Vаriаnt №24 Individual talab va bozor talabi


Download 73.99 Kb.
bet1/10
Sana06.02.2023
Hajmi73.99 Kb.
#1169423
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Vаriаnt №24 Individual talab va bozor talabi


Vаriаnt №24

  1. Individual talab va bozor talabi.

Talab-iste’molchi narxlarning xar hil darajasida tovar va xizmatlarning aniq turining sotib olish mumkin bo’lgan miqdoridir.
Bu ta‘rif talabning miqdor tavsifini ham ifodalaydi. Talabning sifat tavsifi shundaki, u iste‘molchining tovarlarga bo‘lgan pul bilan ta‘minlangan ehtiyojini ifodalaydi. Tovar yoki xizmatlarga bo‘lgan talabning ikki turi farq qiladi: individual talab va bozor talabi.
Individual (yoki yakka) talab — alohida shaxc, oila va boshqa sub'ektning tovar (xizmat)-larning muayyan turiga bo‘lgan talabi.
Iste‘molchilarning bir turdagi tovar yoki xizmatga bo‘lgan talablari yig‘indisi bozor talabi deyiladi.
Individual va bozor talabi ham miqdor jihatdan aniqlanadi. Lekin bu miqdor har doim ham bir xil bo‘lib turmaydi, balki o‘zgaruvchan bo‘ladi. Talab miqdorining o‘zgarishiga bir qancha omillar ta‘sir qiladi. Ulardan eng asosiysi narxdir. Narx va sotib olinadigan tovarlar miqdori o‘rtasidagi mavjud bog‘liqlikni quyidagicha tasvirlash mumkin.
Narx va sotib olinadigan tovar miqdori o’rtasidagi bog’liqlik.


Bir kg unning narxi (so’m)

Talab qilinadigan unning miqdori(kg)

1000
2000
3000
4000
5000

80
55
35
20
10

Jadval ma‘lumotlari tovarga narxning pasayishi uning sotib olinadigan miqdorining o‘sishiga va aksincha, narxning o‘sishi uning miqdorining kamayishiga olib kelishini ko‘rsatadi. Mahsulot narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o’rtasidagi bu teskari yoki qarama-qarshi bog’liqlik talab qonuni deyiladi. Grafikda D egri chiziqda beshta narx-miqdor ko‘rsatkichlari bog‘liqligi aks etgan. Tobora pasayib boruvchi egri chiziq va kishilarni narx past bo‘lganda tovar, xizmat yoki resurslarni ko‘proq miqdorda sotib olishini ko‘rsatadi.


Iste‘molchilar ma‘lum bir tovarni uning narxi past bo‘lsa, ko‘proq sotib ola boshlaydi. Iste‘molchi uchun narx to‘siq sifatida chiqadi. Boshqacha aytganda, yuqori narx iste‘molchining xarid qilish istagini pasaytiradi, past narx esa bu istakni kuchaytiradi. Real iqtisodiy hayotda ba‘zan narxlar o‘ssa-da ayrim tovarlarga talabning ortishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlar ham uchraydi. Bu vaziyat Giffen samarasi deb ataladi (ingliz iqtisodchisi R.Giffen nomi bilan). Giffen kambag‘al ishchi oilalari kartoshka qimmatlashishiga qaramasdan uni iste‘mol qilish kengayishini kuzatib, bu samarani izohlab bergan. Tushuntirish shunga asoslanadiki, kartoshka kambag‘al oila iste‘molida mahsulotlarning asosiy qismini egallaydi. Agar go‘sht narxining o‘sishi ro‘y bersa, bunda kambag‘al oila go‘sht sotib olishdan umuman voz kechishga majbur bo‘ladi, o‘zining ko‘p bo‘lmagan daromadining barchasini narxi ortsa ham kartoshka sotib olishga sarflaydi. Demak, bunday vaziyatda narxlarning oshishi ayrim tovarlarga talabning kamaymasdan, aksincha uning oshishiga olib kelishi mumkin. Tovar narxi va uning xarid qilinadigan miqdori (talabning) o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni oddiy ikki o‘lchamli grafikda tasvirlash mumkin: yotiq chiziq talab miqdorini, tik chiziq narxni ko‘rsatadi. Grafikdagi DD chiziq narx va talab hajmi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni aks ettiradi.
Bunda har bir nuqta tovarning aniq narxi va iste‘molchi shu narxda sotib olishi mumkin bo‘lgan tovar miqdorini ko‘rsatadi. Narx va talabning hajmi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi bu chiziq talab egri chizig’i deyiladi.


Talabning narxdan tashqari omillar ta’sirida o’zgaruvchanligi.Talab miqdoriga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillar. Talab hajmining o‘zgarishi faqat tovar narxiga emas, balki boshqa bir qator omillarga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu omillar talabning narxdan tashqari omillari deyiladi. Talabga narxdan tashqari quyidagi omillar ta‘sir qo‘rsatadi:
1) Iste‘molchining didi;
2) Bozordagi iste‘molchilar soni;
3) Iste‘molchining daromadlari;
4) Bir-biriga bog‘liq tovarlarning narxi;
5) Kelajakda narx va daromadlarning o‘zgarishi qutilishi.
Bu omillarning o‘zgarishi talab hajmining o‘zgarishiga qanday ta‘sir ko‘rsatishini qarab chiqamiz.
1. Biror mahsulotga nisbatan iste’molchi didida ijobiy o‘zgarish ro‘y bersa, narxning tegishli darajasida unga bo‘lgan talab ortadi. Iste‘molchi didiga salbiy ta‘sir ko‘rsatadigan holatlar talabning qisqarishiga olib keladi.
2. O‘z-o‘zidan aniqki, bozorda iste’molchilar soni ko‘paysa, talab ortadi, ularning soni kamaysa, talab qisqaradi.

Download 73.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling