Vazirligi farg‘ona davlat universiteti
Download 0.52 Mb.
|
kurs ish
Kechasi yoqqan qalin qor har bir tomni, devorni, har bir daraxt va gumbazni mayin oq hoshiya bilan bezab chiqqan (P.Qodirov).
Paradigmatik munosabat a’zolari imkoniyat tarzida til egalari ongida mavjud bo‘lib, har bir paradigma a’zosi bevosita kuzatishda, ya’ni nutq jarayonida turli nusxalarda, turli xil variantlarda ko‘rinadi2. Tabiat hodisalari nomlarini ifodalovchi leksemalar ham nutqiy jarayonda turlicha ko‘rinishda muayyan maqsadga yo‘naltirilgan holda yuzaga chiqadi. Nutqiy bog‘liqlik asosida shakllanadigan sintagmatik munosabatni qor leksemasining shu leksema harakatini anglatuvchi fe’llar bilan bog‘liqligi misolida tahlil etishga harakat qilamiz. Bunda qor leksemasiga xos passiv valentlik kuzatiladi. Qor leksemasi yog‘moq, uchqunlamoq, qoplamoq, erimoq, gupillamoq singari fe’l-leksemalar bilan sintagmatik munosabatga kirishadi. Yog‘moq leksemasi birinchi semasi bilan yog‘in turi sifatida, ikkinchidan, -tez-tez va ko‘p miqdorda to‘planish» semasi bilan umumlashgan leksik-semantik variantlar alohida-alohida holda nutqiy jarayonda turli paradigma a’zolari bilan sintagmatik munosabatga kirishadi va bir necha paradigma a’zosi sifatida namoyon bo‘ladi. «Yog‘moq» leksemasi birinchi semasi orqali yog‘moq, tushmoq, tashlamoq kabi leksemalar, ikkinchi semasi bilan kelmoq, yog‘ilmoq, otilmoq kabi lisoniy birliklar bilan ma’lum sema asosida umumlashib muayyan paradigmaga joylashadi, har qaysi variant o‘z sub’ekt valentligiga ega: Birinchidan, tushish harakati asosidagi sub’ekt - tabiiy hodisalar (yomg‘ir, do‘l, qor, sel, jala); ikkinchidan ma’lum semani («ketma-ketlik») saqlagan holda ko‘chma ma’noli sub’ekt (tosh, pul, gap ...). Havodan jahannam yog‘iladi. (Oybek) Qor yog‘di birikmasidagi til birliklari ham mazmunan, ham grammatik jihatdan bir-biriga to‘la mos keladi va sintagmatik munosabatga kirishadi. Grammatik jihatdan kesim egaga shaxs-sonda moslashyapti, mazmunan esa qor yog‘ish harakatiga ega. Qor leksemasi yuqoridagi o‘z ma’nosidan tashqari, qorda mujassamlashgan xususiyatlarni boshqalarga ko‘chma ma’noda qo‘llash asosida ham yangi ma’no kasb etadi. Qor yog‘di ifodasida faqat qor yoqqanligi haqidagi xabar beriladi. Ko‘chma ma’no ifodalanganda, bu ifodadan «marhumning vafotidan keyin birinchi qor yoqqanda o‘tkaziladigan motam marosimi»,1 shuningdek, biror narsa-hodisani yashirish bilan bog‘liq maqsad anglashiladi. Masalan, qor yog‘di birikmasi amaliy nutqda noxush holatni tavsiflash uchun qo‘llaniladi. Motam paytida hamma tund holda bo‘ladi. Qor yoqqanda sodir bo‘ladigan «sovuqlik» semasi motam marosimida yuz beruvchi tund vaziyatga ko‘chgan bo‘lishi mumkin. Qor yog‘di, izlar bosildi ifodasida esa yashirish uchun ko‘zlangan hodisaning ma’lum vaqt o‘tishi bilan e’tibordan chetga o‘tishi ifodalanadi. Bu o‘rinda qor leksemasiga xos «qoplamoq» semasi yuzaga chiqmoqda. Yog‘moq leksemasi qor leksemasi bilan sintagmatik munosabatga kirishish bilan birga, yog‘ish harakatli boshqa qator birliklar bilan o‘zaro bog‘lanishi ham kuzatiladi. Ma’lumki, sintagmatik munosabat hosil qiluvchi birliklar tanlanish xususiyatiga ega bo‘ladi, ya’ni lisoniy birliklar ham grammatik, ham mazmunan o‘zaro muvofiq keladi. Sintagmatik munosabatda paradigma a’zolarining o‘zaro birikuvi yuzaga chiqadi. Masalan, esmoq leksemasi «tabiatda ro‘y berish», «bir tekisda yo‘nalmoq», «harakat» semalari orqali «tabiat hodisasi» semasiga ega bo‘lgan hodisa (shamol) bilan o‘zaro munosabatga kirishadi. Shuningdek, shamol leksemasi turmoq, uvillamoq, uchirmoq, bo‘lmoq, kuchaymoq, zo‘raymoq, urmoq kabi leksemalar bilan ham bog‘lanib, passiv valentlikni yuzaga chiqaradi. A.Rustamov esish harakatini anglatuvchi qator leksemalar – shamol, bo‘ron, quyun, to‘fon, shabada, subhi sabo, nasim yel, boda kabilarning nutq jarayonida reallashuvchi uslubiy imkoniyatlarini ko‘rsatib beradi.1 Biroq A.Sobirovning ta’kidlashicha, «bu fikrlar o‘zbek tilidagi shamol bilan bog‘liq tushuncha maydonining barcha xususiyatlarini to‘la qamrvb olmagan»2. Turmoq leksemasi «qad rostlamoq», «tik turmoq», «tayanmoq», «suyanmoq», «biror kishida bo‘lmoq», «aniq joyda saqlanmoq», «qo‘zg‘almoq», «yashamoq, «tiriklik o‘tkazmoq», «kutmoq», «harakatga kelmoq» kabi leksik-semantik variantlar umumlashmasini yuzaga chiqaradi. Bu variantlarning har biri alohida-alohida sintagmatik munosabatga kirishishi va bir nechta paradigma a’zosi bo‘la olishi mumkin. Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling