Vii bob elektr yurituvchi kuch. 64-§. Tok manbalari
Download 0.69 Mb.
|
VII BOB(3)[1]
- Bu sahifa navigatsiya:
- 67-§. Galvanik elementning elektr yurituvchi kuchi.
Qx = pm (66.1)
bunda m— reaksiyada ajralgan modda miqdori. p kattalik kimyoviy reaksiyaning issiqlik effektini aniqlaydi va qaralayotgan moddaning massa birligi reaksiyaga kirishganda qancha miqdorda issiqlik miqdori ajralishini koʼrsatadi. Аgar reaksiya vaqtida issiqlik ajralayotgan boʼlsa, unda p musbat, agar issiqlik yuti- layotgan boʼlsa, p manfiy boʼladi. Masalan, koʼrsatilgan reaksiyada 1 g ruxning sulfat kislota bilan oʼzaro taʼsirlashishida rux sulfat hosil boʼlishida 6900 J issiqlik ajraladi va shuning uchun rux boʼyicha hisoblangan mazkur reaksiyaning issiqlik effekti p = 6,9 • 106 J/kg boʼladi. kimyoviy reaksiya energiyasi galvanik elementlarda ajralayotgan energiyaning oʼzginasidir. Uning oʼlchovi reaksiyaning issiqlik effektidir. 67-§. Galvanik elementning elektr yurituvchi kuchi. Endi qarshiligi R boʼlgan oʼtkazgich bilan tutashtirilgan biror galvanik elementni qarab chiqamiz (91- rasm). Tok yoʼqligida elmentda hech qanday kimyoviy reaksiya roʼy bermaydi deb hisoblaymiz. Bu elektrolit bilan hamma metallar kombinatsiyasi uchun oʼrinli boʼlavermaydi. Masalan, Volta elementida zanjir uzuq boʼlsa ham, juda kam bulsa-da, sulfat kislotada rux eriydi. Аgar ruxni simob bilan ishlab rux amalgamasi qatlami qoplansa va elektrlit sifatida rux xlorid eritmasi ZnCI yoki ammoniy xlorid eritmasi NH4Cl tanlansa, unda tok yoʼqligida rux juda sekin sarf boʼladi va biz qilayotgan taxmin haqiqatga yaqin boʼladi. Tok borligida elektrolitga oʼtgan elektrod massasi: t=Kq ga teng, bunda K — elektrod metalining elektrokimyoviy ekvivalenti (189-§ga taqqoslang), q — element orqali oʼtgan toʼliq zaryad, kimyoviy reaksiyalarda ikkala elektrodda ajraladigan energiya uchuy quyidagiga ega boʼlamiz: 91-rasm. Galvanik elementli elektr zanjiri. Qx=(p1K1+p2K2)q. Element tutashtirilganda zanjirda tok ham ish bajaradi, u Joul—Lens issiqligiga aylanadi. Biz zanjirda hech qayerda elektr zaryadlari toʼplanmasligini, demak, tok faqat tashqi zanjirdagina mavjud bo’lmay, balki element ichida ham boʼlishini hisobga olishimiz kerak. Tok uchun galvanik element ichki qarshilik deb ataladigan maʼlum qarshilik koʼrsatadi. Bu q arshilik elektrolit va elektrodlarning qarshiligidan iborat. Element doimiy temperaturada saqlanadi deb hisoblaymiz va undan biz faqat kuchsiz tok olamiz (qatʼiy qilib aytganda cheksiz kichik tok olamiz). Bu holda element ichida elektroditda sezilarli konsentratsiyalar farqi ham, sezilarli temperaturalar farqi ham paydo boʼlmaydi va vaqtning istalgan momentida ele- mentning holati tok yoʼqligidagi muvozanat holatdan juda kam farq qiladi. Elementning bunday ish rejimini koʼpincha kvazistatik rejim deb ataladi. Biroq, agar element temperaturasi doimiy saqlansa, unda tok borligida element atrof muhitga QT miqdorda issiqlik beradi (yoki, aksincha, undan oladi). Bu issiqlik temperaturani doimiy saqlab turish uchun kerak. Endi qaralayotgan yopiq zanjirga termodinamikaning birinchi qonunini (energiya saqlanishining umumiy qonunini) tatbiq qilamiz, Unda Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling