Vi-bob. Korxonaning mehnat resurslari


Sanoat korxonalarida ish haqini tashkil qilish


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/21
Sana05.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1273919
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
6-BOB. KORXONANING MEHNAT RESURSLARI (3)

6.4. Sanoat korxonalarida ish haqini tashkil qilish 
 
Mehnat — har bir shaxs va umuman, jamiyat ehtiyojlarini kondirish uchun 
zarur bo’ladigan moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish sohasidagi maqsadga 
muvofiq faoliyatdir. 
Moddiy ishlab chiqarish jarayonini tadqik qilish asosida shunday fikrga kelish 
mumkinki, mehnat avvalo, inson bilan tabiat o’rtasida sodir bo’ladigan shunday 
jarayonki, unda inson o’z faoliyati bilan o’zi va tabiat o’rtasidagi moddalar 
almashinuvini bevosita ifodalaydi, tartibga soladi va nazorat kiladi. 


Mehnat jarayonining oddiy jihatlariga uning maksadga muvofikligi, mehnat 
buyumi va mehnat vositalarini kiritish kabul qilingan. Mehnat buyumlari va ishlab 
chiqarish qurollari jonli mehnat jarayoniga kiritilmasa, ular o’z-o’zidan faoliyat 
kursata olmaydi. Jonli mehnat esa hamisha faqat kishilarning tabiatga 
munosabatidan iborat bo’libgina kolmay, shu bilan birga, jarayon qatnashchilari 
o’rtasidagi munosabatdan iborat. 
Mehnat munosabatlarini yo’lga qo’yish sharoitida mehnatga haq to’laishing 
tashkiliy tizimi yuzaga keladi. Mehnatga haq to’laishi tashkil etishda ish beruvchilar 
bilan uni amalga oshiruvchilar, ya’ni xodimlar manfaatlari e’tiborga olinadi. Bu 
yerda: shuni ta’kidlash zarurki, bozor munosabatlariga o’tishda tomonlar mehnatga 
haq to’lash masalalarini hal etishda teng huquqlarga ega bo’lishlari lozimligi shak-
shubhasizdir. Korxona ma’muriyati (yoki mulkdorning vakili) bilan xodimlar 
manfaatlarini himoya qiluvchi kasaba uyushmalari o’rtasida tuzilgan jamoa 
shartnomalari mehnat munosabatlarini tartibga solishning, shu jumladan, mehnatga 
haq to’lash masalalarini tartibga solishning xuquqiy amaliy va birdan-bir ta’sirchan 
shakliga aylanadi. 
Bozor sharoitida, ayniqsa, o’tish davrida, taqsimlash munosabatlari, davlatning 
tartibga solish yo’nalishlari va xususiyati o’zgarib boradi, ma’muriyatchilik 
andozalariga barham beruvchi yangi boshqaruv shakllari paydo bo’ladi. Korxonalar 
darajasini tartibga solish jarayonlariga yangi talablar qo’yiladi. Davlatning 
aralashuvi daromadlarni taqsimlash shart-sharoitlari va tamoyillariga rioya kilishni 
aniqlash, taxlil etish va ta’minlash uchun zarurdir. 
Taqsimlash munosabatlari davlat yo’li bilan tartibga solinishining asosi mehnat 
sohasidagi qonunlar va bitimlar, soliq tizimida yakka daromadlarning o’sishi bilan 
inflyatsiya o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlashdan iborat bo’lishi lozim. Davlatning 
ishtirokisiz insonga daromadni kafolatlab bo’lmaydi, bu daromad unga korxonaning 
iktisodiy faoliyatidan qat’i nazar munosib hayot kechirishni ta’minlaydi. Davlatning 
funksiyasiga, bundan tashqari, aholining kam ta’minlangan qatlamlari 
daromadlarini oshirishni kiritish zarur, bu narsa ish kuchini normal darajada takror 
hosil qilish uchun, mehnat resurslarini maqbul tarzda taksimlaishi ta’min etish, 
ijtimoiy keskinlikni yumshatish va hokazolar uchun kerak bo’ladi. Davlat ishchi 
kuchini takror hosil qilish ishtirokchisi bo’lganligi sababli taklif etilgan ishchi 
kuchining ko’proq qismini o’ziga qabul qiladi, uning tadbirkorlar talabiga javob 
berishiga intiladi. 
Ish haqining mohiyati uning ijtimoiy ishlab chiqarish bosqichlari bo’lgan 
mahsulot ishlab chiqarish, uni taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilishda 
bajaradigan funksiyalari (vazifalari)da namoyon bo’ladi. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling