Vazirligi farg‘ona davlat universiteti


I bob yuzasidan qisqa xulosalar


Download 0.52 Mb.
bet11/15
Sana19.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1623768
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
kurs ish

I bob yuzasidan qisqa xulosalar

1. Leksikaning sistemaviy tabiatini ochish uchun uni ma’lum mazmuniy maydonlarga ajratish bu mazmuniy maydonlarning ozaro munosabatini ochish, har qaysi maydon uzvlarining shu maydon ichida bir-biri bilan munosabatini belgilash zarur.


2. Leksik sistema tarkibida «tabiat hodisasi» arxisemasi asosida birlashgan mikrosistema alohida orin egallaydi. Bu mikromaydon shaxs, hayvon, osmon jismlari, osimlik singari maydonlar bilan ozaro munosabatda bolib, mavjudot maydonini tashkil etadi.
3. Ozbek tilidagi anemonimlar "tabiat hodisasi" arxisemasi orqali umumlashib, leksik sistemaning bir bolagi bolishi bilan birgalikda, oz ichida ichki bolinuvchanlik xususiyatiga ham ega boladi. Bu esa leksik sistemaning butundan bolakka bolinish xususiyatini korsatadi.
4. Mikromaydon doirasidagi har qaysi leksema semik tuzilishidagi birlashtiruvchi semasiga kora bir necha guruhlarning tarkibiy qismlari bolishi mumkin.
II.1. Abdulla Oripov asarlarida esish harakati bilan bog‘liq
anemonimlar

Esish harakati bilan aloqador tabiat hodisalari nomlari tarkibiga shabada, boda, sabo, yel, izg‘irin, shamol, bo‘ron, dovul, quyun, garmsel, yelvizak, to‘fon singari leksemalar kiritiladi. Bu guruh tarkibidagi leksemalarni birlashtiruvchi sema “esuvchi”. Ushbu maydoncha «esish» semasi bilan umumlashgani sababli giperonim nomi shunga muvofiq esuvchi sanalishi mumkin. Shabada, sabo, yel, yelvizak, shamol, bo‘ron, dovul, to‘fon, quyun, izg‘irin leksemalari esa giponim hisoblanadi. Maydoncha tarkibidagi shabada va sabo, quyun va to‘fon, izg‘irin va yel kabi leksemalar bir-biri bilan o‘zaro giponimdosh bo‘ladi. O‘z navbatida ushbu leksemalar o‘zi ifodalovchi hodisalardagi esish harakatining darajasi orqali ham ikki guruhga ajratiladi: esish harakatining pastligi va yuqoriligi, esish harakati yuqori bo‘lgan tabiat hodisalari nomlarini ifodalovchi leksemalar ko‘p jihatdan bir-biriga muvofiq keladi. Yuqorida doimiy ravishda sodir bo‘luvchi tabiat hodisalari nomlarini ifodalovchi leksemalar doirasida shabada so‘zi ham keltirilgan edi. Bu leksema “muayyan holatda tez-tez sodir bo‘lish” semasi bilan yuqorigi guruhga mansub bo‘lsada, esish harakatining mavjud yangi semasi vositasida tahlil etilayotgan birliklar tarkibidan o‘rin oladi va boshqa barcha leksemalardan “esish darajasining sustligi” semasi bilan farq qiladi.


Yo’llarda Yildirim misoli yeldim
Ellar vodiysiga boshladi havas
Elvagay Hisorning boshiga keldim
Sen esding taraldi
Siym tanda atlas
Sen esding ochildi yorning jamoli
O,yurtim shamoli ,yurtim shamoli
Abdulla Oripovning bu she’ridagi asosiy obraz-bu shamol.Shamolning esishi shoirning lirik qahramoniga o’zgacha lirik kayfiyat bag’ishlaydi
Shiorning.Shamoldan fikr va his-tuyg’ular oqimi maydonga keladi.Shoir o’zini turli makon va holatda kuzatadi.
Qancha shamollarga yuzimni burdim,
Uladan esdilar turfa xil nafas
Ushbu misralardashamolni ramz sifatida ijtimoiy talqin qilish o’rinli bo’ladi.Turli xil holat vaziyat ,ko’rsatma, o’zgarish,har-xil g’am-qayg’u va shodlik barchasi shamol leksemasi vositasida ifodalanadi.
Bu gulshan vodiyda men ham bir shamol
Shamol kabi yeldim,shunday keturmandeb unsonning dunyoga kelish ketishini shamol anemonimi orqali ifodalaydi .Hayot-gulshan vodiy,inson-shamol.
Shabada leksemasi shamol leksemasi bilan qiyoslanganda, ular qator semalari “tabiat hodisasi”, “harakatlanuvchi”, “esish», «uchish” kabilar bilan umumlashsa, harakatning tezligi bilan yuzaga chiquvchi belgi asosidagi sema orqali farqlanadi.
Qiyosdan ko‘rinadiki, izg‘irin va garmsel leksemalari semalaridagi qator birlashtiruvchi holatlardan tashqari, izg‘irindagi “sovuqlik” semasi garmseldagi “issiqlik” semalari har ikki leksemani farqlovchi sema sifatida xizmat qiladi.
Yelvizak leksemasi ham havo oqimi sifatida ushbu guruh tarkibidan o‘rin oladi. Biroq bu leksemada boshqalardan farqli holda “tor oraliqdan o‘tuvchi”1 semasi mavjud bo‘lib, bu sema leksemaning farqlovchi jihati sifatida belgilanadi.
Bo‘ron va girdibod leksemalari (esish) semasi orqali ushbu guruhga birlashsa-da, turlicha sharoitda namoyon bo‘lishi bilan farqlanadi. Chunki bo‘ron nafaqat to‘zon, shamol ko‘rinishida, shu bilan birga, qor, yomg‘ir holatida ham namoyon bo‘ladi. Girdibod esa faqat shamol asosida yuzaga keladi. Girdibod to‘zon, chang, qum aralash buralib ko‘tariluvchi qattiq shamolni ifodalaydi2. Shunga ko‘ra, ikki leksema yuqoridagi farqlovchi asos bilan differensial sema (“qor, yomg‘ir” ko‘rinishli)ga ega bo‘ladi.
Dovul va to‘fon leksemalari semalari doirasida ham “tabiat hodisasi”, “harakatlanuvchan”, “esish harakatli” umumiy semalaridan tashqari, qator integral semalar mavjud: “ovoz chiqarish”, “shiddatli”, “o‘pirish”, “ko‘tariluvchanlik”, “vayron etish” va boshqalar. Ularni farqlovchi semalar sifatida “to‘zon ko‘rinishli”, “emiruvchanlik” (dovul leksemasi) hamda “suv toshqini” (to‘fon leksemasi) semalarini ko‘rsatish mumkin.
Esish harakati yordamida birlashuvchi hodisalar nomini ifodalovchi leksemalarning semalarini ko‘rib chiqamiz:


leksemalar



Semalar

izg‘i-rin

to‘fon

dovul

bo‘ron

girdi-bod

quyun

sha-mol

garm-sel

sha-bada

tabiat hodisasi

+

+

+

+

+

+

+

+

+

harakatlanuvchi

+

+

+

+

+

+

+

+

+

mavjudlik

-

-

-

+

-

-

-

-

-

esish harakatli

+

+

+

+

+

+

+

+

+

ovoz chiqaruvchi

+

+

+

+

-

-

-

-

-

tez harakatli

-

+

+

+

+

+

0

-

-

shiddatli

-

+

+

+

+

+

-

-

-

sahro bo‘roni

-

+

+

-

-

-

-

-

-

suv bo‘roni

-

+

-

-

-

-

-

-

-

ko‘tariluvchan-lik

+

+

+

+

+

+

+

-

-

buraluvchanlik

+

+

+

+

+

+

-

-

-

o‘pirilish

-

+

+

+

+

+

-

-

-

vayron qilish

-

+

+

+

+

+

-

-

-

qor yomg‘ir shaklli

+

+

-

+

-

-

-

-

-

suv toshqini

-

+

-

-

-

-

-

-

-

emiruvchanlik

-

-

+

+

+

-

-

-

-

issiqlik

-

-

-

-

-

-

-

+

-

Ko‘rinib turibdiki, bu guruh tarkibidagi leksemalar qatorida garmsel leksemasi “issiqlik” semasining mavjudligi bilan barcha leksemalardan farqlanadi.


Shu leksemaning shabada leksemasi bilan o‘xshash va farqli jihatlari jadvaldan ko‘rinib turibdi, ya’ni shabada leksemasidagi deyarli barcha - “tabiat hodisasi”, “harakatlanuvchi”, “esish harakati” semalari “garmsel” leksemasi tarkibida ham mavjud. Faqatgina garmselda “issiqlik” semasi, shabada “yoqimlilik” semasi bo‘lib, bular farqlovchi sema sifatida xizmat qiladi. Ushbu ikki leksema jadvalda berilgan boshqa qator semalarga ega emasligi bilan to‘fon, dovul, bo‘ron singari leksemalardan ancha farq qiladi. Chunki shabada, garmsel leksemalari dovul, bo‘ron, to‘fon singarilardan harakatning darajasi orqali farqlanadi.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling