Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi
Tibbiyot xonalarining tarkibi va maydoni
Download 1.92 Mb.
|
BO\'G 6-9- boblar
Tibbiyot xonalarining tarkibi va maydoni
280 о‘ringacha bо‘lgan bolalar muassasalarida izolyator uchun alohida eshik talab etilmaydi, shuning uchun unga yordamchi xо‘jalik yoki guruh xonalari eshigidan kiradigan qilib loyihalashtirish mumkin. 280 va undan kо‘proq joyga ega bо‘lgan bolalar yasli – bog‘chalarida, izolyatorning о‘zidan tashqariga chiqadigan eshik qо‘yilishi kerak. (7.16-surat) Maktabgacha muassasalarning xizmatchi xо‘jalik xonalari-mudir xonasi, xо‘jalik mudiri xonasi, uslubiyat xonasi, xо‘jalik ombori va toza о‘rni – kо‘rpalar ombori, xodimlar uchun xojatxona, 150 dan ortiq о‘ringa ega binolarda maydoni 12 m2 bо‘lgan duradgorlik ustaxonasi, 240 dan ortiq о‘rinlilarda – xodimlar uchun maydoni 10 m2 bо‘lgan oshxonani nazarda tutish tavsiya etiladi. Sig‘imi 90 о‘ringacha bо‘lgan binolarda mudir bilan xо‘jalik mudiri xonalarini maydoni 12 m2 bо‘lgan bitta xonada joylashtirish mumkin. 90 va 150 dan ortiq о‘ringa ega binolarda mudir va xо‘jalik ishlari mudiri xonalarini maydoni 12 m2 bо‘lgan alohidalangan xonada joylashtirilgan bо‘lishi mumkin. 150 dan ortiq (240 gacha bо‘lgan) о‘ringa ega binolarda uslubiyat xonasining maydoni kamida 12 m2 , 240 о‘rindan ortiq bо‘lganda – 18 m2 bо‘lishi kerak. 280 va undan ortiq о‘ringa ega binolarda maydoni kamida 6 m2 bо‘lgan xо‘jalik bekasi xonasi ham nazarda tutiladi. Bolalar maktabgacha muassasalaridagi xizmatchi-xо‘jalik binolarining tavsiya etiluvchi tarkibi va maydoni 7.25-jadvalda keltirilgan. 7.25-jadval Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling