Vazirligi farg‘ona davlat universiteti


Leksik sathda anemonimlarning o‘rni


Download 0.52 Mb.
bet3/15
Sana19.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1623768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
kurs ish

I.BOB.O‘ZBEK TILIDAGI ANEMONIMLAR VA ULARNING MAZMUNIY TASNIFI

1.1.Leksik sathda anemonimlarning o‘rni


O‘zbek tilshunosligida XX asrning so‘nggi choragida bir qancha olimlarning sistemaviy yo‘nalishdagi tadqiqotlari maydonga keldi1. Ma’lumki, sistem tilshunoslik an’anaviy tilshunoslikdan til hodisalariga alohida holda emas, balki sistemaviy tarzda yondashishi hamda har qaysi hodisaning til sistemasidagi o‘rnini belgilashi bilan farqlanadi.
Tilshunoslik bo‘limlaridan biri bo‘lgan leksikologiya ham o‘ziga xos rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. Sistemaviy leksikologiya I.Qo‘chqortoyev, A.Nurmonov, R.Rasulov, H.Ne’matov, O.Bozorov, Sh.Iskandarova va ularning izdoshlari bilan aloqador tarzda taraqqiy etmoqda. Bunga ko‘ra, bizni qurshab turgan olamning murakkab sistema ekanligi e’tirof etildi. Olam o‘z tarkibida o‘zaro shartlangan, bir-birini taqozo etuvchi elementlarni birlashtiradi. Bu elementlar ma’lum umumiy belgilari bilan sinflarga birlashadi, har bir sinf elementlari bir-biridan farq qiluvchi ma’lum belgilari bilan ajraladi. Olamning bu tarzda birlashishi va guruhlanishi inson ongida aks etadi. Inson ongida aks etgan obrazlar aloqa vositasi bo‘lgan til orqali yuzaga chiqadi.
Olam sistema ekan, uni ifodalovchi til ham sistemadir. Tilning lug‘at tarkibi tildagi so‘zlar majmui leksika deyilishi qator ilmiy manbalarda ko‘rsatib o‘tilgan1.
Leksikani sistem tadqiq etishda uning birliklari o‘rtasidagi munosabatlar, birliklarning mazmun jihatdan ma’lum paradigma (maydon)larga birlashishi, bu mazmuniy maydonlarning ichki tuzilishi, maydon birliklari o‘rtasidagi hamda maydonlar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganish katta ahamiyatga ega.
Fanning boshqa sohalarida mavjud bo‘lgan maydon tushunchasining tilshunoslikka kirib kelishi nemis tilshunoslari I.Trir, G.Ipsen, V.Porsig, A.Vaysgerber, A.Yolles singari lingvistlar nomlari bilan bog‘lanadi. V.Gumbolpdtning “tilning ichki shakli” haqidagi taplimotini o‘ziga xos tarzda o‘rganish bilan yuqoridagi tadqiqotchilar tomonidan maydon nazariyasi asoslari yaratildi. Sobiq sho‘ro tilshunoslaridan N.I.Filicheva,Yu.N.Karaulov, G.E.Shchur kabi olimlar o‘z nazariy qarashlarini ifoda etadilar.
Ma’no (mazmun) umumiyligi bilan birlashgan va belgilanayotgan hodisalarning tushunchaviy, predmetlik yoki vazifaviy(funksional) o‘xshashligini aks ettiruvchi til birliklari (asosan leksik birliklar) yig‘indisi maydon deb nomlanadi1.
Semantik (mazmuniy) maydon barcha birliklarni birlashtiruvchi umumiy (integral) semantik alomat (belgi) borligi bilan xarakterlanadi va odatda, umumlashgan ma’noli leksema (arxisema) bilan ifodalanadi. Masalan, “shaxs” maydoniga kiruvchi birliklar.
Bundan tashqari bu birliklarni maydon tarkibida bir-biridan ajratuvchi xususiy (differensial) semalari bo‘ladi.
O‘zbek tilshunosligida leksikani mazmuniy maydon sifatida o‘rganish, mazmuniy maydonning tuzilishi, uning birliklari o‘rtasidagi munosabatlar, maydonlarning bir-biri bilan munosabati singari masalalar Sh.Iskandarova va A.Sobirovlarning tadqiqida2 yetarlicha o‘z talqinini topganligi sababli, ushbu masalaga to‘xtalib o‘tmadik.
Mazmuniy maydon birliklari asosan paradigmatik, graduonimik va giponimik munosabat asosida birlashadi.
Yuqorida maydonga berilgan ta’rifdan ko‘rinadiki, birliklar maydonga faqat ma’no umumiyliklari bilan emas, balki vazifaviy (funksional) umumiyliklar bilan ham birlashishi mumkin. Shuning uchun lisoniy adabiyotlarda maydonning turli ko‘rinishlari haqida so‘z yuritiladi. O‘zbek tilshunosligida maydonning ayrim turlari bo‘yicha maxsus tadqiqotlar olib borilgan1.
Biz o‘z ishimizda tabiat hodisalarini ifodalovchi leksemalar anemonimlar mazmuniy maydoni hamda ular hosil qiladigan sintagmatik munosabatlarni o‘rganishga harakat qildik.
Ma’lumki, sintagmatikada til birliklari nutq zanjiridagi elementlar sifatida tekshiriladi2, ya’ni til birliklari orasidagi nutq oqimida hosil bo‘ladigan munosabatlar o‘rganiladi.
Sintagmatik munosabatlar til sistemasining barcha sathlarida kuzatiladi, shunga ko‘ra, bugungi kunda tilshunoslikda tanlangan tekshirish birliklariga mos ravishda fonetik, morfologik, leksik va h.k. sintagmatika sifatida ajratiladi. Sintagmatik munosabatlarni ajratish masalasi F.de.Sossyur nomi bilan bog‘lanadi. Biroq bu munosabatlarni ajratish ilgariroq Boduen de Kurtene tomonidan yonma-yon joylashuv munosabatlari atamasi bilan, N.V. Krushevskiy tomonidan qo‘shnichilik munosabatlari ko‘rinishida bayon qilingan edi3.
Til sistemasi va u bilan bog‘liq moddiylikning har bir bosqichida uning muayyan holatini belgilovchi munosabatlarning ikki turi asosida sintagmatik munosabatlar kuzatiladi. Bu holat nutqning turlicha xususiyatlari vositasida aniqlanadi. Bu xususiyatlarning eng muhimi sifatida ketma-ketlik e’tiborga olinadi. Til elementlari nutqiy jarayonda ketma-ket kelib, muayyan birliklar zanjirini - sintagmani hosil qiladi. Bunda elementlar sintagmatik munosabatlarga kirishadi. Sintagmatik munosabat ketma-ket kelayotgan birliklarning aloqalarini xarakterlaydi va ular o‘rtasidagi farq orqali yuzaga chiqadi.
Shu sababli muayyan til elementi o‘zidan oldin yoki keyin kelayotgan elementga yoki ularning ikkalasiga ham zidlanishi mumkin. Bu munosabatlarni aniqlash uchun matn (nutq)ni ajratishning maxsus usullari ishlatiladi. Ushbu usullar vositasida bir birlikni ikkinchisidan farqlash imkoni ochiladi. Sintagmatik tahlil ikki yo‘nalish bo‘yicha belgilanadi:
1) tor doirada bo‘lib, valentlik orqali e’tirof etilsa, 2) kengroq tarzda, ya’ni til birliklarining bir-biri bilan bog‘lana olishlik, birgalikda qo‘llana olishlik xususiyati orqali belgilanadi.
Ma’lumki, V.Porsig mazmuniy maydonning o‘ziga xos bo‘lgan talqinini belgilashda so‘zlarning bir-biri bilan bog‘lanish imkoniyatlarini hisobga olgan va shu asosda bu muammoning semasiologiyaga aloqadorligini ko‘rsatib bergan edi. U boshqa yangi gumbolpdtchilar (neogumbolpdtchilar) qatori “tilning ichki shakli” tushunchasidan kelib chiqqan holda, maydonga ta’rif beradi. V.Porsig “tilning ichki shakli” sifatida o‘ziga xos “tashqi shakllar bilan o‘zaro aloqasi bo‘lgan o‘zlashtirishlar”, so‘zlar o‘rtasidagi aloqalarning asosiy ko‘rinishlari va fikr shakllantirish qoidalarini tushungani uchun, uning “mazmuniy maydon”i ma’lum tilga xos so‘zlar o‘rtasidagi munosabatlarga taalluqli bo‘ladi1.
V.Porsig lingvistik tadqiqot sohasi sifatida nutqiy jarayonni tanlagan, shuning uchun so‘zlarning mazmuniy munosabati, avvalo, fe’l, sifat va otlar orasida o‘rnatiladi. Jumladan, bunday munosabatni quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
1) harakat va uni bajaruvchi predmet o‘rtasidagi munosabat organ, asbob va b. - yurmoq - oyoq;
2) bir sub’ektni talab qiluvchi harakat fe’li bilan shu sub’ekt o‘rtasidagi munosabat: sayramoq - qush;
3) fe’l va u talab etuvchi grammatik to‘ldiruvchi o‘rtasidagi munosabat: bajarmoq - vazifani.
Ko‘rinadiki, V.Porsigning “semantik maydonlari - qandaydir semantik birlikni hosil qiluvchi yoki undan ortiq so‘zlarning sintaktik munosabati bilan shartlashgan birikuvidir”. Bunday maydonni V.Porsig sintaktik maydon deb atagan edi.
Lekin N.I.Filicheva to‘g‘ri ta’kidlaganidek, Porsig o‘z “sintakti maydoni” bilan so‘zlar orasidagi sintagmatik munosabatlarni belgilagan edi xolos1.
Shunga ko‘ra, bizningcha, bu turdagi munosabatlar bilan bog‘langan leksemalar maydonini sintagmatik maydon deb atash to‘g‘ri bo‘ladi.
Bunday maydonlarda lisoniy birliklar sintagmatik munosabatda bo‘lishini hisobga olib, ana shu munosabat haqida to‘xtalib o‘tishni lozim deb hisoblaymiz. Sintagmatik munosabat valentlik tushunchasi bilan uzviy bog‘liq.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling