Davlatning monopoliyalarga qarshi amalga oshiradigan iqtisodiy choratadbirlarini quyidagi yo‘nalishlarga ajratish mumkin:
1. Monopol mahsulotning o‘rnini bosuvchilarini ishlab chiqaruvchilarini rag‘batlantirish;
2. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash;
3. Xorijiy investittsiyalarni jalb qilish, qo‘shma korxonalar va erkin savdo zonalari tashkil qilish;
4. Taqchil tovarlarni ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha tadbirlarni davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish.
Davlatning monopoliyalar faoliyatini tartibga solish usullari quyidagi maqsadlarni amalga oshirishga qaratiladi.
- bozorning monopollashuvini cheklash;
- doimiy davlat monitoringini amalga oshirish;
- monopol narxlar o‘rnatilishini taqiqlash;
- raqobatni saqlash va qo‘llab-quvvatlash ya‘ni raqobatchi kompaniyalar qo‘shilishiga yo‘l qo‘ymaslik.
- Raqobat zamonaviy shakllarda amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlash.
Hozirgi davrda: “iqtisodiy tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulotlar va xizmatlar ko‘rsatish bozorlarida monopoliyani bosqichma- bosqich kamaytirish” davlat antimonopol siyosatining negizini tashkil qiladi.
3. Kasaba uyushmalarining ish haqi darajasini oshirish yo‘llari.
Ko‘pchilik bozorlarda ishchilar o‘zlarining ish kuchini kasaba uyushmalari orqali jamoa bo‘lib «sotadi». Kasaba uyushmalari nisbatan ko‘p sonli ishga yollovchilar bilan muzokaralar olib boradi va ularning asosiy iqtisodiy vazifasi ish haqini oshirishdan iborat bo‘ladi. Kasaba uyushmalari bu maqsadga turli xil yo‘llar bilan erishishi mumkin.
Ishga yollash bo‘yicha korxona ma‘muriyati va ishchilar o‘rtasidagi munosabat mehnat shartnomalari yordamida shakllanadi. Mehnat shartnomalari avvalo ish haqi stavkasi, normadan ortiqcha bajarilgan ishlar uchun stavka, dam olish kunlari va tanaffuslar, pensiya fondlari va sog‘liqni saqlashga ajratmalar hamda narxlarning o‘zgarishini hisobga olib iste‘molchilik savati qiymatini tartibga solish kabi paketlarni o‘z ichiga oladi.
Ko‘pchilik mamlakatlarda ishsizlikni ijtimoiy kafolatlashga, ishlovchilarning mehnat sharoitini yaxshilash va ish haqini oshirish imkoniyatlari bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda asosiy rol kasaba uyushmalariga tegishli bo‘ladi.
1. Ishchi kuchiga bo’lgan talabni oshirish. Kasaba uyushmalari bu talabni belgilovchi bir yoki bir necha omillarni o‘zgartirish yo‘li bilan ishchi kuchiga bo‘lgan talabni ko‘paytirishi mumkin. Xususan, ular quyidagilarga erishishga harakat qiladi:
1) ishlab chiqariladigan mahsulot yoki ko‘rsatiladigan xizmatga talabni oshirish;
2) mehnat unumdorligini oshirish va
3) ishchi kuchi bilan birgalikda foydalanadigan boshqa ishlab chiqarish omillari narxlarini o‘zgartirish.
2. Ishchi kuchi taklifini qisqartirish. Bunga quyidagi yo‘llar bilan erishiladi:
a) immigratsiyani cheklash;
b) bolalar mehnatini qisqartirish;
v) pensiyaga muddatida chiqishni qo‘llab-quvvatlash;
g) ish haftasini qisqartirishga yordam berish.
3. Kasbni malakali litsenziyalash. Bu ma‘lum mehnat turi taklifini cheklash vositasi hisoblanadi. Bunda kasaba uyushmalari korxona ma‘muriyatiga ma‘lum kasbdagi ishchilar aniq ko‘rsatilgan talablarga javob bergan taqdirda ishga qabul qilishga ta‘sir ko‘rsatadi. Bu talablar o‘z ichiga ishchining ta‘lim darajasi, mutaxassislik bo‘yicha ish staji, imtihon natijasi va shaxsiy tavsiflarini oladi. 4
4. Kasaba uyushmalari jamoa shartnomalari tuzishda monopol holatga ega bo’lgan tadbirkorlarga qarshilik ko’rsatish yo’li bilan ham ish haqi stavkasini oshirishga erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |