Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi


О‘quv xonalarida quyidagilar bо‘lishi kerak


Download 1.92 Mb.
bet50/84
Sana30.01.2024
Hajmi1.92 Mb.
#1809090
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   84
Bog'liq
BO\'G 6-9- boblar

О‘quv xonalarida quyidagilar bо‘lishi kerak:

  • ish hududi (о‘quvchilarning о‘quv stollarini joylashtirish);

  • о‘qituvchining ish hududi;

  • kо‘rgazmali о‘quv qurollari, texnikaviy о‘qitish vositalarini joylashtirish uchun qо‘shimcha kenglik;

  • о‘quvchilarning bir о‘zi shug‘ullanishi va faol harakatlanishi uchun hudud.

Kabinetlar maydoni mashg‘ulotlarning umumiy shakllarida bir о‘quvchiga 2,5 m2, guruhli ishlash va individual mashg‘ulotlar kо‘rinishlari uchun – 3,3 m2 hisobidan olinadi. Har bir sinfning tо‘ldirilishi 25 kishidan oshmasligi lozim.
О‘quvchilar ish hududining oqilona о‘lchamlari kо‘rish burchagi (doskadan yon tomondagi birinchi partalar qatorigacha bо‘lgan masofaga bog‘liq kattalik)ga bog‘liq bо‘lib, u II-III bosqich maktablari о‘quvchilari uchun 350S dan kam bо‘lmasligi, 6-7 yoshli о‘quvchilar uchun esa kamida 450bо‘lishi lozim.
Har bir kabinetda yoki 2-3 kabinetdan iborat guruhda laborant xonasi bо‘lishi shart. Kimyo, fizika, biologiya kabinetlari, kompyuter sinfida albatta laborant xonasi bо‘lishi shart va ularning har birini maydoni 16 m2 atrofida bо‘lishi lozim.
Videodispley texnik elektron vositalar majmuasi (VDT va PEHM) bor ish joylarini barcha о‘quv muassasalaridagi yertо‘lalar va eng pastki qavatda joylashtirishga ruxsat berilmaydi. Barcha о‘quv muassasalarida VDT va PEHM bor har bir ish joyining maydoni kamida 6 m2 , hajmi esa kamida 24 m2 bо‘lishi lozim. О‘quv muassasalarini yangidan qurish yoki qayta ta’mirlashda, VDT va PEHM uchun xonalarning balandligini (poldan shiftgacha) kamida 4 metr qilib loyihalash lozim. О‘rta va oliy о‘quv yurtlarining VDT va PEHM bor о‘quv xonalariga kiraverishda portfel va sumkalarni qо‘yish uchun yerga mahkamlangan yoki devorga о‘rnatilgan shkaflar bо‘lishi lozim.
Hisoblash texnikasi о‘quv kabinetlari yoki displeyli auditoriyalar (sinflar) oraliq xona-maydoni kamida 18m2 bо‘lgan va о‘quv xonalariga hamda zinapoya maydonchasiga olib chiqadigan ikkita eshigi bor laborantlar xonasiga ega bо‘lishi kerak.
VDT va PEHM о‘rnatilgan xonalarni tovushdan tо‘suvchi himoyalash tuzilmalari shovqin о‘lchamlari meyorlariga bо‘lgan gigiyenik talablarga mos kelishi kerak.
VDT va PEHM xonalari isitish tizimlari, havoni sovituvchi yoki havoni tozalovchi uskunalar bilan jihozlanishi kerak. Havo almashinuvi hisobi mashinalar, odamlar, quyosh nurlanishi va sun’iy yoritishdan chiqqan ortiqcha issiqliklar asosida amalga oshiriladi.
VDT va PEHM xonalari birinchi yordam kо‘rsatish dori-darmonlari solingan tibbiyot qutichasi va karbonat kislotasi olov о‘chirish vositasi bilan ta’minlangan bо‘lishi kerak.
О‘quv xonalari (hisoblash texnikasi auditoriyalari, displey sinflari, kabinetlar va boshqalar) shovqin va tebranish darajasi meyoriy kо‘rsatkichlardan baland bо‘lgan xonalar (mexanika sexlari, ustaxonalar, gimnastika zallari va hokazolar) bilan yonma-yon joylashtirilmasligi lozim.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling