Vаriаnt №24 Individual talab va bozor talabi


Monopoliyaga qarshi siyosat


Download 73.99 Kb.
bet3/10
Sana06.02.2023
Hajmi73.99 Kb.
#1169423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Vаriаnt №24 Individual talab va bozor talabi

Monopoliyaga qarshi siyosat.

Monopolistlar iqtisodiyotdagi erkin raqobatga to‘sqinlik qilib, iqtisodiy rivojlanishga ancha jiddiy salbiy ta‘sir ko‘rsatishi, taraqqiyot yo‘liga g‘ov bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra, deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo‘llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosatning mazmunini tashkil etadi.
Davlatning antimonopol siyosati – monopoliyalar faoliyatini cheklash, tartibga solish va raqobatchilik muhitini vujudga keltirishga qaratiladi.
Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini monopoliyaga qarshi qonunchilik tashkil etib, u turli mamlakatlarda turli darajada rivojlangan.
Iqtisodiyotda monopollashuv printsiplari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi, shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham qatnashadi. Bu esa davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o‘z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya‘ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi, uning miqyosi va xarakteriga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo‘lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirish kabilarga qaratiladi. Bular asosan antimonopol qonunchilik yordamida hal qilinadi. Jahon tajribasida bunday qonunchilik 120 yildan ortiq davr davomida rivojlanib kelgan. Jumladan, u birinchi bo‘lib, AQShda monopoliyalar gurkirab tashkil topa boshlagan davrda paydo bo‘lgan.
Hozirgi davrda, erkin raqobatni himoya qiluvchi qonunchilik bitimlari G‘arbiy Evropaning barcha mamlakatlarida mavjud. Ularda mazkur qonunchilik ikki yo‘nalishga ega: narxlar va kompaniyalar qo‘shilishi ustidan nazorat qilish. Antimonopol tartibga solish takomillashmagan va muayyan xarajatlar bilan birga borsa-da, ular bozor iqtisodiyotida monopolistik tamoyillarni cheklashga olib keladi.
Monopoliyalarga qarshi qonunchilik va uni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar boshqa mamlakatlarda ham sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi.

Download 73.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling