Vazirligi farg‘ona davlat universiteti


Download 0.52 Mb.
bet8/15
Sana19.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1623768
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
kurs ish

Uvillamoq leksemasi birinchi semasi orqali ovoz chiqarmoq, uv tortmoq leksemalari bilan; keyingi semasi bilan esa ingramoq, leksemasi bilan bir paradigmaga umumlashadi.
Har ikki sema o‘z sub’ekt valentligiga ega:
- bo‘ron, shamol uvilladi - taqlid;
- qo‘shni hovlida kimdir uvillab ovoz chiqardi – yig‘ladi.
Uvillamoq leksemasi tirik mavjudot (hayvon yoki odamlar) va predmet hodisa (shamol) bilan o‘zaro o‘xshash va farqli semalarni mujassamlashtiradi.
Ushbu leksemalarni o‘zaro bog‘lovchi, birlashtiruvchi asos sifatida “ovoz chiqarish” semasini ko‘rsatish mumkin. Qolgan semalar ayni shu semaning ma’lum jihatlarini saqlaydi.
Esmoq leksemasi esa «harakat», «aniq yo‘nalish», «tabiat hodisasi» semasini saqlash; shuningdek «paydo bo‘lmoq» holatining yuzaga chiqishi bilan bog‘liq bo‘lgan leksik-semantik variantlar umumlashmasini tashkil etadi. Bu variantlarning har qaysisi alohida holda sintagmatik munosabatga kirishishi va bir necha paradigma a’zosi bo‘lishi mumkin.
Esmoq leksemasi birinchi semasi orqali yurmoq, urmoq, o‘tmoq leksemalari bilan; keyingi semasi vositasida yuzaga kelmoq, ro‘y bermoq leksemalari bilan bir paradigmaga birlashadi. Har qaysi variant o‘z sub’ekti valentligiga ega.
- shamol esdi, shabada esdi:
Tuni bilan yoqqan yomg‘irdan so‘ng bulutlarni surib borayotgan, mayin esgan shabada kishi zavqini keltiradi (T.Salimova).
- sarosima esdi paydo bo‘ldi.
Dastlabki sema so‘zning asl ma’nosini ifodalaydi. Bu “harakat” semasi asosida yuzaga keladi, keyingi holda esa ma’no ko‘chishi mavjud, ya’ni garchi sarosima esmasa-da shamolga qiyos qilganda, “harakatlanish” semasi orqali umumlashgani kuzatiladi.
Bo‘lmoq leksemasi esa quyidagi leksik-semantik variantlarning umumlashmasidir.
1) “yuz bermoq”;
2) “amalga oshmoq”;
3) “ishni bitirmoq”;
4) “ega bo‘lmoq”;
5) “joylashmoq”;
6) “biror joyda vaqtincha turmoq”;
7) “o‘smoq”;
8) “erishmoq”;
9) “tug‘ilmoq”;
10) “tugallamoq”;
11) “etarlilik”.1
Yuqoridagi variantlar alohida-alohida sintagmatik munosabatga kirishishi va bir necha paradigma varianti bo‘lishi mumkin.
1-sema paradigmasi yuz bermoq, voqe bo‘lmoq leksemalari; 2-sema paradigmasi amalga oshmoq, bitmoq, taxt qilmoq leksemalari; 3-sema paradigmasi shay qilmoq, to‘ymoq leksemalari; 4-sema paradigmasi - ega bo‘lmoq, mavjud bo‘lmoq leksemalari; 5-sema paradigmasi joylashmoq, yeyilmoq, bor bo‘lmoq leksemalari; 6-sema paradigmasi vaqtincha turmoq, yashamoq, qo‘nmoq leksemalari; 7-sema paradigmasi o‘smoq, bitmoq leksemalari; 8-sema paradigmasi erishmoq, yetilmoq leksemalari; 9-sema paradigmasi tug‘ilmoq, kelib chiqmoq leksemalari; 10-sema paradigmasi tamom bo‘lganlik, tugaganlik leksemalari; 11-paradigma yetarli, kifoya, bas leksemalari:
- kutilmagan holat bo‘ldi shamol bo‘ldi ro‘y berdi;
- maqsad bo‘ldi yuzaga chiqdi;
- dars, mashg‘ulot bo‘ldi tugadi;
- majlisda bo‘ldi ishtirok etdi;
- mashina, uy bo‘ldi erishdi;
- qo‘shiq, ovqat bo‘ldi yetarli va boshqalar.
Shamol leksemasi dastlabki semasi orqali bo‘lmoq leksemasi bilan sintagmatik munosabatga kirishadi. Bunda shamol leksemasi “harakatlanish” semasi bilan yuza chiqishi kuzatiladi.
Urmoq leksemasi tarkibidagi «ozor yetkazish», «sanchish», «nishonga olish», «dimoqqa anqish», «o‘pirish», «sekin-asta harakatlanmoq», «shikastlash», «nobud qilish», «yaratish», «tez-tez yemoq», qattiq tanqid» semalaridan iborat leksik-semantik variantlar orasida «o‘pirish», «shiddatli harakat» semalari shamol anemonimi bilan birikib, natijada shamol leksemasining passiv valentligi yuzaga chiqadi.
Biz tahlil qilayotgan shamol leksemasi urmoq leksemasining 5-ushbu semalari orqali bog‘lanadi va sintagmatik munosabatga kirishadi. Bu ikki leksema grammatik va semantik jihatdan mos keladi:

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling