Vazirligi farg‘ona davlat universiteti


Download 0.52 Mb.
bet9/15
Sana19.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1623768
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
kurs ish

Qor aralash shamol uning yuziga keskin urdi (Oybek).
Yuqorida aytilganidek, “zarb berish” semasi urmoq leksemasining eng asosiy belgisidir. Shamol bilan urmoq esa ko‘chma ma’no ifodasidir. “Harakat” semasi asosida urmoq leksemasi shamol leksemasi bilan ham bog‘lana oladi. Harakatning natijasi sifatida atrof-joyning “zarb yeyishi” ya’ni vayron bo‘lishi nazarda tutiladi. Demak, fikrning ma’lum maqsad uchun yo‘naltirilishi tufayli urmoq leksemasi shamol leksemasi bilan sintagmatik munosabatga kirishadi.
Ushbu leksema erkin birikmalar tarkibida grammatik jihatdan hokim bo‘lak funksiyasini ham bajarishi mumkin. Bunday holda shamol leksemasiga xos bo‘lgan muayyan harorat, harakatning darajasi, paytga yoki o‘ringa munosabat ifodalovchi belgilar namoyon bo‘ladi:



shimol

janub shamoli
cho‘l

Keltirilgan birikmalar vositasida shamol leksemasiga xos o‘rin valentligi to‘ldirilyapti.





kuz

bahor shamoli
tong

Bu yerda leksemaning paytga bog‘liq belgi semasi yuzaga chiqayotganini ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, shamol leksemasi harorat ifodalovchi leksemalar bilan birikishi kuzatiladi:





sovuq

iliq shamol

Harakatning darajasini ko‘rsatuvchi vositalar bilan bog‘lanishi uchrab turadi:





sokin

kuchli shamol
kuchsiz

Bundan tashqari, amaliy nutqimizda yoqimli shamol (shabada), orombaxsh shabada sarin (mayin) shabada birikmalari ham mavjudki, bunday ifodalar orqali shamolga xos kuchsiz harakat namoyon bo‘ladi.


S.Karimov shabada leksemasidagi kuchsiz harakatga ishora qiluvchi quyidagi ifodani tanlaydi:
Yelpig‘ichday erinchoq bo‘sh shabbodalar (G‘.G‘ulom)1
Ayrim hollarda shamol (el) leksemasiga daydi belgi ifodalovchi leksemasi ham bog‘lanishi uchrab turadi: daydi shamol, daydi yellar kabi.

Sintagmatik munosabatda til birliklari muayyan ketma-ketlik asosida yuzaga chiqadi. Jumladan, yomg‘ir leksemasi tildagi fe’l leksemalardan ayrimlari bilan sintagmatik munosabatda bo‘ladi.


Yomg‘ir leksemasi yog‘moq, savalamoq, sevalamoq, shivalamoq, urmoq, quymoq, tashlamoq, tomchilamoq, tushmoq kabi fe’llar bilan o‘zaro sintagmatik munosabatga kirishadi. Bunda til birliklari ham mazmunan, ham grammatik jihatdan o‘zaro munosabatda bo‘ladi. Dovul, to‘fon, qirov kabi leksemalar yuqoridagi fe’llar bilan grammatik bog‘lansa-da, ular mazmunan munosabatga kirishadi.
Ko‘rinadiki, sintagmatik munosabatda uning tarkibidagi birliklar tanlanish xususiyatiga ega, bo‘ladi, ya’ni bunda lisoniy birliklar o‘rtasidagi mazmuniy muvofiqlik til birliklari bog‘lanishini ta’minlash uchun asos sifatida xizmat qiladi.
Yog‘moq leksemasi «tushish», «ketma-ketlik», «tez-tez» semalari vositasida reallashib, shu orqali leksik-semantik variantlar umumlashmasini hosil qiladi. Bu ikki sema asosidagi har qaysi variant alohida-alohida holda sintagmatik munosabatga kirisha oladi.
Yog‘moq leksemasining variantlari alohida paradigma a’zosi bo‘lishi mumkin
Birinchi semasi orqali yog‘moq leksemasi yog‘moq, tushmoq leksemalari bilan; ikkinchi semasi orqali esa kelmoq, qo‘shilmoq, ko‘paymoq leksemalari bilan bir paradigmaga birlashadi, har bir-sema o‘z sub’ekt valentligiga ega.
Harakatni yuzaga keltiruvchi sub’ekt-tabiat hodisalari (yomg‘ir, yog‘di) orqali yomg‘ir yog‘moq leksik birliklarining asl ma’nosi namoyon bo‘ladi: Oqshom yomg‘ir boshlanib, tun bo‘yi ezib yog‘ib chiqdi. (Ch Aytmatov)
Ko‘chma ma’no ifodalanganda:
Osmondan o‘q yog‘ilardi (yog‘ardi).
Ma’lumki, yomg‘ir yoqqanda ko‘plab tomchi to‘kiladi, o‘q ham shunga qiyoslanadi. Yog‘di leksemasi orqali o‘qning ko‘pligi va yomg‘irdek ketma-ket tushishi nazarda tutiladi. Umuman, yog‘moq leksemasining har ikki semasi “ketma-ket”lik hamda «davomli harakat» semasi orqali umumlashadi.
Savalamoq leksemasi o‘z ichida «ustma-ust urmoq», «to‘xtovsiz tushmoq» va «fosh etish», “tanqid qilmoq” semalari asosidagi leksik- semantik variantlar umumlashmasini tashkil etadi. «Ustma-ust urmoq», semasi orqali savalamoq leksemasi, qamchi darra leksemalari bilan o‘zaro sintagmatik munosabatni yuzaga keltiradi.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling