Viii bob. Nometall materiallar va himoya qoplamalari
-rasm. Sitall quvurlarni ulash usullari
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Нометал материаллар
8.1-rasm. Sitall quvurlarni ulash usullari. a – qabariqsiz; b – qabariqli; 1–quvurlar; 2–
qo‘zg‘aluvchan flanslar yoki xomutlar; 3–kimyoviy chidamli materialdan mufta; 4–rezina halqalar; 5– kimyoviy chidamli materialdan prokladkalar. Shlakositallar mustahkam, mineral (erituvchi kislotadan tashqari) va organik kislotalar ta’siriga nisbatan chidamli, ammo ulardan 200–250°S gacha bo‘lgan haroratlarda foydalanish mumkin. Ular qurilish konstruksiyalarini tayyorlashda, shuningdek konveyerlar, g‘alvir-mashinalar, elevatorlarning detallarini yasashda qoplama sifatida ishlatiladi. Stallar yuqori haroratlarda, agressiv gazlar (xlor, xlorli vodorod, ba’zi metallarning xloridlari va bromidlari) ta’siriga bardoshlidir. 190 8.1.3. Keramik materiallar Keramik va o‘tga chidamli buyumlar shixtaning erish temperaterasini pasaytiruvchi silikat materiallari va moddalarni pishguncha o‘tda qizdirish yo‘li bilan tayyorlanadi. Asosiy xom ashyo sifatida tarkibida 20 % dan ko‘proq Al 2 O 3 bo‘lgan qum xizmat qiladi. Qaralayotgan materiallarga kislotaga chidamli emal, tosh-keramik mahsulotlar, farfor kiradi. Kislotaga chidamli emal tog‘ jinslari (qum, kvars qumi, bo‘r) ni yuqori 1250 – 1300°S haroratda eritish orqali olinadigan shishasimon massa hisoblanadi. Undan tashqari, alohida xossalarga ega bo‘lishi uchun emal tarkibiga NiO, CaO, TiO 2 , ZrO 2 , SnO 2 , Cr 2 O 3 oksidlari va b. qo‘shiladi. Kislotaga chidamli emalning mineral va organik kislotalarga bardoshliligi yuqori. Oddiy kislotaga chidamli emallar konsentrsiyasi 5% gacha bo‘lgan issiq ishqorli eritmalarda bardoshli hisoblanadi. Maxsus kislotabardosh emallar kislotalar bilan bir qatorda ishqorlarning qaynab turgan 10% li eritmalarida va karbon dioksidi ishqorlarining 40% li konsentrasiyalarigacha ishlatilishi mumkin. Emal bilan qoplangan buyumlar suyuqliklar muhitida 200°S, gazsimon muhitlarda esa 600–700°S haroratgacha ishlatilishi mumkin. Sovuqlikka chidamlilik – emallangan po‘lat apparaturalar uchun –70°S, cho‘yan apparaturalar uchun esa – 30°S ni tashkil qiladi. Emallangan apparatlar ishdan chiqishining asosiy sabablaridan biri katta ichki kuchlanishning paydo bo‘lishiga va yorilishga olib keluvchi emal bilan metal issiqlik kengayish koeffisientlarining orasidagi farq hisoblanadi. Emallash uchun tarkibidagi uglerodning miqdori 0,1 % dan oshmaydigan po‘latlar ishlatiladi. Emallangan jihozlar kimyo sanoatida xlorlash va nitratlash jarayonlarida, portlovchi moddalar va sintetik kauchuk, turli xildagi organik, farmasevtik va oziq- ovqat ishlab chiqarish sanoatida keng qo‘llaniladi. Kislotabardosh emallar bilan rezervuarlar, reaktorlar, vakuum-apparatlar, avtoklavlar, distillyasion va rektifikasion kolonnalar qoplanadi. Shishasimon qoplamalar metall bilan shishani birgalikda shishaning erish haroratigacha qizdirish orqali olinadi. Himoyaning bunday turi shishalash, qoplama esa shisha-emal deyiladi. Shisha-emallar oddiy emallarga nisbatan yanada yuqori ekspluatasion ko‘rsatkichlarga ega. 5% li H 2 SO 4 eritmasida shisha-emal qoplamasi emirilishining korroziya tezligi atigi 0,00021 mm/yil. Shisha-emal qoplamali quvurlar yuqori mexanik mustahkamligi, zarb, titrash va eguvchi ta’sirlarga chidamliligi bilan ajralib turadi. Bunday quvurlar 100% li korrozion bardoshliligi sababli neft va neft mahsulotlarini tashish uchun istiqbolli hisoblanadi. Keramik kislotabardosh materiallar zich va g‘ovak turlarga bo‘linadi. Zich kislotabardosh materiallar suvni kam yutishi, birjinsliligi va mayda donaligi bilan xarakterlanadi. G‘ovak keramika g‘ovakligi va yuqori nam yutishligi bilan farq qiladi. Keramik buyumlar tarkibi 8.1-jadvalda keltirilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling