Vii bob elektr yurituvchi kuch. 64-§. Tok manbalari
Download 0.69 Mb.
|
VII BOB(3)[1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- 66-§. Galvanik elementda ajraladigan energiya.
A=I2Rt. (65.3)
Bu qonunni birinchi bulibLens va undan mustaqil ravishda Joul aniqlagan edi. Shuni qayd qilib oʼtamizki, tokli o’tkazgichlarning qizish xossasidan texnikada keng foydalaniladi. Ulardan eng muhimi — choʼgʼlanma yoritish lampalaridir. Zamonaviy choʼgʼlanma lampalar qator olimlarning qunt bilan va uzoq muddatli ishlarining natijasidir. Choʼgʼlanma lampalar taraqqiyotida А. N. Lodiginning ishlari katta ahamiyatga ega. U 1873 yildayoq Peterburgda turli tipdagi lampalarni ochiq namoyish qildi. Lodiginning birinchi lampalari shisha shar shakliga ega boʼlib, unda ikkita mis sterjenga maxsus ko’mir sterjen mahkamlangan edi. Lampalarning xizmat qilish muddatini oshirish usullarini qidirishda u xodimlari bilan birgalikda lampalar ichidan havoni soʼrib olishni taklif qilldi va uzoqrodq xizmat qiladigan sirti kuyib koʼmirga aylanadigan organik tolalar kurinishidagi choʼgʼlanma jismlarni topgan edi. 1890 yilda Lodigin qiyin eriydigan metallar: volfram, molibden va boshqalardan qilingan metall tolali choʼgʼlanma lampalar kiritdi. Juda keng sanoat masshtabida qoʼyilgan Edison ishlari choʼgʼlanma lampalarni praktikaga tatbiq qilishga olib keldi. Keyingi vaqtlarda ikki muhim takomillashtirish qilindi: choʼgʼlanadigan jismni ingichka spiral koʼrinishida tayyorlana boshlandi, bu issiqlik berishni kamaytirishga olib keldi va sezilarli darajada changlanmagani holda (Lengmyur) choʼgʼlanma tola temperaturasini oshirish imkoniga ega boʼlish uchun lampa balloni inert gazlar bilan toʼldirila boshlandi. 66-§. Galvanik elementda ajraladigan energiya. Zanjirda biror galvanik element tok hosil qilsa, unda element ichida kimyoviy reaksiya roʼy beradi. Koʼpgina elementlarda asosiy reaksiya katod elementi boʼlib hisoblangan rux elektrodning elektrolit bilan birikishidan iborat va shuning uchun element ishlayotgan vaqtda metall rux sarf boʼladi, eritmada esa yangi moddalar — reaksiya mahsulotlari paydo boʼladi. Eng sodda element — Volta elementida (2- rasm) bu reaksiya quyidagicha boʼladi: Zn+1H2,S04 = ZnS04 +H2, Аmmo tajriba har qanday reaksiyada maʼlum miqdorda energiya yo yutilishini, yo ajralishini koʼrsatadi. Bundan keyin biz kimyoviy reaksiya tashqi doimiy bosim ostida roʼy beradi deb faraz qilamiz. Bunda Qx issiqlik miqdori ajraladi: Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling