Vаriаnt №24 Individual talab va bozor talabi


Tabiiy monopoliyalar, ularning belgilari va tartibga solinish hususiyatlari


Download 73.99 Kb.
bet7/10
Sana06.02.2023
Hajmi73.99 Kb.
#1169423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Vаriаnt №24 Individual talab va bozor talabi

Tabiiy monopoliyalar, ularning belgilari va tartibga solinish hususiyatlari.
Tabiiy monopoliyalar – ishlab chiqarishning texnologik xususiyatiga ko‘ra raqobat mavjud bo‘lmagan sharoitda talabni qondirishning o‘ziga xos bozor tuzilmasidir.
Tabiiy monopoliyalar tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar iste‘molda boshqa tovarlar bilan almashtirilishi mumkin emas. Bunday tovarlarga talabning o‘zgarishiga ular narxining o‘zgarishi kam darajada ta‘sir ko‘rsatadi.
Tabiiy monopoliyalar ob‘ektiv sabablarga ko‘ra vujudga keladi. U aynan olingan biron-bir tovarga talab bir yoki bir nechta ishlab chiqaruvchilar tomonidan samarali darajada qondiriladigan vaziyatni ifodalaydi. Tabiiy monopoliyalarning asosi – ishlab chiqarish texnologiyalari va tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlaridir. Bu yerda raqobatni qo‘llash mumkin emas yoki uni qo‘llash samarasiz.
Tabiiy monopoliyalar quyidagi sohalarda faoliyat ko‘rsatadi:
- magistral truba o‘tkazgichlarda gaz, neft va neft mahsulotlarini jo‘natish;
- elektr va issiqlik energiyasini uzatish xizmati;
- temir yo‘l transporti;
- transport terminallari, aeroport, suv portlari xizmati.
- aloqa, pochta xizmati va h.k.
Qayd qilingan monopol tuzilmalarning asosiy belgilari quyidagilar:
- faoliyat qilish tartibini o‘rnatish, ro‘yobga chiqarish va to‘xtatish huquqiy asoslanganligi;
- tarmoqlar va xo‘jalik yuritish sohalari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatishining chegaralanganligi;
- monopoliya sub‘ektlari umumiy xuquqiy mavqega ega bo‘lgan holda, ular huquq va majburiyatlarining o‘ziga xosligi;
- monopoliyalar faoliyatini tartibga solishning yaxlit tizimi mavjudligi;
- tabiiy monopoliya sub‘ektlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovar(xizmat) lar boshqalari bilan almashtirilishi mumkin emasligi ularning o‘rnini bosuvchisi mavjud bo‘lmasligi;
- mazkur tovarlar bozorida talabning noegiluvchanligi, uning doimiy barqarorligi.

Download 73.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling