Vazirligi farg‘ona davlat universiteti
Download 0.52 Mb.
|
kurs ish
Savalamoq leksemasi urmoq leksemasining davomli holati sanaladi. Urmoq leksemasi “shikastlamoq, zarba bermoq”ni ifodalasa, savalamoq leksemasi mana shu harakatning davomli, ustma-ust bajarilishini anglatadi.
Ushbu leksik birlikning navbatdagi semasi «sekin-asta tushmoq», “yog‘moq” kabilar yomg‘ir leksemasi bilan sintagmatik munosabatga kirishadi. Agar yog‘moq leksemasi semasini ifodalasa, savalamoq leksemasi yomg‘ir leksemasiga xos harakatning orttirma darajasini ifodalash maqsaadida qo‘llaniladi. Yomg‘ir leksemasi yog‘moq va savalamoq leksemalari bilan o‘zaro aloqaga kirishadi. Yomg‘ir so‘zi yog‘moq leksemasi bilan yog‘ishning normal xususiyati me’yoriy darajasini ifodalasa, savalamoq leksemasi esa «davomli», «to‘xtovsiz quyish» semasini yuzaga chiqaradi. Savalamoq leksemasi ko‘chma ma’no ifodalaganda «fosh etish», «tanqid qilish» semasini ochib beradi. Inson nimanidir (yoki kimnidir) tanqid qilar ekan, unga o‘zicha baho beradi,yutuq va kamchiliklarini fosh qiladi. Qattiq tanqid orqali go‘yoki “gap- bilan savalaydi” shu maqsadda “tanqid qilmoq” semasining ifodalasi uchun savalamoq leksemasidan foydalaniladi: masalan: Bugungi yig‘ilishda qoloq, passiv talabalarni savalashdi. Savalamoq leksemasi har uch semasi orqali grammatik va mazmuniy jihatdan har qaysi variant o‘zaro sintagmatik munosabatdan tashqari, paradigmatik munosabatga ham ega. Dastlabki sema asosidagi paradigmasi kaltaklamoq, urmoq, jazolamoq, navbatdagi paradigma - yog‘moq, quymoq leksemalari; so‘nggi sema paradigmasi esa tanqid qilmoq, qarshi chiqmoq leksemalaridir. Boshqa leksemalar semalari singari bu leksema variantlari ham o‘z sub’ekt valentligiga ega: - soqchilar mahbusni savaladilar; - yomg‘ir tinmay savaladi; - ishchilar direktorni savalashdi. Sevalamoq leksemasi “shivalamoq», maydalab yog‘ish» semasi orqali faqat yomg‘ir leksemasi bilan sintagmatik munosabatga kirishadi. Aksiga olganday, marosim kunlari yomg‘ir goh shiddat bilan quyib turdi, goh ko‘ngilni xira qilib sevalab yog‘di (Z.Tojieva). Savalamoq yomg‘irning shiddatini bildirsa, sevalamoq yomg‘irning maydalab, sekin yog‘ish harakatini ifodalaydi. Shivalamoq leksemasi bir tekisda “oz-oz” semasini namoyon qiladi. Bu leksemaning yuqoridagi savalamoq va sevalamoq leksemalaridan farqi shundaki ularda yomg‘ir yog‘ish harakatining qay darajada ekani alohida e’tiborga olinadi. Shivalamoq leksemasida yomg‘irning ovoziga ham ishora seziladi. Ya’ni yomg‘irning shiddati qanchalik tez bo‘lsa, shunchalik shiddat bilan bir tekisda yog‘adi yoki aksincha. Kun bo‘yi yomg‘ir shivalab yog‘di. Bunda yomg‘irning quyi holati, ya’ni maydalab yoqqanligi nazarda tutilyapti. Chunki shiddatli yomg‘irning kun bo‘yi yog‘ishi odatiy holat bo‘lmay, u maydalab (sekin) yog‘sagina uzoq (kun bo‘yi) davom etishi mumkin. Yomg‘ir leksemasining sintagmatik munosabati o‘rganilganda, birinchi navbatda, “harakat” semasi e’tiborga olinadi. Chunki “nom” semasini bildiruvchi predmet bilan yomg‘ir leksemasi o‘rtasida hech qanday mazmuniy bog‘liqlik yo‘q, ular diz’yunktiv munosabatda. Shunga ko‘ra, ular o‘zaro sintagmatik munosabatda bo‘la olmaydi, balki ikki mustaqil turkumga xos leksemalar sifatida ajratiladi. «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da quymoq leksemasining «solmoq», «tushirmoq», «sochmoq», «qattiq, shiddat bilan yog‘moq», «sug‘ormoq», «qolipga tushirmoq», «tayyorlamoq» singari semalarini namoyon qiluvchi ma’nolari keltiriladi.1 Ushbu lug‘aviy ma’nolar orasida «shiddat bilan yog‘moq» semasi orqali tabiat hodisalarini bildiruvchi leksemalar, xususan yomg‘ir, jala, sel leksemalari bilan o‘zaro sintagmatik munosabatga kirishadi. Quymoq leksemasi “ko‘p” semasini ham o‘z ichiga olgan. Shuning uchun ham ko‘pincha tabiiy ofatlarni yuzaga keltiruvchi hodisalar bilan bog‘lanadi va ularning mohiyatini yanada chuqur ifodalashga yordam beradi. Quyidagi misolda ham quymoq leksemasi orqali yomg‘irning shiddat bilan ko‘p yoqqanligini ifodalanmoqda. Tongda boshlagan yomg‘ir tushdan so‘ng sharillab quydi. Bu kabi hollarda yomg‘irning harakatidagi «tezlik» semasi va, ayni paytda, quymoq leksemasiga bog‘lanuvchi harakatning darajasini orttiruvchi sharillab, sharros, tinmay kabi leksemalar orqali ushbu leksema jala yoki sel leksemalari bilan mutanosib mazmun kasb etadi. Quymoq leksemasi yomg‘ir leksemasi bilan tub ma’no asosida tutashadi. Shu bilan birga, ko‘plab ko‘chma ma’noni ifodalashda, obrazlilikning yuzaga chiqarishda xizmat qiladi. Tomchi leksemasining leksik-semantik sath doirasidagi ma’nosi o‘z ma’nosidan tashqari erigan qor yoki yomg‘ir bo‘lagi qismi ma’nosiga ham to‘g‘ri keladi. Daryodan bir tomchi juda oz bir qatra - tomchi - ma’lum bir bo‘lak. Daryo esa mana shunday bo‘laklarning bir qanchasini birlashtirgan jamlikdir. Daryodan bir tomchi birikmasi orqali qandaydir muayyan bir qism ifodalanadi. Daryo qanchalik katta va qudratli. Tomchi go‘yoki daryodan bir zarra. Bu zarraning daryo uchun ahamiyat yo‘qdek. Biroq ulkan daryo ana shu hisobsiz zarralarning yig‘indisi. Nuqtada bu ifoda muayyan tushunchaning juda oz, kichik qismi sifatida belgilanadi: Bu ishlarim daryodan bir tomchi xolos! Bu gapdan vazifaning ma’lum qismi bajarilganligi, bajarilishi zarur ishlar hali ko‘p ekanligi anglashilyapti. Tomchi leksemasi asosida tomchilamoq fe’li yuzaga kelgan. Bu fe’l “birma-bir tushmoq» semasini anglatadi. Tomchilamoq leksemasi asosan suyuqlik nomlari (yomg‘ir, suv...) bilan o‘zaro munosabatga kirishadi. Yomg‘ir tomchilayapti. Bu ikki birlik grammatik va mazmuniy jihatdan o‘zaro muvofiq. Ma’lumki, yomg‘ir - bulutdan tomchi hamda tushadigan suv tomchi shaklidagi yog‘in. Yomg‘ir tomchi holida tez yoki sekin harakatda yuzaga keladi. Mana shu jihatdan yomg‘ir leksemasi bilan tomchilamoq leksemasi mazmunan bog‘liqlik kasb etadi. Ko‘rinadiki, tomchilamoq leksemasi «birma-bir tushmoq» semasi orqali tabiat hodisasi arxisemasiga ega bo‘lgan predmet (yomg‘ir) bilan sintagmatik munosabat hosil qiladi. Tashlamoq leksemasi tarkibidagi «osmondan tushmoq», «yog‘moq» semalari yog‘ish harakatli hodisalar nomini bildiruvchi leksemalar bilan sintagmatik munosabatga kirishadi. Shu orqali tabiat hodisasi nomini anglatuvchi leksemalar (yomg‘ir, qor, do‘l...) bilan sintagmatik bog‘lanishini ta’minlaydi. Tashlamoq leksemasi har qaysi semasi orqali paradigmaning ma’lum varianti bilan sintagmatik munosabatga kirishadi. Tashlamoq leksemasi tarkibidagi qator semalarning o‘zaro birlashtiruvchi sema “yuqoridan pastga harakatlanish” hisoblanadi. Ushbu leksema tabiat hodisalari nomlarini anglatuvchi ayrim leksemalar -yomg‘ir, qor, do‘l leksemalari bilan bog‘liq holda yog‘moq leksemasi bilan muayyan paradigmaga birlashadi. Odatda, yuqoridan pastga tushirilgan narsa qattiq kuch bilan (tezlanish bilan) yo‘naladi. Yomg‘ir ham osmondan yerga borgan sari tezroq (tezlanishli) shiddat bilan tushadi. Tashlamoq va yomg‘ir leksemalarini o‘zaro tutashtiruvchi nuqta “yuqoridan pastga yo‘nalish semasidir”. Demak, yomg‘ir leksemasi qator harakat anglatuvchi birliklar bilan bog‘lanadi va harakatning turlicha holati, darajasi bilan bog‘liq belgilar yuzaga chiqadi. Yomg‘ir harakatida xos darajalanishni shartli ravishda shunday ko‘rsatish mumkin. tomchilamoqshivalamoqsavalamoq quymoq... O.Bozorov yomg‘ir-jala-sel semantik qatorining shakllanishi «yog‘in tezligi»ning o‘zgarishi natijasi ekanligini ta’kidlaydi. Haqiqatan ham, yomg‘ir leksemasiga nisbatan tomchilamoq, shivalamoq, sevalamoq, quymoq leksik birliklarini birday qo‘llash mumkin. Biroq jala, sel anemonimlari uchun tomchilamoq, maydalamoq harakat ifodalovchi leksemalarni ishlatish mumkin emas. Ushbu fe’llar ma’no tarkibidagi «mayda-mayda», «oz-oz», «sekin» semalari (tomchilamoq, maydalamoq) uning faqat yomg‘ir leksemasi bilan; quymoq, sevalamoq fe’llari ma’no tarkibidagi «ko‘p», «tez» semalari ularning jala, sel, ayni zamonda, yomg‘ir leksemalari bilan sintagmatik munosabatga kirishuvini ta’minlaydi. Qor, shamol leksemalari kabi yomg‘ir leksemasi ham hokim bo‘lak sifatida qatnashib, faol fakulptativ valentlikka ega bo‘ladi. Xususan, yomg‘ir leksemasi turlicha belgi ifodalovchi leksik birliklarni tobelantirishi kuzatiladi: shiddatli yomg‘ir, mayda yomg‘ir kabi. Ushbu leksema mayda, shiddatli ifodalari bilan birga kelganda, uning «holat» valentligi yuzaga chiqadi: Haligina yoqqan shiddatli yomg‘ir ariq, zovurlarni suvga to‘ldirib yubordi (T.Salimova) Ko‘rinadiki, shiddatli lug‘aviy birligining yomg‘ir leksemasi bilan bog‘lanishi natijasida yomg‘irga xos bo‘lgan miqdor valentligi ham to‘ldirilyapti. Bundan tashqari, ushbu leksemaga xos payt munosabati ham reallashishi kuzatiladi: bahorgi yozgi yomg‘ir kuzgi Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling