«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”
Echki sutining kimyoviy tarkibi va fizikaviy xususiyatlari (Yaroslavskayaning ma’lumotiga ko‘ra)
Download 3.15 Mb.
|
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9. Qo‘y sutining kimyoviy tarkibi, %
- 10. Tuya sutining kimyoviy tarkibi (S.G.Xeraskovning ma’lumotiga ko‘ra)
- Urg‘ochi buyvol suti
- Baytal (biya) suti Baytal 6-12 oy davomida sut beradi. Sutning rangi ko‘kimtirroq, shirin bo‘lib, o‘ziga xos hidga ega. 11-jadval 11. Baytal sutining tarkibi
- Urg‘ochi eshshak va xachir suti
- 5-mavzu. Sutning xususiyati va tarkibiga tasir qiluvchi omillar, Sutdagi nuqsonlar va uni kelib chiqish sabablari Reja
- Sigirlar sut mahsuldorligiga ta’sir qiluvchi omillar.
8. Echki sutining kimyoviy tarkibi va fizikaviy xususiyatlari (Yaroslavskayaning ma’lumotiga ko‘ra)
Qo‘y suti Qo‘yning sut berish muddati 5-8 oy davom etadi. Qo‘y suti o‘ziga xos hidga, ta’mga ega bo‘lib, rangi oq yoki oqish sarg‘ish bo‘ladi. Qo‘y sutida 6% oqsil, shundan kazein 80%ni va 20%ni zardob oqsili tashkil etadi (9-jadval). 9. Qo‘y sutining kimyoviy tarkibi, %
Tuya suti Urg‘ochi tug‘gan tuyaning sut berish davri 15-19 oy davom etadi. 1 kg tuya sutida 41,85 mg vitamin S, 0,66 mg vitamin V1 va ko‘pgina fosfor, kalsiy tuzlari bor (10-jadval). 10. Tuya sutining kimyoviy tarkibi (S.G.Xeraskovning ma’lumotiga ko‘ra)
Urg‘ochi buyvol suti Urg‘ochi buyvolning sut berish davri 7-10 oyni tashkil etadi. Sut berish davrida ayrimlarning suti 4000 kggacha yetadi. Sutning yog‘i 7-9%. Sutning konsistensiyasi quyuq ta’mi va hidi yoqimli. Buyvol sutining kimyoviy tarkibi quyidagicha (%) quruq modda – 17,8, yog‘ – 7,5 (5,14 gacha o‘zgaradi), oqsil – 4,5 (4,2 dan – 4,7 gacha), shu jumladan, kazein – 3,9, albumin va globulin – 0,6, mineral moddalar – 0,8, shu jumladan, kalsiy – 0,16, fosfor – 0,13, kislotaligi 19-20oT, PH – 6,3 – 6,8. buyvol suti yangiligicha ishlatiladi, hamda sut mahsulotlaridan pishloq, yog‘ tayyorlashda qo‘llaniladi. Baytal (biya) suti Baytal 6-12 oy davomida sut beradi. Sutning rangi ko‘kimtirroq, shirin bo‘lib, o‘ziga xos hidga ega. 11-jadval 11. Baytal sutining tarkibi
Baytalning sutida sigirning sutiga nisbatan yog‘, oqsil, mineral moddalar kam, vitamin S ning miqdori 5-7 barobar ko‘p. Vitamin S dan tashqari boshqa vitaminlar ham bor. VITAMINLAR mkg/l A ...................................................... 125 – 300 E ....................................................... 650 – 1000 B1 ..................................................... 390 B2 ..................................................... 373 B12 .................................................... 2,52 Pantoten kislotasi ............................ 1600 Biotin ............................................... 11,2 Urg‘ochi eshshak va xachir suti Eshshakning suti o‘zining kimyoviy tarkibiga ko‘ra baytalning sutiga yaqin. Sutning tarkibida 10,4% quruq modda, 1,6%, yog‘ 2,2% oqsil, 6% sut shakari va 0,5% mineral moddalar bor. Kislotaligi 7-10oT. Eshshak suti o‘zining tabiatiga ko‘ra yuqori biologik xususiyatga ega, shuning uchun ham bolalar uchun dorivor oziq-ovqat sifatida ishlatiladi. Xachir sutining qimyoviy tarkibi (%): quruq modda 8,4, yog‘ – 1,6, sut shakari – 4,8, mineral moddalar – 0,4%. Bug‘u suti Shimol bug‘usining suti o‘zining kimyoviy tarkibiga ko‘ra boshqa qishloq xo‘jalik hayvonlarining sutidan farq qiladi. Sut o‘zining quruq moddasining ko‘pligi bilan ta’riflanadi, shunga ko‘ra, quruq modda 36,7%, yog‘ – 22,5, oqsil – 10,3, kazein – 8,7, sut shakari – 2,5 va mineral moddalar – 1,4%ni tashkil etadi. Sut hayvonlarning alohida organi – sut bezlarida hosil bo‘ladi. Hayvonlarda sut bezlari, sut yo‘llari va sut sisternasi elini hosil qiladi. Sigirlarda yelin yaxshi rivojlangan, chunki ular muntazam ravishda tanlanib turiladi va ancha ko‘p sut beradi. 5-mavzu. Sutning xususiyati va tarkibiga tasir qiluvchi omillar, Sutdagi nuqsonlar va uni kelib chiqish sabablari Reja Qo‘l bilan sog‘ish. Mashina bilan sog‘ish. Sut sog‘ish mashinasining umumiy sxemasi. Sutning mikroorganizmlar bilan zararlanish manbalari. Sut nuqsonlari va ularning sabablari Sut nuqsonlarining sabablari Sigirlar sut mahsuldorligiga ta’sir qiluvchi omillar. Sigirlar sut mahsuldorligi va uning xususiyatlari, sutning tarkibi kabi irsiy belgi hisoblanadi. Genotip tomonidan belgilangan yuqori sut mahsuldorligi genetik imkoniy ko„rsatkichdir. Sigirlarning irsiy belgilari yuqori sut mahsuldorligi tashqi muhitning qulay sharoitlarda ro„yobga chiqadi. Barcha qoramol zotlarida sigirlar sut mahsuldorligi juda o„zgaruvchan bo„ladi. Bir zotniig ichida sigirlar sut mahsuldorligi 4000-5000 kg dan 27000 kg gacha bo„lganini guvohimiz. Sigirlar sut mahsuldorligi ma‟lum darajada uning tirik vazniga bog„liq, chunki u rivojlanish va semizlik mezoni hisoblanadi. Ko„pincha yirik sigirlar ko„p oziqa iste‟mol qilib ularni hazmlash qobiliyatiga ega, bu esa yuqori sut mahsuldorligini ta‟minlaydi. Bejiz emas ko„pgina rekordchi sigirlar vazni andozadan ancha yuqori bo„lgan. Sigirlar sut mahsuldorligi urg„ochi tanalarni qochirish muddatiga bog„liq.Sut yo„nalishidagi urg„ochi tanalarni I6-I8 oyligida qochirish maqsadga muvofiqdir. Lekin bu borada ularning vazni muayyan podadagi voyaga yettan sigirlar vaznining 65-70% tashkil qilganda amalga oshirish kerak. Jadal o„stirilgan va meyorlarda qochirilib tug„ishga to„g„ri tayyorlab natijasida birinchi tug„ishdayoq 3000-4000 kg sut sog„ib olish mumkin. Birinchi tug„im sigirlar sut mahsuldorligiga ularni iydirish (razdoy) muhim ta’sir ko„rsatadi. Agarda birinchi tug„im natijalariga ko„ra sigirning sut mahsuldorligi podaning o„rtacha ko„rsatkichidan 30% kam bo„lsa, ular sigirlar podasiga ko„chirilmay puchak qilinadi.Sigirlar sut mahsuldorligi ularning yoshida o„z aksini topadi. Aksariyat I-II ba‟zan III tug„im sigirlari voyaga yetgan sigirlar sut mahsuldorligi kam bo„ladi. Ko„pincha I tug„im sigirlarning sut mahsuldorligi voyaga yetgan sigirlar sutining 75%, II tug„imda 85-87%, uchinchi tug„imda 95-98% ini tashkil qiladi. Keyinchalik 2-Z tug„imda sigirlar sut mahsuldorligi yuqori darajada saqlanadi, so„nggi tug„imlarda bu ko„rsatkich asta-sekin kamayib boradi. Sigirlardan xo„jalikda 8-10 yil foydalanish ko„proq samara beradi, ayrim hollarda yuqori mahsuldor, qiymatli sigirlar mutaxassislar tomonidan uzoq vaqt podalarda saqlanib qoladi. Sigirlarning sut mahsuldorligini oshirishning asosiy kaliti ularning tanlash va saralash hisoblanadi. Sigirlar sut mahsuldorligi I tug„im natijalariga qarab baholanadi va tanlanadi. Shuning uchun barcha sutchilik fermalarida nazorat sigirxonalari tashkil qilinib, har bir I tug„im sigir shu joyda tekshirilib keyin asosiy sigirxonaga o„tkaziladi. Mahsuldorligi past, mashinada sog„ishga yaroqsiz sigilar podadan chiqarib olinadi. Xo„jalikda sigirlardan iloji boricha uzoq vaqt foydalanish, ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida alohida kasb etadi. Chunki sigirlarni o„stirish uchun sarflangan harajatlar faqat IV tug„imdan keyin koplanadi. Agarda sigir II yoki III tug„imdayoq podadan chiqarib yuborilsa, ularni o„stirishga ketgan harajatlarni qoplamaydi. Ayniqsa naslchilik xo„jaliklarida sigirlarni uzoq vaqt saqlash yuqori sifatli sigirlardan ko„proq podani to„ldiruvchi yosh hayvonlar olish imkonini beradi. Eng muhim sutdorlik omili bo„lib sigirlarni oziqlantirish darajasi va xususiyatlari hisoblanadi, chunki bu omilsiz sigirning irsiy imkoniyatlari ro„yobga chiqmaydi. Ayniqsa yangi tuqqan va sermahsul sigirlar oziqlantirish darajasiga juda talabchan bo„ladi. Sigirlarni yuqori va to„la qiymatli oziqalar bilan ta‟minlab, yaxshi asramasa ulardan yuqori sut mahsuldorligini kutib bo„lmaydi. Sigirlar sut mahsuldorligi ular laktasiya davrining davomiyligiga bog„liq bo„lib, u servis va quruqlik davrlarining natijasi hisoblanadi. Sigirlar bo„g„ozligining ikkinchi davrida bez hujayralarining jadal tiklanishi kuzatiladi, unda eski alveolalar so„rilib yangi bez to„qimalari paydo bo„lishni boshlaydi. Bu jarayon tug„ishga 1,5-2 oy qolganda jadal kechadi, shuning uchun bu davrda sigirni sutdan chiqarish talab qilinadi. Bu tadbir sigir qornida homilani yaxshi rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir qiladi. Sigirlar sut mahsuldorligi ularning tug„im fasllariga ham bog„liq. O‟zbekiston sharoitida qish oxiri va erta bahorda tuqqan sigirlar yozda tuqqan sigirlar nisbatan 300-500 kg ko„p sut beradi. Sigirlarning sut mahsuldorligi ularning salomatligiga bog„liq bo„lib, yelin kasalliklari salbiy ta’sir ko„rsatadi. Download 3.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling