Vazirligi farg‘ona davlat universiteti


Download 0.52 Mb.
bet5/15
Sana19.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1623768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
kurs ish

yomg‘ir jalasel;
harakat asosidagi darajalanish;
shabodashamolbo‘rondovul kabi
1.2.Anemonimlarning mazmuniy tasnifi.
Navbatdagi bo‘linishda esa mikromaydon elementlari harakat usuliga ko‘ra bir necha maydonchalarga ajratiladi:
- esish harakatli tabiiy hodisalar nomlari;
- yog‘ish harakatli tabiiy hodisalar nomlari;
- yonish harakatli tabiiy hodisalar nomlari;
Mikromaydon tarkibidagi leksemalar ma’lum semasi bilan bir maydonchaning, boshqa semasi bilan ikkinchi maydonchaning ham elementi bo‘lishi kuzatiladi.
Bu mikromaydon a’zolarini birlashtiruvchi yagona maxsus sema mavjud emas. Ularning boshqa birliklardan1 farqi shundaki, bu hodisalarning yuzaga chiqishida qandaydir xarakterli harakat yoki kuchli ta’sir ko‘rsatish darajasi ko‘zga tashlanadi.
Ushbu paradigma a’zolari «oddiy tarzda tabiatda sodir bo‘lish» semasi bilan umumlashadi. Har qaysi hodisa o‘ziga xos ko‘rinishga, darajaga, muayyan belgiga ega. Shunga ko‘ra, leksemalar uchun muhim bo‘lgan differensial semalar farqlanishi kuzatiladi.
Oddiy tarzda yuz beruvchi tabiat hodisalari nomlari paradigmasi tarkibiga shabada, shamol, yel, sabo, boda, shudring (shabnam), qirov, chaqmoq, yashin, momaqaldiroq, bulduriq, yomg‘ir, tuman, bulut kabi leksemalar kiritiladi. Bu kichik maydoncha tarkibiga kirgan anemonimlarni ifoda etuvchi leksemalar tabiatda muayyan holatda ro‘y beruvchi holat (hodisa)lar nomlari asosida birlashadilar.
Bu paradigma a’zolari turli xil holat va vaziyatda sodir bo‘lish semasi asosida guruhlanadi. Ularni quyidagicha ajratish mumkin:
- tomchi asosli tabiat hodisalari nomlari: yomg‘ir, shudring, qirov, bulduriq va boshqalar
- yonish harakatli tabiat xodisalari nomlari: chaqmoq, yashin (va boshqalar)
- esish harakatli tabiat hodisalari nomlari: shabada, shamol, sabo, yel kabi.
Ma’lumki, qator tadqiqotchilar tomonidan ikki yoki undan ortiq so‘zlarning o‘zaro munosabati bilan shartlashgan birikuvi, bu turdagi munosabatlar bilan bog‘langan leksemalar maydoni sintagmatik munosabat asosida belgilanishi qayd etiladi. Yuqorida ta’kidlanganidek, bu munosabat valentlik tushunchasi bilan uzviy aloqador.
Tabiat hodisalari nomlarini bildiruvchi leksemalar ham muayyan valent imkoniyatlariga ega. «Ob-havo va shamollar» semantik maydoni leksemalari, ularning umumiy va xususiy jihatlari hamda ularnig valentlik hosil qilishi to‘g‘risida A.Sobirov ham to‘xtalib o‘tadi: «Misol uchun shamol bilan esmoq, bo‘ron bilan ko‘tarilmoq, qor bilan oppoq, yomg‘ir bilan tomchilamoq kabi leksik birliklar o‘zaro sintagmatik munosabatga kirishadi, lekin selga nisbatan tomchilamoqni, do‘lga nisbatan imillamoqni, shabadaga nisbatan qo‘pormoqni ishlatib bo‘lmaydi. Ular bir-biri bilan valentlik hosil qilmaydi»2. Xususan, so‘z birikmalari doirasida bu leksemalarning grammatik jihatdan hokim bo‘lak sifatida faol fakulptativ valentlikka ega bo‘lishi kuzatiladi. Masalan, shamol, momaqaldiroq, chaqmoq, yomg‘ir, jala, sel, bo‘ron, dovul, zilzila singari leksemalar belgi valentligi orqali kuchli leksemasini tobelantirib keladi. Kuchli leksemasidagi «ta’sir kuchining yuqoriligi» semasi harakat darajasining kuchliligi asosida bu leksemalarga muvofiq keladi:
Shabada, qirov, shudring tarzidagi leksemalar tarkibida «harakatning sustligi», «harakatsizlik» semalari mavjudligi sababli, ular bilan kuchli leksemasi sintagmatik munosabatga kirishmaydi. Leksema doirasidagi «harakatning yuqoriligi» semasi «harakatning sustligi» semasiga ega bo‘lgan leksemalar bilan bog‘lana olmaydi, bu bog‘lanish sokin leksemasi hamda shabada anemonimi o‘rtasida kuzatiladi:sokin shabada
A.N.Tixonov va boshqalar tomonidan tuzilgan ruscha-o‘zbekcha tematk lug‘atda tabiat hodisalarini anglatuvchi ob-havo (sovuq ob-havo, iliq ob-havo,quruq ob-havo, yomg‘irli havo, bulutli havo), bo‘ron (kuchli bo‘ron, qor bo‘roni, dahshatli bo‘ron, chang bo‘roni), shamol (shimol shamoli, janub shamoli, yengil shamol, ku4chli shamol, issiq shamol, kuchsiz shamol, shamol kuchi ...), momaqaldiroq (kuchli momaqaldiroq, bahorgi momaqaldiroq, yozgi momaqaldiroq), yashin, chaqmoq (yorqin chaqmoq, yashinli momaqaldiroq), yomg‘ir (sovuq yomg‘ir, iliq yomg‘ir, mayda yomg‘ir, kuchli yomg‘ir, yoz yomg‘iri ...), do‘l (kuchli do‘l, yirik do‘l...), qor (oq qor, ho‘l qor, toza qor, qalin qor, ko‘p qor), tuman (quyuq tuman, kuchli tuman), shudring, shabnam (tonggi shudring, yozgi shabnam, qalin shudring, shudring tomchilari) kabi leksemalarning matn doirasida erkin birikma hosil qilishi o‘rinli misollar bilan ko‘rsatib o‘tiladi.
Anemonimlar maydoniga mansub barcha leksemalar muayyan zamonga xoslanadi. Har qaysi leksema payt valentligiga ega bo‘lgani sababli paytga munosabat bildiruvchi sifatlar orqali payt valentligini to‘ldirish imkoniga ega.
Shuningdek, tilning turli fasllarida kuzatiluvchi, mavsumiy tabiat hodisalarini anglatuvchi leksemalar mantiqan muvofiq bo‘lgan leksemalar orqali payt valentligini yuzaga chiqaradi.
Turli predmet, shaxs nomlarini bildiruvchi ot turkumiga mansub leksemalar kabi anemonimlarda «miqdor» semasiga ega bo‘lgan leksemalarni tobelantirish imkoni ham ko‘zga tashlanadi.
Masalan, qalin qor, kuchli yomg‘ir birikmalari orqali qor leksemasiga nisbatan ko‘p yog‘ish harakati natijasidagi, yomg‘ir leksemasiga nisbatan ko‘p (tez) yog‘ish harakati natijasidagi mavhum miqdor ko‘rinadi.
Ushbu mikromaydon doirasidagi ayrim leksemalar harorat, holat belgisi bilan namoyon bo‘luvchi leksemalar orqali ham belgi valentligini yuzaga chiqaradi:



shamol

sovuq izg‘irin



shabada

iliq yomg‘ir

Tabiat hodisalari nomlari leksemalari tarkibidagi qor leksemasi ham mikromaydon doirasida muhim o‘rin tutadi. Qor leksemasi ham tabiat hodisalari nomlari singari «tabiatda sodir bo‘lishlik» semasi orqali birlashtiruvchi semaga ega bo‘ladi. Har qaysi paradigma varianti singari bu leksema ham o‘ziga xos xususiy semalarga ega bo‘lgan tabiat hodisasi nomlari paradigmasining ma’lum bir elementidir.


Ushbu mikromaydon doirasidagi ayrim leksemalar harorat, holat belgisi bilan namoyon bo‘luvchi leksemalar orqali ham belgi valentligini yuzaga chiqaradi:

shamol

sovuq izg‘irin



shabada

iliq yomg‘ir

Tabiat hodisalari nomlari leksemalari tarkibidagi qor leksemasi ham mikromaydon doirasida muhim o‘rin tutadi. Qor leksemasi ham tabiat hodisalari nomlari singari «tabiatda sodir bo‘lishlik» semasi orqali birlashtiruvchi semaga ega bo‘ladi. Har qaysi paradigma varianti singari bu leksema ham o‘ziga xos xususiy semalarga ega bo‘lgan tabiat hodisasi nomlari paradigmasining ma’lum bir elementidir.


Qor leksemasining leksik - semantik sath doirasidagi ma’nosi - denotativ ma’nosi deganda suv zarralarining sovuqdan birikishi natijasida yuzaga keladigan oq par shaklidagi yog‘in tushuniladi1.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling