«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”


Download 3.15 Mb.
bet88/266
Sana31.01.2024
Hajmi3.15 Mb.
#1829713
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   266
Bog'liq
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua

5-AMALIY MASHGULOT.


Mavzu.Turli qishloq xo‘jalik hayvonlari sutining qiyosiy tavsifi.


Mashg‘ulotning maqsadi: talabalarga turli qishloq xo‘jalik hayvonlari sutining qiyosiy tavsifini, bir biridan farq qiluvchi hususiyatlarini, kimyoviy tarkibini o‘rgatish.
Mashg‘ulotning mazmuni. Turli xil qishloq xo‘jalik hayvonlari (sigir, echki, tuya, qo‘y) sutini kimyoviy va orgonaleptik hususiyatlarini qiyoslab tavsiflab berish.


Har xil hayvonlar sutining farqi
Har xil hayvonlar sutining umumiy tomonlari ham bor, lekin har qaysi alohida sut emizuvchilarning suti, boshqa turdagidan farq qiladi. Farqi shundan iboratki, birinchidan miqdori bir xil emas, ikkinchidan komponenti har xil, uchinchidan eritmada har xil darajadagi ajralishi (disperstligi) bir xil emas. Eng ko‘p tarqalgan oziq-ovqat mahsuloti sigirning suti hisoblanadi. Bu sut o‘zining tabiatiga ko‘ra, oq yoki sarg‘ish oq suyuqlik bo‘lib, o‘ziga xos hidga va qisman shirinroq ta’mga ega.
Sutning tarkibida quruq modda 11,9-12,0 %, yog‘ 3,2-4,0 %, kazein 2,5-3,0 % va h.z bor. Ertalabki sog‘ilgan sut, kechkisiga nisbatan yog‘liroq bo‘ladi. Sutning tarkibiga, hamda fizikaviy va kimyoviy xususiyatlariga har xildagi, juda ko‘p omillar ta’sir qiladi. Bularga mollarning zoti, yashash sharoiti va ozuqalanishi, sut hosil qilayotgan organizmning fiziologik holati va boshqalar kiradi.
Echki suti
Echki odamlarga birinchilar qatorida o‘rgangan xonaki hayvon hisoblanadi. Hozirgi vaqtda jahonda o‘rtacha 400 mln. echki mavjud (1983). Butun dunyoda ishlab chiqarilayotgan sutning 3% ni echki suti tashkil qiladi. Echkichilik Shveysariya, O‘zbekiston, Fransiya, Yangi Zelandiya va boshqa ko‘pgina mamlakatlar chorvachiligida ko‘rinarli o‘rinni egallaydi. Echki bir yilda o‘z og‘irligiga nisbatan 13-15 barobar, ayrim paytda 20 marta ko‘proq sut beradi. Echki tug’gandan keyin birinchi kunda og‘iz sutining tarkibida quruq modda 20%, oqsil 8,4% bo‘ladi, uch kundan keyin quruq modda 15,5% gacha, oqsil 44%gacha kamayadi. Echkining suti o‘zining tarkibiga ko‘ra sigirning sutiga yaqin. Echki sutining ta’mi shirinroq, xushbo‘y bo‘lib tashqi hidlar bo‘lmaydi. Echki sutining kimyoviy tarkibi va fizikaviy xususiyatlari 8-jadvalda berilgan.
Echki sutida vitamin A 1 dan 6 mg/kg gacha, karotin - 0,003 dan 0,007 mg.gacha 1 kg echki sutida 80 mg vitamin S aniqlangan.



Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling