Vazirligi farg‘ona davlat universiteti


Muammoning o‘rganilganlik darajasi


Download 0.52 Mb.
bet2/15
Sana19.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1623768
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
kurs ish

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Abdulla Oripov asarlarida borliq va u bilan bog‘liq muayyan hodisalarning tilda qanday ifoda etishini e’tirof etuvchi onomasiologik yo‘nalishdagi qator tadqiqotlarning yuzaga kelishi natijasida leksikaning obektiv olam sistemasiga bo‘lgan munosabatini yoritish imkoniyati kengayib bormoqda. Shu kunga qadar tilshunoslikda yaxlit bir sistema sanalgan o‘zbek tili leksikasining harakat1, holat2, shaxs3, o‘simlik4, hayvon5, hurmat6, payt7, son-miqdor8, tabiat hodisalari9 singari mikrosistemalari chuqur tahlil etildi.
Bitiruv malakviy ishning ilmiy yangiligi:
- bitiruv malakviy ishda Abdulla Oripov asarlarida tabiat hodisasi mikromaydoniga kirgan leksemalar sistemaviy tadqiq etildi;
- ushbu mikromaydon birlashtiruvchi va farqlovchi semalar asosida shoir asarlari misolida kichik maydonchalarga ajratildi, ularning tur-jins munosabati ochib berildi;
- Abdulla Oripov asarlarida mikromaydon tarkibidagi leksemalarning semik tuzilishini o‘rganish bilan birgalikda, har bir maydonchaning boshqa maydonchalar bilan munosabati yoritildi;
- Abdulla Oripov asarlarida leksik - semantik maydoncha tarkibiga kirgan har qaysi leksemaning boshqa leksemalar bilan paradigmatik munosabati hamda o‘zaro bog‘lanish imkoniyatlari, shuningdek, bu bog‘lanish imkoniyatining nutqiy jarayondagi voqelanishi ochib berildi;
Bitiruv malakaviy ishning nazariy va amaliy ahamiyati. Ushbu tadqiqot o‘zbek tilshunosligida Abdulla Oripov asarlarini o‘rganishga kirishilayotgan onomasiologik yondashuv asosidagi izlanish sifatida muhim nazariy ahamiyatga ega bo‘lib, u Abdulla Oripov asarlaridagi anemonimlarning tutgan o‘rnini belgilashda munosib xizmat qiladi.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishning asosiy maqsadi Abdulla Oripov asarlaidagi “tabiat hodisasi’' arxisemali leksemalar – anemonimlarning tutgan o‘rnini belgilashdan iboratdir.
Ko‘zda tutilgan asosiy maqsadga quyidagi vazifalarni bajarish bilan erishiladi:
- Abdulla Oripov asarlaridagi anemonimlarni aniqlash va ularning tutgan o‘rnini belgilash;
- Abdulla Oripov asarlarida tabiat hodisasi mikromaydonini tashkil etgan birliklarning lisoniy tabiatini ochish;
- Shoir she’rlaridagi har qaysi birlikning umumiy va xususiy belgilarini yuzaga chiqarish;
Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi. Bitiruv malakaviy ish kirish, ikki asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat




Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling