Vazirligi farg‘ona davlat universiteti
Download 0.52 Mb.
|
kurs ish
Valentlik (lotincha Valentla - kuch) so‘zni boshqa elementlar bilan sintaktik aloqaga kira olishi. Bu tushunchani tilshunoslikka birinchi bo‘lib S.D.Kasnelpson (1948) kiritgan edi. L.Tenper esa valentlik atamasini g‘arbiy Yevropa tilshunosligiga o‘ziga xos tarzda olib kirdi. U valentlik tushunchasi uchun bog‘lana olish xususiyati muhim deb hisoblaydi va uni faqat fe’llarga mansub deb ko‘rsatadi. L.Tenper valentlikni fe’l o‘ziga bog‘lay oladigan aktantlar soni sifatida ta’riflaydi va fe’llarni valentsiz (shaxssiz), bir valentli, ikki va uch valentlilarga ajratadi1.
Hozirgi zamon tilshunosligida valentlik keng ma’noda tushuniladi, unda so‘zlar va yuqori sath birliklarining o‘zaro birika olish imkoniyati e’tiborga olinadi va har qaysi til uchun xos bo‘lgan so‘z turkumining bog‘lana olish qonuniyatlari hamda so‘z semantikasi bilan bog‘liq bo‘lgan leksik valentlik farqlanadi. Prof. M.Mirtojiyev va S.Muhamedovalar o‘zbek tilidagi valentlik ko‘rinishlariga to‘xtalib shunday ta’kidlaydilar: “valentlik so‘zining qanday ma’nosiga asoslanishga qarab ko‘rinishlarga bo‘linadi. U leksik birlikning semantikasiga asoslangan bo‘lsa, semantik valentlik deb ataladi. Lekin mohiyatni to‘la ifodalash uchun uni leksik-semantik valentlik deb atash ma’qul hisoblanadi’2. Leksik valentlikni yuzaga chiqaruvchi xususiyatlar tarzida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: - valentlikning umumiy turi: faol valentlik (so‘zning tobe elementni biriktira olish imkoniyati); passiv valentlik (birikmaning hokim elementga bog‘lana olish imkoniyati); - obligator valentlik: majburiy (fakulptativ) valentlik (kuchli va kuchsiz boshqaruv bilan muvofiq bo‘lgan tushuncha). So‘z gapda bir necha pozitsiyalarni egallaydi, ularning ayrimlari to‘ldirilishi zarur bo‘lsa, ayrimlari to‘ldirilishi shart emas. Masalan, Akram shkafdan kitobni oldi gapida kitobni - majburiy valentlik, shkafdan - fakulptativ valentlik. - Valentlik soni:masalan,bir, ikki, uch... valentli fe’llar. - To‘ldirilayotgan bo‘lakning sintaktik vazifasi: bunda fe’ldagi majburiy valentliklar sifatida sub’ekt, ob’ekt, hol va predikativ valentlik nazarda tutiladi: u kitobni o‘qidi gapida u o‘qidi - sub’ekt valentligi, kitobni o‘qidi ob’ekt valentligi. - To‘ldirayotgan bo‘lakning shakli: so‘z turkumi, so‘z yoki gaplar aloqa vositasi bo‘ladi: uni uchratdim; u qizni uchratdim; shoshib kelayotgan qizni uchratdim. - Valentlikni yuzaga chiqaruvchi semantik xususiyatlar: masalan, o‘qimoq, yig‘lamoq, uxlamoq fe’llari shaxs bilan; yemoq, ichmoq fe’llari shaxs, hayvon bilan munosabatni talab etadi. O‘zbek tilshunosligida valentlikka bag‘ishlangan maxsus ishlarda asosan fe’llarning faol majburiy valentligi haqida fikr yuritilgan1. Til birliklari o‘zidan yuqori sath birliklarini hosil qilish uchun bir-biri bilan birikadi. Til birliklarining bunday munosabatga kirishish imkoniyati birikuvchanlik bo‘lib, birikuvchanlik til birliklari o‘rtasidagi sintagmatik munosabatlarni aks ettiruvchi asosiy xususiyatlardan biridir. Birikuvchanlikning universal va konkret qonuniyat va yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, ulardan chetga chiqish me’yor buzilishi yoki til birliklari xususiyatlari o‘zgarishiga olib keladi. Birikuvchanlikning shakli o‘zgaruvchan va farqlanuvchi til birliklarining variantlari - nutq birliklarini hosil qiladi: allofon, allomorf va boshqalar. Tilshunoslikda turli tipdagi birikuvchanlik farqlanadi: - joylashishiga ko‘ra: kontakt (til birliklarining yonma-yon joylashishi) va distant; - birikuvchanlik omillariga ko‘ra: shartlangan (til birliklarida farqlovchi xususiyatlar borligi bilan belgilanadi) va erkin (belgilangan me’yor orqali aniqlanadi); - til sathiga ko‘ra: shakliy va mazmuniy. Fonologik sathda shartlangan birikuvchanlik fonemalarning differensial xususiyatlari mos kelishi yoki kela olmasligi orqali namoyon bo‘ladi (qator tillarda jarangli va jarangsiz undoshlar, qattiq va yumshoq undoshlar va h.k. mos kelmasligi mumkin). Muayyan holati o‘zaro muvofiq bo‘lmagan fonemalar birikuvchanligi holati orqali fonemalarning kombinator va pozitsion o‘zgarishlari vujudga keladi: jarangsizlanish, palatalizatsiya va boshq. Fonemalarning erkin birikuvchanligi tilning muhim tipologik xususiyatiga asoslanib, u universal va xususiy tiplarda kuzatiladi. Birikuvchanlikda tovush birikmalarining o‘rni katta ahamiyatga ega. Masalan, so‘z boshida ikki undoshning kelishi ayrim tillarda odatiy hol bo‘lsa, o‘zbek tili leksemalarida bu holat ko‘zga tashlanmaydi. Morfologiyada birikuvchanlik morfemalarning kombinatsiyalarida ko‘rinadi hamda shakliy va mazmuniy sathlarga bo‘linadi. Shakliy sathda o‘zak morfema bilan tanlab qo‘shiladigan allomorflarni ishlatish, mazmuniy sathda birikuvchanlik morfemalar, ayniqsa, leksema va grammema ma’nolarining mos kelishi bilan aniqlanadi. So‘zlarning birikuvchanligi esa grammatik, leksik, semantik omillar bilan aniqlanadi va so‘z birikmasi nazariyasida o‘rganiladi. Grammatik birikuvchanlik so‘zlarning muayyan turkumlarga mansubligi bilan aniqlanadi. Masalan, ko‘pgina tillar uchun ikkita otning tobelanishi xarakterli hol emas. Chunki tobe ot ad’ektivatsiya tendensiyasini yuzaga keltiradi: kumush qoshiq yoki so‘z o byektiv funksiyasi uning morfologik o‘zgarishi bilan ta’minlanadi. Ba’zan ularda bog‘lovchi vositalar qo‘llanadi. Leksik sathda birikuvchanlik leksemalarning tanlanuvchanligi orqali yuzaga chiqadi. Mazmuniy sathda so‘zlar birikuvchanligi semantik jihatdan muvofiqligi bilan aniqlanadi. Bunda birikuvchi komponentlar qarama-qarshi leksemalarga ega bo‘lmasligi zarur. Jumladan, tirik mavjudot harakati va xususiyatini anglatuvchi fe’l yoki sifat jonli predmetlar nomi bilan bog‘lana oladi. Aks holda, me’yor buzilishi mumkin yoki komponentlarning biri qayta ma’noga ega bo‘lishi kuzatiladi: ishning ko‘zi. Matnda birikuvchanlik so‘zning matn bilan muvofiqligini talab etadi, bu talab amalga oshmasa, uslubiy nomuvofiqlik paydo bo‘ladi. Birikuvchanlikni o‘rganish til birliklarini aniqlash, ularning taksonomik sinflarga mansubligini belgilash, ularning variantlari, vazifalarini tekshirish, ko‘chma ma’nolar hosil qiluvchi imkoniyatni belgilash asosida yuzaga chiqadi. Birikuvchanlik til strukturasi va mavjudligi bilan bog‘liq muhim omillardan biri sifatida XX asrda F.de Sossyur ishlaridan keyin izchil o‘rganildi. Xususan, fonologiyada N.R.Trubeskoy ishlari, funksional transpozitsiya bilan aloqador holda Sh.Balli faoliyati, so‘z birikmasi nazariyasiga taalluqli holda V.V.Vinogradov ishlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Tilshunoslikda tilning mazmuniy tomoniga bo‘lgan qiziqish natijasida uning ifoda plani bilan aloqador ma’nosini hosil qilishda muhim rolp o‘ynovchi semantik sintagmatika qonuniyatlarini o‘rganishga e’tibor ortdi. Bu bilan esa, yuqorida to‘xtalib o‘tganimizdek, valentlik tushunchasi tilshunoslikka olib kirildi. Ma’lumki, F.de Sossyur nazariyasiga ko‘ra til sistemasi inson aqliy faoliyatining turli shakllariga mos bo‘lgan ikki asosiy munosabat turlariga asoslanadi: butunni bo‘laklarga bo‘lish va til elementlarini ularning assotsiativ o‘xshashligi asosida guruhlash. Bu munosabat tilning ikki turli sohalari - bevosita kuzatiladigan va bevosita kuzatilmaydigan sohalarda namoyon bo‘ladi. Sossyur ta’rifiga asosan, tilning ma’lum bir holatida barcha vositalar muayyan munosabatlarga asoslansa, bu munosabatlar sintagmatik yoki assotsiativ deb ataladi. Bilamizki, paradigmatik munosabatlar sintagmatik munosabatlardan farqli o‘laroq, zanjirsimon bo‘lmaydi, ular nutq oqimi yoki maydonda bir vaqtda namoyon bo‘lmaydi. Bu munosabatlar so‘zlovchi ongi yoki xotirasida qandaydir assotsiatsiyalar bilan umumlashgan til birliklari (elementlari) o‘rtasidagi munosabat sifatida mavjuddir. Paradigmatik munosabat til birliklari orasidagi shakliy yoki mazmuniy umumiylikka asoslangan bo‘ladi. Agar paradigmatik munosabatlar har qanday guruhlar va sinflar, xususan, paradigmalar tuzilishini ularga xos a’zolarining shakliy va mazmuniy umumiyligi asosida xarakterlab, ayni vaqtning o‘zida bu birliklarni ma’lum asoslarga ko‘ra bir-biriga qarama-qarshi qo‘ysa, sintagmatik munosabatlar sintagma tuzilishini har qanday sathning lisoniy ketma-ketligi sifatida xarakterlaydi hamda ular vositasida kichik birliklarni shakllantiradi. Paradigmatik munosabatlarda muayyan qatordagi birliklar - a’zolarning o‘rnini almashtirish imkoni bo‘lsa, sintagmatik munosabatlarda esa a’zolar bir lisoniy zanjir (so‘z, qo‘shma so‘z, so‘z birikmasi va. h.) tarzidagi ketma-ketlikda joylashadi va ularni o‘zaro almashtirish maqsadga muvofiq emas. Bu esa paradigmatik munosabatlarga birliklarning o‘zaro rad qiluvchi va o‘zaro almasha oluvchi munosabatda, sintagmatik munosabatlarga birliklarning birgalikda kelishi munosabatida qarash uchun yo‘l ochadi. Paradigmatik munosabat a’zolariga yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, ikki bir-biridan farqlanuvchi hamda bir-biriga zidlanuvchi a’zolar sifatida yondashish mumkin. Bu a’zolar bir o‘rinda bir-birining o‘rnini egallash imkonida bo‘lsa, ikkinchi holda biri ikkinchisining o‘rnida bo‘la olmaydi. Dastlabki nuqtai nazar, birliklarning bir-birining o‘rnini egallay olishi leksik paradigmatikada qo‘llansa, ikkinchisi morfologik paradigmaning an’anaviy ta’rifiga to‘la mos keladi. Shunday qilib, munosabat turlari bir vaqtda mavjud bo‘lish munosabatlari va almashinuv, muqobillik bir-birining o‘rnini egallash munosabatlariga qarama-qarshi qo‘yiladi. Keyingi yillardagi tadqiqotlarda paradigmatika atamasining qo‘llanilish doirasi kengaymoqda. Yangi ma’nolardan biri sifatida ma’lum sath birliklarini birlashtiruvchi paradigmatik munosabatlar sistemasini keltirish mumkin. Leksik paradigmatika leksikologiyaning shunday sohasi deb ajratiladiki, unda leksemalarning boshqa leksemalar bilan paradigmatik munosabati nazarda tutiladi va a’zolarning o‘zaro qarama-qarshiligi (antonimiya) yoki o‘zaro almasha olish (sinonimiya, giponimiya) xususiyatlari o‘rganiladi. Leksikada paradigmatikaning kengayishiga so‘zlar o‘rtasidagi derivatsion aloqalarga bog‘liq bo‘lgan jarayonlar ham sabab bo‘ldi. Bu holat tilshunoslikda uchinchi o‘lchov sifatida belgilanadi, D.I.Shmelev uni maxsus epidigmatika deb atagan edi. Bu so‘z yasash va so‘z semantik rivojlanish jarayonlari asosida so‘zni bir vaqtning o‘zida turli leksik -semantik paradigmalar tarkibiga kirish xususiyatini ko‘rsatadi. Ana shu asosda til birliklari o‘rtasidagi sintagmatik, sof paradigmatik aloqalardan tashqari, epidigmatik aloqalar ham yuzaga chiqadi. Matnda leksik paradigmatika yashirin holda kelganligi sababli, uni aniqlash va izohlash uchun maxsus lingvistik tahlil yo‘llarini yaratish zarur bo‘ladi. Bu usullar yordamida leksik birliklarni ma’lum leksik-semantik paradigma a’zolari sifatidagi o‘rni va shakllanish xususiyatlarini belgilash kerak. Bunday tadqiqot usullaridan biri maydon usuli hisoblanadi. Lisoniy birliklarning muayyan birlashtiruvchi ma’no asosida ma’lum paradigmalarga joylashuvi tilshunoslikda maydon nazariyasini vujudga keltirdi. Lisoniy birliklarining ma’lum ma’no asosida birlashuvi, ma’lum bir tildagi lug‘aviy birliklarni mazmuniy uyalarga birlashtirish sharq tilshunosligida Xalqlar rivojlangan edi.1 tilshunosligining ilk bosqichi arab tilshunosligi an’analari bilan oziqlangan edi. Ideografik lug‘atlar yaratish tajribasi ham turkiy tilni o‘rganish, uni saqlab qolish ehtiyoji bilan uzviy bog‘lanadi. XIX asrga kelib lisoniy birliklarni mazmuniy guruhlarga birlashtirish va butunni ichki guruhlarga ajratish bilan bog‘liq muammo Yevropada maydonga keldi. Maydon nazariyasining Yevropa tilshunosligi bilan uzviy bog‘liqligi ham shundan. Yu.N.Karaulov maydonga xos eng muhim belgilarga to‘xtalib, maydonga xos birliklar (elementlar)ning semantik korrelyatsiyasi – ularning o‘zaro aloqasi, mazmuniy o‘xshashligi bilan bog‘liq xususiyatni, maydonlarning nisbatan mustaqil jihatlari hamda har qaysi xalq, til uchun xos bo‘lgan udumlar, milliy belgilarni ta’kidlab o‘tadi. Maydon nazariyasini turlicha tadqiq etish bu tushunchaga, uning talqini va xususiyatlariga turlicha yondashuvni vujudga keltiradi. Unda maydonning butunligi, uzluksizligi bilan til birliklari doirasida belgilanishi, ayni paytda, maydonlar (mikromaydonlar) o‘zaro munosabatining keng xarakterga egaligi bo‘yicha til birliklaridan farqlanuvchi tomonlari e’tiborga olinadi. Leksikani sistema sifatida o‘rganishda leksik birliklarning integral va differensial semalarini ajratish, ayni shu semalar vositasida leksemalarni ma’lum maydonlarga ajratish o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Maydon tarkibiga kirgan har qaysi leksemaning o‘zi ham muayyan semalardan tashkil topgan yaxlitlik sanaladi. Shunga ko‘ra, u semik tuzilishidagi qaysi semasi birlashtiruvchi bo‘lishiga ko‘ra bir guruh (maydonga)ning tarkibiy qismi bo‘lishi mumkin. Tilshunoslar tomonidan bir xil belgilangan ayrim nazariy masalalarni Yu.D.Apresyan shunday umumlashtiradi: a) til lug‘at tarkibi birliklarning tartibsiz yig‘indisidan iborat emas, so‘zlarning mazmuniy umumiyligi asosida birlashuvchi bir qancha maydonlarga bo‘linadi; b) har bir mazmuniy maydon faqat shu til uchun xos bo‘lgan alohida usul bilan o‘zi aks ettiruvchi borliqni tarkibiy qismlarga ajratadi; v) so‘zning semantik mazmuni o‘z-o‘zidan kelib chiquvchi narsa hisoblanmaydi. U maydon doirasidagi boshqa so‘zlar bilan zidlanishlar vositasida yuzaga keladi. Maydon sifatida ko‘rsatilayotgan materiallarning turlicha ekanligi va qator tilshunoslarning bu tushunchani har xil talqin etishiga qaramay, maydonga xos yondashuvda ikki yo‘nalishni ajratish mumkin: paradigmatik va sintagmatik yondashuv bo‘lib, ular eng keng tarqalgan yondashuv sanaladi. G.S.O‘ur tilshunoslikda “maydon” komponenti ishtirok etgan va ommalashgan ifodalar sifatida qator turlarni keltiradi. Nazarimizda, tilshunoslikning bugungi bosqichidagi rivoji muayyan dalillarni avtonom tarzdagina emas, balki sistemaviy asosda o‘rganishni ham taqozo etmoqda. O‘zbek tilshunosligida lisoniy birliklarni o‘zaro bog‘liqlikda tadqiq etishga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlar talaygina. Biroq hozirgi tilni sistem asosda o‘rganish muammosi ta’limga hali yetarli darajada izchil ravishda bog‘langan deyish qiyin. Ushbu yo‘nalishda hozircha ayrim qo‘llanmalar yuzaga keldi4. Tilni sistem tarzda o‘rganishning o‘ziga xos ko‘rinishi sanalgan maydon nazariyasi leksikografiya va leksikologiya muammolarini uzviy bog‘liqlikda tekshirishni taqozo etadi. Ushbu ikki sohaning aloqadorligini ta’minlovchi omillar alohida e’tiborga olinishi zarur. Ma’lumki, lug‘atlar maqsad va hajm, materiallar uzviyligi, mazmuniy yaqinlik kabi turli mezonlar asosida tasnif etiladi. Lug‘atlarda leksik-semantik xususiyatlar asosida yuzaga keladigan va lug‘aviy belgilarni tashkil etishning alohida usuli bo‘lgan umumiy tomon mavjud. Ana shu umumiy-o‘xshash jihatlarni aniqlash uchun ularni uyg‘unlikda o‘rganishga harakat qilish maqsadga muvofiq. Turkiyshunoslikda til birliklarini maydon asosida o‘rganish endigina boshlandi. bu usul, bizningcha, leksikani o‘rganishda katta ahamiyatga egadir. Leksika makromaydon sanalgani holda, uni mikromaydonlarga ajratish ideografik lug‘atlar tuzishda munosib o‘rin tutadi. Sh.Balli onomasiologiyani leksikani tasnif etishning bir usuli asosi, ideografik lug‘atni esa til o‘rganishning yordamchi vositasi hisoblaydi va shu orqali ideografik lug‘atlarga ta’rif beradi. Ideografik lug‘atlar tilning butun leksik sistemasini qamrab olishi bilan xarakterlanadi. Ideografik lug‘atlar leksik birliklar o‘rtasidagi semantik munosabatlarni yorituvchi lug‘atlar sanaladi. Ko‘rinadiki, leksikani tasniflash, so‘zlarni ta’riflash, lug‘at birikmalari o‘rtasidagi semantik aloqalar kabi ideografik lug‘atlar tuzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalar leksikografiya chegarasidan chiqib, sof leksikologik masalalar sirasiga kirib boradi. Ideografik lug‘at so‘zlar guruhi bilan ish ko‘rganligi sababli, xuddi shunday so‘zlar guruhi bilan aloqador bo‘lgan leksikaning sistemaliligini oydinlashtiruvchi nazariya, ya’ni maydon nazariyasiga ushbu lug‘atlarning munosabati ko‘rinishi lozim bo‘lgani holda, ko‘pchilik tadqiqotlarda bu munosabat ko‘zga tashlanmaydi. Chunki shu yo‘nalish mutaxassislarining ayrimlari maydon nazariyasini tan olmaydilar1. Yu.N.Karaulov leksikologik tadqiqotlarning alohida ob’ekti sifatida onomasiologiyaning vujudga kelishini Saunerning XX asr boshida - 1902 yilda e’lon qilgan asari bilan bog‘laydi. Qator tilshunoslar singari u ham ideografik lug‘atning paydo bo‘lishi Roje nomiga aloqadorligini (1852 yil) ta’kidlaydi. Aslida bunday usul Yevropa tilshunoslari tomonidan XIX asr o‘rtalarida qo‘llangan bo‘lsa-da, uning ildizlari Sharq tilshunosligiga borib taqaladi. Xususan, Al-Halil, Feruzabodiy, Sibavayhiy kabi arab tilshunoslari VII-VIII asrlardayoq bunday lug‘atlarning ajoyib namunalarini yaratganlar. Arab tilshunosligining rivojlanishida turkiy xalqlardan chiqqan olimlarning ham ulushi katta ekanligi bugungi kunda qator tadqiqotchilar tomonidan e’tirof etildi. Arab olamida Mahmud Zamahshariyning arab tilshunosligiga qo‘shgan hissasini arablar e’tirof etishi, uning arab tili grammatikasiga bag‘ishlangan “Al-Mufassal”asari Sharq va G‘arbda katta shuhratga ega bo‘lganligi va uzoq yillar arablar uchun qo‘llanma bo‘lib xizmat qilganligi fikrimizning dalilidir. Turkiyshunoslik ham ana shu maktab zaminida shakllandi va taraqqiy etdi. Mahmud Qoshg‘ariyning mashhur “Devonu lug‘otit turk” asari ana shunday boy leksikografik maktab yutuqlaridan ijodiy foydalangan holda maydonga keldi. Muallifi noma’lum bo‘lgan “At-tuhfatuz-zakiyati fil-lug‘otit-turkiya” asari turkiyshunoslikda ideografik lug‘atning ilk namunasi hamda ilk grammatika ekanligi bilan ham g‘oyat qimmatlidir. Shuningdek, Muhammad Changiyning “Kelurnoma”si ham mavzuiy lug‘atning ajoyib namunasi sanaladi1. Qisqasi, bugungi turkiyshunoslik oldida turgan muhim muammolar sirasiga leksikologik va leksikografik masalalarni uzviy bog‘liq holda tadqiq etish masalasini ham kiritish maqsadga muvofiqdir. O‘zbek tilshunosligida til birliklarini maydon asosida o‘rganish keng yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu usul ayniqsa, leksikani o‘rganishda katta ahamiyatga ega. O‘zbek tili leksikasini makromaydon sifatida qaralgan holda, uni mikromaydonlarga ajratish ideografik lug‘atlar tuzishda katta samara beradi. Shuning uchun ham lisoniy maydon va til lug‘at tarkibini bu kabi maydonlarga ajratishning nazariy asoslarini o‘rganish hozirgi o‘zbek tilshunosligi oldidagi eng dolzarb muammolardan sanaladi2. Leksik sistema tarkibida muayyan birlashtiruvchi arxisema asosida birlashgan turli mikromaydonlar munosib o‘rin egallaydi. Jumladan, “tabiat hodisasi” arxisemasi bilan birlashuvchi mikromaydonning ham o‘z o‘rni bor. Bu mazmuniy maydon - “shaxs”, “hayvon”, “o‘simlik”, “osmon jismlari”, “jonsiz predmetlar” singari mazmuniy maydonlar bilan munosabatda bo‘lib “mavjudot” mikromaydonini tashkil etadi. “Tabiat hodisasi” arxisemasi bilan birlashgan lekse-malar maydoni “mavjudot” mikromaydonining bir bo‘lagi sanaladi. Leksik birliklarini maydon sifatida o‘rganish tilning ifodaviy tabiatini ochish bilan aloqadordir. Chunki ob’ektiv olam bir butun sistema bo‘lib, uning uzvlari muayyan mikroolamlardan iborat. Bu mikroolam inson ongi orqali tilda o‘z ifodasini topadi. Tilni maydon sifatida o‘rganish olam + ong + til dialektik munosabatini ifodalashga yordam beradi. Tabiat hodisalari mikromaydoniga birlashgan leksemalar leksik makrosistema tarkibida bir mikrosistemani tashkil etadi. “Yog‘in va shamollar bilan bog‘liq leksemalarning paradigmatik qatorlariga egaki, ularsiz til boyligimizni tasavvur qilish qiyin”. 1 Bu mikromaydonni alohida tadqiq etish maydon nazariyasi bilan bog‘liq, umuman, sistem leksikologiya bilan aloqador masalalarni keng yoritishda munosib ahamiyatga ega. “Tabiat hodisasi” semasi asosida barcha tabiat hodisalari nomlarini ifodalovchi leksemalar ma’lum paradigmaga birlashadi. «Ruscha-o‘zbekcha tematik lug‘at»da “tabiat hodisalari’ guruhiga mansub bo‘lgan bo‘ron (buriya), shamol (veter), momaqaldiroq (groza), yashin (molniya), yomg‘ir (dojdp), do‘l (grad), qor (sneg), shudring (rosa) leksemalari qamrab olinadi. Ularning matn shakllantirish imkoniyatlari ifodalanadi.2 Lisoniy birliklar bu umumlashma ichida umumiy ma’no asosida yana kichik uyalarga birlashishi mumkin. Jumladan yomg‘ir, qor, shamol, sel, zilzila, to‘fon kabi leksemalar munosabati tabiat hodisalari nomlari paradigmasini tashkil qilishi bilan birga, ularning har qaysisi bevosita kuzatishda turli sharoitda yuzaga chiqadi. Paradigma variantlari ma’lum mazmuniy umumlashmaga birlashar ekan, o‘z doirasida farqlovchi semalar vositasida o‘zaro zidlanadi. Bunda har qaysi leksemaning til sistemasida tutgan o‘rni, xususiyati va mohiyati namoyon bo‘ladi. Yuqoridagi fikrlarni anemonimlar mikromaydoniga tatbiq etish mumkin. Anemonimlar -shamol, qor, yomg‘ir, bo‘ron, chaqmoq, sel, do‘l, momaqaldiroq, vulqon, shudring, yashin, tuman, bulut va shu kabilar leksik sath doirasida bir paradigmatik sistemaning a’zolari bo‘ladi. Tabiat hodisalari nomlarini bildiruvchi leksemalar bir paradigma ostida birlashib, har bir leksema o‘z xususiy belgisiga ham ega bo‘ladi. Bu ana shu leksemaning boshqa o‘z sistemasidagi leksemalardan o‘zaro farqlovchi xususiyatidir. Bu yerda “tabiat hodisalari nomlari arxisema bo‘lib, har qaysi paradigma a’zosi turli xil tarkibiy qismlarni tashkil etadi. Tabiat hodisalari nomlarini tashkil etgan leksemalar paradigmasi a’zolarini umumlashtiruvchi integral sema, arxisema tabiatda sodir bo‘lish hisoblanadi. Ushbu umumiy sema doirasida leksemalar bir mazmuniy maydonga birlashadilar. Lekin mikromaydon tarkibiga kirgan har qaysi element, boshqacha aytganda, paradigma a’zosi turli holat yoki sharoitda kuzatilishi orqali o‘zaro farqlanadi. Bu xususiyat mikromaydon tarkibiga mansub bo‘lgan har bir leksemaning umumiy va xususiy semalarini namoyon qiladi. Prof. E.Begmatov o‘z qatlamning mavzuiy guruhlari borasida so‘z yuritganda tabiiy ob’ektlar, hodisalar nomi sirasiga kiruvchi tabiiy borliq va hodisalar guruhi tarkibiga kun, ko‘k, oy, tun, quyosh, yulduz, yorug‘, qorong‘u, tong, tuman, bulut, do‘l, dovul, yel, yorqin, yomg‘ir, momaqaldiroq, yashin, to‘fon, quyun, to‘lqin, qiron, o‘pqon kabilarni kiritadi.1 A.Sobirov esa «ob-havo va shamollar semantik maydonini tashkil etuvchi paradigmatik qatorlar – sabo, boda, nasm, shamol, bo‘ron, shabada, quyun, yelvizak, garmsel, yomg‘ir, qor, jala, do‘l, qirov, bulduriq, shabnam, momaqaldiroq singari leksik birliklar o‘zbek tilida har doim faol va keng ko‘lamda ishlatilib kelinganligini ta’kidlaydi1. Anemonimlarni tashkil etgan leksemalar o‘zaro darajalanish (graduonimik)2 munosabatiga ham kirishadi. Masalan: tomchi asosida darajalanish: Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling