Vii bob elektr yurituvchi kuch. 64-§. Tok manbalari


Download 0.69 Mb.
bet7/15
Sana29.01.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1139919
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
VII BOB(3)[1]

U12 = ri-Ԑ (68.3)
94-rasm. EYuK li zanjir uchastkasi.
Bu yerda r — zanjir qismining toʼlшй; qarshligi (manba va oʼtkazgichlarning qarshiligi).
formuladan foydalanilganda quyidagi ishoralar qoidasiga rioya qilish lozim: agar tok 1 nuqtadan 2 nuqtaga yoʼnalgan boʼlsa, unda tok musbat deb hisoblanadi: agar 1 nuqtadan 2 nuqtaga koʼchib borishda manbaning manfiy qutbidan musbat qutbiga oʼtilsa, e. yu. k. musbat deb hisoblanadi.
69-§. Elektr yurituvchi kuch va manba bajargan ish
Yuhorida galvanik elementlar misolida kiritilgan Elektr yurituvchi kuch tushunchasini u har qanday tok manbayi uchun oʼrinli boʼladigan qilib umumlashtirish mumkin. Qo’zgʼalmas birinchi klass oʼtkazgichlardan iborat tashqi zanjirga tok yuboradigan ixtiyoriy tok manbaini qarab chiqamiz. Zanjirdagi tok kuchi uchun ifodani oldingi koʼrinishda yozamiz:
I=Ɛ/R+r
(yopiq zanjir uchun Om qonuni) va umumiy holda S qanday fizikaviy ma’noga ega ekanligini aniqlaymiz. Bu tenglikning ikkala qismini ham it=q ga koʼpaytiramiz, bunda t—tokning oʼtish vaqti, q— zanjirdan oʼtgan toʼliq zaryad. Unda
I2Rt + i2rt = Ɛit= Ɛq.
Chap tomonda butun zanjir boʼyicha tok bajargan toʼliq ish, yaʼni manba bajargan ish turibdi. Uni А orqali belgilab
А = Ɛit = Ɛq (69.1)
ni olamiz. Binobarin, har qanday tok manbayi bajargan ish uning e. yu. k. ining zanjirdan oʼtgan toʼliq zaryadga koʼpaytmasi bilan ifodalanadi.
(69.1)da q=+1 deb Ɛ — А ni olamiz. Bu e, yu. k. ni ish orqali taʼriflash imkonini beradi: har danday zanjirdagi elektr yurituvchi kuch +1 zaryadni shu zanjir boʼyicha koʼchirishda bajariladigan ish bilan oʼlchanadi.
64- § da har dan day tok manbayida zaryadlarga elektrostatik maydon kuchlaridan farq qiladigan qandaydir kuchlar (chet kuchlar) taʼsir qiladi, albatta. E. yu. k. li zanjirda bajariladigan ish chet kuchlar bajargan ishdir, shuning uchun e. yu. k. ni mana shu kuchlar orqali ifodalash mumkin. Yangi kattalik kiritib, uni chet kuchlarning maydon kuchlanganligi deb ataymiz. Bu kattalikni +1 zaryadga taʼsir qiluvchi kuch kabi aniqlaymiz. Bu kuch elektrostatik maydondan tashqari har qanday sabablar bilan yuzaga kelgan. Unda + 1 zaryadga taʼsir qiluvchi toʼliq kuch
E+E*
boʼladi, bunda E — elektrostatik maydon kuchlanganligi, E*— chet kuchlarning maydon kuchlanganligi.
Endi e. yu. k. li yopiq zanjir I ni darab chiqaylik (95- rasm) va +1 zaryad bu zanjirni aylanib oʼtadi deb faraz qilaylik. Unda bajariladigan ish
95-rasm. EYuK ta’rifiga doir.
l+E*l)dl
bunda l indeks tegishli kattalikning dl koʼchish yoʼnalishiga proeksiyasini belgilaydi,
integrallash esa butun yopiq zanjir I boʼyicha bajariladi. Аmmo 17- § ga koʼra elektrostatik maydonda yopiq kontur boʼyicha kuchlanish nolga teng, yaʼni

Shuning uchun
Ɛ (69.2)
Аgar zanjirning l1 qismidagina (95- rasm) E* noldan farqli boʼlsa, unda boshqa hamma uchastkalar uchun (69.2) dagi integral ostidagi ifoda nolga teng boʼladi va shuning uchun integrallashni zanjirning faqat l1 uchastkasi boʼyicha olish mumkin.
(69.2) formula e. yu. k. uchun eng umumiy taʼrif beradi va har qanday hollar uchun yaroqli, muayyan manbada zaryadlarni qanday kuchlar harakatlantirishi maʼlum boʼlsa, unda doim chet kuchlarning maydon kuchlanganligi E ni topish mumkin va (69.2) ga koʼra manbaning toʼliq e. yu. k. ini hisoblash mumkin. e. yu. k. ni esa har qanday holda ochiq manba kuchlanishiga qarab oʼlchash mumkin.
Elektr yurituvchi kuchlarning fizikaviy tabiati turli manbalarda turlicha. Masalan, galvanik elementlarda bu molekulyar oʼzaro taʼsir kuchlari (195-§), termoelektrik hodisalarda — elekron gazning bosim kuchlari (199- §), elektromagnit induksiyada — Elektr maydon kuchlari (elektrostatik emas, balki uyurmaviy; 131-§ ga qarang). Quyida bu kuchlarning sodir boʼlish sabablarini mukammalroq qarab chiqamiz va ayrim hollarda e. yu. k. ni qanday hisoblash mumkinligini koʼramiz.
Hozir biz juda sodda misol bilan cheklanamiz. Radiusi a boʼlgan metall disk (96- rasm) ω burchak tezlik bilan aylanayotgan boʼlsin. Disk Elektr zanjiriga disk o’qi va uning aylanasiga tegadigan sirpanuvchi kontaktlar yordamida ulangan. Shu holda metallning har bir elektroniga markazdan qochma kuch taʼsir qiladi. Mana shu kuchning oʼzi chet kuch boʼladi. Shuning uchun diekda e. yu. k. paydo boʼladi va disk oʼqi hamda tashqi chetlari orasida kuchlanishyuzaga keladi. Mana shu e. yu. k. kattaligini hisoblaymiz. Markazga intilma kuch
F=mrω2
96-rasm. EYuK ni hisoblashga misol.
ga teng, bunda r — disk oʼqidan elektrongacha boʼlgan masofa, m — zlektronning mas- sasi, Mana shu kuch elektron zaryadi I ga taʼsir qiladi va shuning uchun
E*=F/e=mrω2/e.
Paydo bo'ladigan e. yu. k. quyidagiga teng:
Ԑ= ,
Bunda
deb olib e. yu. K. kattaligini topamiz:


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling