Viii bob. Nometall materiallar va himoya qoplamalari
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Нометал материаллар
185 VIII bob. NOMETALL MATERIALLAR VA HIMOYA QOPLAMALARI. 8.1. Noorganik konstruksion materiallar Kimyo sanoatida metallar va qotishmalar bilan bir qatorda metallmas konstruksion materiallar ham keng qo‘llaniladi. Tabiiy va sanoat sharoitlarda uchraydigan yuqori agressivlikka ega bo‘lgan muhitlarda legirlangan qotishmalardan tayyorlangan jihozlarning ham xizmat qilish muddati cheklangan bo‘ladi. Korroziyaga qarshi himoyani tashkil qilishda qo‘shimcha rezerv – metallmas materiallar hisoblanadi. Ulardan alohida apparatlar yoki ularga shisha, sitallar, viniplast, faolit, grafit kabi materiallardan qismlar tayyorlanishi mumkin. Ko‘p hollarda metallmas materiallar futerovkalar, obkladkalar va boshqa himoyaviy qoplamalar sifatida metall korpuslarning aktiv muhit bilan kontaktda bo‘lmasligi uchun izolyatsiyalash maqsadida foydalaniladi. Ko‘pincha bunday qoplamalar ko‘p qavatli bo‘ladi. Bularning hammasi metallmas korroziyabardosh materiallarning xossalarini, korroziyaga qarshi himoyani tashkil qilishda ulardan foydalanish qonun va qoidalarini mukammal bilishni taqozo qiladi. Nometall materiallar bir qator alohida xossalarga ega: issiqlik o‘tkazuvchanlikning keng diapazondagi qiymatlari; uncha yuqori bo‘lmagan zichliklar; metallar bilan yaxshi adgeziya; agressiv muhitlardagi bardoshlilik. Biroq ko‘pgina nometall materiallar, ayniqsa organik avlodlilari faqat 150–200°S haroratgacha chidaydi, haroratning keskin o‘zgarishlariga bardosh berolmaydi, mexanik ishlov berishlarga moyil emas. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra nometall materiallar noorganik materiallar va organik materiallarga bo‘linadi. Noorganik materiallarga tog‘ jinslari, silikat materiallari, keramika va b. kiradi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling