Vаriаnt №24 Individual talab va bozor talabi
Kleyton qonuniga Keller-Kefover qonuni tuzatishi kiritgan
Download 73.99 Kb.
|
Vаriаnt №24 Individual talab va bozor talabi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zbekistonda antimonopol qonunchilikning vujudga kelishi.
- Respublikada monopol mavqega ega bo‘lgan korxonalarni Davlat Reestriga kiritish uchun mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda o‘tish davrining o‘ziga xos jihatlari hisobga olinadi.
5. Kleyton qonuniga Keller-Kefover qonuni tuzatishi kiritgan
(1950 yilda). Unda noqonuniy birlashib ketishlar tushunchasiga aniqlik kiritilib, aktivlarni sotib olish orqali birlashib ketish taqiqlandi. Agar Kleyton qonuni yirik firmalarning gorizontal ravishdagi birlashib ketishlariga to‘siq qo‘ygan bo‘lsa, Keller-Kefover tuzatishi vertikal ravishdagi birlashib ketishlarga cheklov kiritdi36. Unda moddiy aktivlar sohasida monopoliyalar o‘zaro ta‘siriga e‘tibor qaratadi. AQShda XXasr 80-yillarining birinchi yarmida monopoliyalarga qarshi qabul qilingan yo‘riqnoma hujjatlarida Xorfindal-Xirishman indeksidan foydalanib tarmoqlar kontsentratsiyalashuvining normativlarini o‘rnatdi. Agar bu indeks 1000 dan yuqori bo‘lmasa, bozor kuchsiz kontsentratsiyalashgan, 1800dan yuqori bo‘lsa kuchli darajada kontsentratsiyalashgan deb tan olingan. Ayni vaqtda bir qator tarmoqlarda (gaz-ta‘minoti, elektr ta‘minoti va h.k.) tabiiy monopoliyalardan holi bo‘lish qiyin. Shu sababli davlat ularga nisbatan bevosita yoki bilvosita tartibga solish dastak va vositalarini qo‘llashga majbur bo‘ladi. O’zbekistonda antimonopol qonunchilikning vujudga kelishi. Raqobatning amal qilishi ma‘lum shart-sharoitlar mavjud bo‘lishini taqozo qiladi. Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi. Raqobatchilik muhitini vujudga keltirish xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlarning erkinligi va iqtisodiy mustaqilligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo‘lidagi mavjud to‘siqlarni bartaraf etishni iqtisodiyotda monopol tuzilmalar faoliyatini tartibga solishni taqozo etadi. Bunday tartibga solishning zaruriy sharti uning me‘yoriy huquqiy asoslarining yaratilishidir. «Monopol faoliyatni cheklash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga (1992 yil) ko‘ra, bozorda ataylab taqchillik hosil qilish, narxlarni monopollashtirish, raqobatchilarning bozorga kirib borishiga to‘sqinlik qilish, raqobatning g‘irrom usullarini qo‘llash man etiladi. Qonunni buzuvchilar raqibiga yetkazgan zararni qoplashlari, jarima to‘lashlari, g‘irromlik bilan olgan foydadan mahrum etilishlari shart. Respublikada monopoliyaga qarshi faol choralarni amalga oshirish uchun Moliya vazirligi tizimida monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish bosh boshqarmasi tuzildi. Boshqarmaga ro‘yxatga kiritilgan monopoliya mavqeidagi korxonalar mahsuloti bo‘yicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib turish huquqi berildi. Respublikada monopol mavqega ega bo‘lgan korxonalarni Davlat Reestriga kiritish uchun mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda o‘tish davrining o‘ziga xos jihatlari hisobga olinadi. Iqtisodiyot va monopoliyaga qarshi amaliyot sohasidagi ahamiyatli o‘zgarishlar tegishli qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishni taqozo etadi. Shunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan (1996 yil 27 dekabrda) «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida»gi yangi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun monopolistik faoliyat va g‘irrom raqobatning oldini olish, uni cheklash, to‘xtatishning tashkiliy va huquqiy asoslarini belgilab berib, respublikaning tovar bozorlarida raqobat munosabatlarini shakllantirish va samarali amal qilishini ta‘minlashga qaratilgan. Shuningdek, mazkur qonunda mavjud va saqlanib qolgan monopolistlar tomonidan bozorda hukmronlik mavqeini suiste‘mol qilishning oldini olish va unga barham berishni ko‘zda tutsa, ikkinchidan, monopoliyadan chiqarish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish zarurligi belgilab qo‘yilgan. Mazkur qonun monopoliyalarning amal qilishini taqiqlamay, balki bozorda ularning hukmronligi oqibatida kelib chiquvchi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan. Qonunda ko‘zda tutilgan taqiqlar ham rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari uchun, ham O‘zbekiston va boshqa o‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlari uchun xos bo‘lgan monopolist tuzilmalar xatti-harakatiga qarshi o‘rnatilgan. Download 73.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling