Vazirligi farg‘ona davlat universiteti


Download 0.52 Mb.
bet7/15
Sana19.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1623768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
kurs ish

Turmoq leksemasi «qad rostlamoq» semasi orqali tik turmoq, saf turmoq, bajarmoq, band bo‘lmoq «tayanmoq» semasi bilan tik bo‘lmoq, suyanmoq, joylashmoq; «biror kishida bo‘lmoq» semasi bilan bo‘lmoq, saqlanmoq; qo‘zg‘almoq semasi orqali tik bo‘lmoq, sog‘aymoq, istiqomat qilmoq, hayot kechirmoq, vaqtincha bo‘lmoq; «tiriklik o‘tkazmoq» semasi vositasida yashamoq, umr ko‘rmoq; kutmoq semasi bilan sabr qilmoq; «harakatga kelmoq» semasi orqali boshlanmoq, ko‘tarilmoq leksemalari bilan paradigmalarga birlashadilar.
Har qaysi variant o‘z sub’ekt valentligiga ega:
- kampir o‘rnidan turdi (qad rostladi);
- devorni ushlab turdi (tayandi);
- omonating menda turibdi (saqlanyapti);
- yotgan yeridan turdi, bemor oyoqqa turdi (sog‘aydi);
- hozir chet elda turibdi (yashayapti);
- shamol turdi, bo‘ron turdi (boshlandi) va boshqlar.
Turmoq leksemasining shaxs (odam) va predmet (shamol) bilan o‘zaro bog‘liqlik xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Turmoq leksemasi “qad rostlamoq», «tayanmoq», «sog‘aymoq» semasi orqali shaxs semasini anglatuvchi leksemalar bilan sintagmatik munosabatga kirishadi.
Bu leksema ko‘chma ma’no ifodalaganda, ya’ni “ko‘tarilmoq, boshlanmoq” semasi vositasida tabiat hodisasi bilan bog‘liq harakatni ifodalash uchun xizmat qiladi.
Ushbu ikki variant uchun umumiy belgi sifatida muayyan “harakat” semasini ko‘rsatish mumkin. Ularning farqi shundaki, turmoq leksemasi birida “shaxs” semasini ikkinchisida esa “predmet” (shamol) semasini ifodalaydi.
Ko‘rinadiki, turmoq leksemasi o‘zining har bir semasi bilan alohida paradigmaning a’zosi sifatida sintagmatik munosabatga kirisha olish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Uchmoq leksemasi ham bir qator leksik semantik variantlar umumlashmasi sanaladi:
1) “qanot vositasida havoda harakatlanmoq”;
2) “g‘oyib bo‘lmoq”;
3) “otilib ketmoq” (zarb bilan urilishi natijasida);
4) “juda tez yurmoq, yugurmoq”;
5) “muz, qor ustida sirg‘anmoq”;
6) “atrofga taralmoq, eshitilmoq”;
7) “sinib, uzilib tushmoq”;
8) “beixtiyor berilmoq, aldanmoq”;
9) “biron sabab bilan titramoq, pirpiramoq”;
10) “bekor ketmoq”.1
Dastlabki semasi orqali uchmoq leksemasi harakatlanmoq, yo‘nalmoq, to‘zib yurmoq, qo‘zg‘almoq leksemalari bilan; ikkinchi semasi bilan esa g‘oyib bo‘lmoq, yo‘qolmoq leksemalari bilan; uchinchi semasi vositasida otilib ketmoq, yiqilib tushmoq; to‘rtinchi semasi bilan tez yurmoq, yugurmoq leksemalari bilan; beshinchi semasi orqali esa toyg‘anmoq, sirpanmoq leksemalari bilan; oltinchi semasi bilan yoyilmoq, eshitilmoq leksemalari bilan; yettinchi semasi vositasida uzilib tushmoq, sinmoq leksemalari bilan; sakkizinchi semasi orqali esa berilmoq, aldanmoq leksemalari bilan; to‘qqizinchi semasi bilan titramoq, hayajonlanmoq bilan; o‘ninchi semasi vositasida behuda ketmoq, hayf bo‘lmoq leksemalari bilan ma’lum paradigmaga joylashadilar.
Har qaysi variant semasi o‘z sub’ekt valentligiga ega;
- laylak uchdi, raketa uchdi (predmet) - harakatlandi;
- ko‘zdan uchdi (moddiy predmet) - yo‘qoldi, g‘oyib bo‘ldi;
- uchib tushdi (odam) - otildi;
- avtomobilp uchdi - tez yurdi;
piyolaning cheti uchdi - sindi;
- yolg‘on va’dalarga uchdi - berildi;
- shamolga uchdi - behuda ketdi.
Uchmoq leksemasining dastlabki semasi “qanot vositasida havoda harakatlanmoq” bo‘lib, boshqa barcha semalari uchun bu asos vazifasini o‘taydi.
So‘nggi semasi “behuda ketmoq”, “hayf bo‘lmoq” esa o‘rinsiz harakatlar natijasida sovurilgan narsaga nisbatan ishlatiladi va barqaror birikmani ham yuzaga keltiradi: shamolga uchdi.
Ayni shu so‘nggi semaga muvofiq ko‘chma ma’no ham ifodalanishi mumkin:
Sen noshud mening umrim bo‘yi yiqqanlarimni sovurding, shamolga uchirib yubording (Z.Tojieva).
Bu ikki birlikning ma’nosi bir-biriga yaqin keladi. Nutqda ta’sirchanlikni ifodalash maqsadida uchmoq leksemasidan foydalanilgan, ular “yo‘q bo‘lmoq” semasi orqali umumlashdi. Ko‘chma ma’noning yuzaga chiqishida “umuman ko‘rinmaslik” semasi asosiy rolp o‘ynaydi.
Bundan tashqari, uchmoq leksemasi tilimizdagi boshqa leksemalar bilan birga bitta, ajralmas birikma sifatida ancha keng ishlatiladi: uchib kelmoq (qolmoq) - mast bo‘lmoq; kayfi uchdi, qo‘rqdi, xushyor tortdi.
Uvillamoq leksemasi ham shamol leksemasiga bog‘liq so‘zlar kabi bir qancha leksik-semantik variantlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, uning tarkibida «muayyan hodisaga taqlid qilish», «cho‘zilib yig‘lamoq» semalari gavdalanadi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling