Vi-bob. Korxonaning mehnat resurslari
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
6-BOB. KORXONANING MEHNAT RESURSLARI (3)
qobiliyati –bu inson faoliyati bo’lib, faqatbilim, malaka vaomilkorliknigina emas,
shuningdek biznesni yuritish iste’dodi, iqtisodiy sezgirlik va omadni ham qamrab oladi. Inson resurslari salohiyatining asosiy sifat ko’rsatkichi – xodimning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligidir. Mazkur sifat ko’rsatkichlariga o’zgarayotgan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar, ishlab chiqarishda ro’y berayotgan innovatsiya jarayonlari ta’sir ko’rsatadi. Ushbu o’zgarishlar jamlanmasini ularning ishlab chiqarish, institusional va axborot tarkibiy qismlari birligi sifatida ko’rib chiqish mumkin. Zamonaviy mehnat bozorida raqobat muttasil kuchayib borayotganligi yaxshi ma’lum. Buni barcha, shu jumladan iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan davlatlarda ham ishsizlik darajasiyaqqol isbotlab turibdi. Innovatsiyalarga asoslangan kompaniyalar bozorda raqobatbardoshligini saqlab turish uchun mehnat bozoridagi raqobatbardosh inson resurslariga ega bo’lish uchun intiladilar. Chunki hozirgi paytda ishlab chiqarishning texnikaviy imkoniyatlari asosan chegaralanib qolgan. Inson resurslarining afzalliklari quyidagilar bilan belgilanadi: • inson resurslarining tayyorgarlik darajasi (ta’lim va malakasining darajasi, keng va tor ixtisoslik); • ijodiy qobiliyat; • shaxsiy salohiyatni oshirishgaintilish; • mehnat faolligi; • ijtimoiy ishlab chiqarishning asosiy harakatga keltiruvchi kuchi; • eng samarali kapital kiritishning obyekti, bu kapital bilim va mahoratni oshirishga xizmat qilib, kelgusida eng yuqori samara keltiradi. Inson resurslarining ishlab chiqarish resurlarining boshqa turlaridan (moddiy, moliyaviy, axborot va hokazolar) farqi quyidagilardan iboratdir: 1. Inson intellektga ega, demak uning tashqi ta’sirga (boshqaruvga) munosabati mexanik tarzda emas, balki onglidir. Bu esa boshqaruv subyektlari va obyektlarininghamjihatligi ikki tomonlama ekanligini anglatadi. 2. Inson resurslari intellektga ega bo’lganligi sababli odamlar muttasil ravishda rivojlanish va takomilashishga qodirlar. Bu esa har qanday alohidakorxona yoki butun jamiyatning samaradorligini oshirishning eng muhim va uzoq muddatli manbai hisoblanadi. 3. Inson o’z oldiga ongli ravishda muayyan maqsadlarni qo’ygani holda faoliyatning aniq bir turini tanlaydi. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling