Vii bob elektr yurituvchi kuch. 64-§. Tok manbalari
Download 0.69 Mb.
|
VII BOB(3)[1]
U21 = Ri
Lenin zanjirdagi tok kuchi Om qonuni (67.2) bilan ifodalanadi shuning uchun Qisqichlardagi kuchlanish e. yu. k. dagi qadar kam ekanligini koʼramiz, u manba ichidagi kuchlanish tushishidir. 93-rasm. Ochiq (a) va yopiql (b) galvanik element zanjirida potentsial taqsimoti. Olingan formula tashqi qarshilik R ichki qarshilik r ga qaraganda qanchalik katta boʼlsa, manba ichida kuchlanish tushishi ham shunchalik kam boʼlishini va qisqichlardagi kuchlanish e. yu. k. ga shunchalik yaqin boʼlishini koʼrsatadi. Аgar R>>r (zanjir ochiq) boʼlsa, unda U =Ԑ: elektr yurituvchi kuch ochiq manba qisqichlaridagi kuchlanishga teng boʼladi. Bu har qanday manbaning e. yu, k. ni juda oson aniqlashga imkon beradi va e. yu. k. larni oʼlchashning barcha metodlari asosida yotadi. formulaning maʼnosini tushuntirish uchun galvanik element zanjirida potentsial tadsimlanishini qarab chiqamiz. Zanjir ochiq boʼlganda (tok yoʼq) metall elektrodlar ichida, simlarda va butun elektrolitda (chet kuchlar boʼlmaganda) potentsial oʼzgarmas boʼladi (93- a rasm). Elektrodlar va elektrolit orasidagi yupqa chegaraviy qatlamlarda esa chet kuchlar mavjud boʼlib, Ԑ1 va Ԑ2 potentsialni tez (sakrab) oʼzgartiradi. Bu sakrashlar yigʼindisi elektrodlar orasidagi kuchlanishga teng boʼlib, elementning toʼla e. yu. k. dan iborat. Zanjirning a va b nuqtalari tutashtirilganda potensialning (93- b rasmda koʼrsatilgan) qayta taqsimlanishi roʼy beradi. Rasmdan koʼrinishicha, bu holda 1 va 2 nuqtalar orasidagi (elektrodlar orasidagi) kuchlanish endi Ԑ1 = Ԑ2 yigʼindiga teng boʼlmay, balki element, ichida kuchlanish tushishi kattaligi ri qadar kamayadi. Zaryadlar yopiq zanjirda aylanma harakat qiladi: zanjirning tashqi qismida musbat zaryadlar musbat elektroddan manfiy elektrodga, manba ichida esa manfiy elektroddan musbat elektrod tomon koʼchadi. Bunday boʼlishi tushunarlidir. 93- b rasmdan koʼrinib turibdiki, bu elektrolitning butun qalinligi boʼyicha zaryadlar katta potentsialdan kichik potentsial tomon harakatlanishiga mos keladi, yaʼni xuddi tashqi zanjirdagi kabi boʼladi. Potentsiallar sakrab turadigan chegara qatlamlarda musbat zaryadlar potentsial ortib boradigan yoʼnalishda harakatlanadi. Bu chet kuchlar yordamida amalga oshiriladi. Аgar tashqi qarshilik R ichki qarshilik r dan ancha kichik boʼlsa, unda (68-1) dan U<< Ԑ kelib chiqdi. Аgar R→0 boʼlsa, unda U→0 boʼladi. R< Manbaning sifati faqat uning e. yu. kuchi bilan emas, balki ichki qarshiligi bilan ham belgilanishini koʼramiz. (68.2)formula zanjirning biror qismidagi kuchlanishni undagi tok kuchi bilan bogʼlaydi va shuning uchun uni zanjirning e. yu. k. li qismi (94- rasm) uchun Om qonuni deb atash mumkin. Bundan keyin uni quyidagi koʼrinishda yozamiz: Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling