olishi kerak boʻlgan minimal daromad me’yori deb qarash mumkin. 2 2 Ikkinchidan, foiz stavkalariga diskont stavkalari deb qarash mumkin. Yuqoridagi misolda 5,26 foiz - bu uning bugungi kundagi qiymatini topish uchun biz kelajakdagi 10 000 AQSh dollari miqdoridagi pul mablagʻini diskontlaydigan stavkadir. Shunday qilib, biz "foiz stavkasi" va "diskontlash stavkasi" atamalarini deyarli bir-birining oʻrnida ishlatamiz. 3 3 Uchinchidan, foiz stavkalariga alternativ qiymati sifatida qarash mumkin. Alternativ qiymat - bu investorlarning muayyan harakat yoʻnalishini tanlashi bilan yoʻqotadigan qiymatdir. Masalan, agar 9500 AQSh dollarini taqdim etgan tomon bugun buning oʻrniga uni sarflashga qaror qilgan boʻlsa, ular bu pullardan 5,26 foiz ishlab olmagan boʻlar edi. Shunday qilib, 5,26 foizni joriy iste'molning alternativ qiymati deb hisoblashimiz mumkin. Continued BIR PUL OQIMINING KELAJAKDAGI QIYMATI Ushbu qismda biz bir pul oqimi yoki bir martalik investitsiya bilan bogʻliq boʻlgan vaqt qiymatini taqdim etamiz. Biz boshlangʻich investitsiya yoki r bilan belgilangan daromad keltiradigan joriy qiymat (PV) (davr uchun foiz stavkasi) va uning N yildan yoki bugungi kundan keyingi davrlarda olinadigan kelajakdagi qiymati (FV) oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni tavsiflaymiz. Quyidagi misol ushbu kontsepsiyani namoyish etadi. Faraz qilaylik, siz foizli bank hisobiga 100 AQSh dollarini (PV = 100 AQSh dollari) yiliga 5 foiz toʻlov bilan investitsiya qildingiz. Birinchi yil oxirida siz 100 AQSh dollari va belgilangan foizlarga ega boʻlasiz, 0,05 × $100 = $5, bu jami 105 AQSh dollarini tashkil qiladi. Ushbu bir davrli misolni shakllantirish uchun biz quyidagi atamalarni ta’riflaymiz: Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling