Vi-bob. Korxonaning mehnat resurslari


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/21
Sana05.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1273919
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
6-BOB. KORXONANING MEHNAT RESURSLARI (3)

Tarif stavkasi — ish vaqti birligi hisobiga mehnatga haq to’lashning pul bilan 
ifodalangan mutlaq miqdoridir. Birinchi razryad tarif stavkasi asosida keyingi xar 
bir razryadning tarif stavkasi hisoblab chiqiladi. Birinchi razryad tarif stavkasi 
korxonaning jamoa shartnomasi bilan belgilanadi va bir tomondan, uning moliyaviy 
imkoniyatlariga, ikkinchi tomondan, tarmok bitimida aks ettirilgan mehnatga haq 
to’lash shartlariga bog’liq bo’ladi. U belgilangan eng kam ish xaki darajasidan kam 


bo’lmasligi lozim. Tarif stavkasi ishchilar mehnatiga haq to’lash darajasini belgilash 
uchun boshlang’ich miqdor hisoblanadi. Bunda korxonada mehnatga haq 
to’lashning qanday shakllari va tizimlari qo’llanilishi e‘tiborga olinmaydi. 
Tarif stavkalari tanlangan vaqt birligiga qarab soatbay, kunbay haq va oylik 
maoshlar miqdorini kuzda tutadi. Eng ko’p tarqalgani soatbay tarif stavkalari bo’lib, 
ular asosida turli qo’shimcha haqlar hisoblab chiqiladi. Kundalik va oylik stavkalar 
soatbay stavkalarni ish smenasidagi soatlar soniga va oy mobaynida ishlangan 
o’rtacha oylik soatlar soniga ko’paytirish yo’li bilan hisoblanadi. 
Sanoat ishlab chiqarishida xodimlarning turli toifalari mehnatiga haq to’lash 
darajalarini tabaqalashtirish uchun yagona tarif stavkasi (YATS) ishlab chiqilgan va 
joriy etilgan. U bir xil murakkablikdagi ish uchun barobar haq to’lash imkonini 
beradi. 
Tarif-malaka ma’lumotlari normativ hujjatlardan iborat. Ular yordamida ish 
razryadi va ishchining razryadi belgilanadi. Ularda har bir mutaxassislikdagi har bir 
razryad ishchisi nazariy va amaliy jihatdan bilishi lozim bo’lgan axborot mavjud 
bo’ladi. Mazkur ma’lumotnomalar uch bo’limdan: «Ishlarning ta’rif-tavsifi», 
«Bilish kerak» va «Ishlarga doir misollar»dan tashkil topadi. Ilgari, 1991 yil 1 
yanvardan kuchga kirgan «Korxonalar va tadbirkorlik faoliyati to’g’risida»gi qonun 
joriy qilinganiga qadar iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida foydalanish uchun 
majburiy bo’lgan tarif-malaka ma’lumotnomalari hozirgi vaqtda tavsiyaviy 
xususiyatga ega. Ulardan faqat foydalanuvchi korxona uchungina normativ hujjat 
xisoblanadi. Malaka razryadi ishchiga, odatda, kex yoki korxona malaka 
komissiyasi tomonidan beriladi. 
Mehnatga haq to’lashni tashkil etish sohasidagi an’anaviy yondashuvlardan 
foydalanuvchi korxonalar xodimlar ish haqining mikdorini belgilash uchun tarif 
setkalari, tarif stavkalari va tarif-malaka ma’lumotnomalaridan foydalanadilar. 
Bunday korxonalarda boshqaruv mehnati xodimlari hisoblanuvchi xizmatchilar 
uchun shtat-maosh tizimi tatbik etiladi. Uning o’ziga xos xususiyati shtat jadvali 
tuzilishidan iborat bo’lib, unda muayyan korxonada mavjud bulgan lavozimlar 
ro’yxati, xar bir lavozim bo’yicha xodimlar soni va maosh mikdori ko’rsatiladi. 

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling