Vаriаnt №24 Individual talab va bozor talabi


Umumiy holda tabiiy monopoliyalar texnologiyalardagi xususiyatlar tufayli tarmoq yoki sohaga raqobatchilarning kirishi uchun to‘siqlarning mavjud bo‘lishi


Download 73.99 Kb.
bet8/10
Sana06.02.2023
Hajmi73.99 Kb.
#1169423
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Vаriаnt №24 Individual talab va bozor talabi

Umumiy holda tabiiy monopoliyalar texnologiyalardagi xususiyatlar tufayli tarmoq yoki sohaga raqobatchilarning kirishi uchun to‘siqlarning mavjud bo‘lishi
yoki davlat yaratib bergan imtiyozlar natijasida vujudga keladi va faoliyat ko‘rsatadi.
Tabiiy monopoliyalar ishlab chiqarish ko‘lami hisobiga uzoq muddatli o‘rtacha xarajatlarni kamaytirib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Sohada yangi ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‘lishi ko‘lam samarasi yo‘qolishi tufayli xarajatlarning o‘sib, samaradorlikning pasayishiga olib keladi.
Tabiiy monopoliyalar faoliyatini tegishli davlat organlar tomonidan tartibga solishda quyidagi usullardan foydalanish mumkin:
- narx yordamida tartibga solish. Bu narxlarni o‘rnatish yoki uning chegarasini (quyi va yuqori) belgilash orqali amalga oshiriladi.
- Tabiiy monopoliyalar sub‘ekti tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlar bilan ta‘minlashning minimal darajasini o‘rnatish.
Tabiiy monopoliyalar faoliyatini narx yordamida tartibga solish turlicha variantlarda qo‘llanilishi mumkin.
Tabiiy monopoliyalar ob‘ektiv shart-sharoitlarga ko‘ra ayrim sohalarda ham qonuniy tartibda vujudga keladi va amal qiladi. Masalan, kamyob yer osti boyliklarni qazib olishda, choy, uzumning alohida navlarini etishtirishda takror ishlab chiqarilmaydigan tabiiy resurslar, jumladan alohida unumdor yer uchastkalarga egalik ishlab chiqaruvchiga monopol mavqeini ta‘minlaydi.
Davlat tabiiy monopoliyalarni tartibga solish maqsadida ularning mahsulot(xizmat)lariga narxlar va tariflar darajasini, shuningdek taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy ko‘rsatkichlarni nazorat qiladi.
Davlatning tabiiy monopoliyalarni tartibga solish usullarini qo‘llashidan maqsad quyidagilardan iborat:
- tabiiy monopoliyalarning sodir etishi mumkin bo‘lgan monopol holatini suiiste‘mol qilishini oldini olish;
- iste‘molchilarning huquqlarini himoya qilish;
- jamiyat manfaatlari yo‘lida monopol tarmoq ishlab chiqarishining rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash.
O‘zbekiston iqtisodiyotida tabiiy monopoliya sub‘ektlari faoliyati ustidan nazorat qilishning bir qator usullari qo‘llaniladi. Ularning huquqiy asosi va tartibi O‘zbekiston Respublikasi «Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida»gi qonun (9moddasi)da belgilangan bo‘lib, «tabiiy monopoliya sub‘ektlari faoliyati ustidan davlat nazorati monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi».
O‘zbekistonda barcha monopoliyalar faoliyati ustidan nazorat qiluvchi organ bu – O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hisoblanadi.

Download 73.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling