Viii bob. Nometall materiallar va himoya qoplamalari
Organik birikmalar asosidagi korroziyabardosh nometall
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Нометал материаллар
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8.2.1. Polimer materiallar.
8.2. Organik birikmalar asosidagi korroziyabardosh nometall
materiallar Organik birikmalar asosida ko‘psonli korroziyabardosh materiallar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Birlamchi birikmalarning xilma-xilligi, ular kombinasiyasi variantlarining ko‘pligini inobatga olib aytish mumkinki, bunday materiallar soni sanoqsiz va kelgusida yana ortadi. Shuning uchun bunday birikmalarning asosiy sinflari va ularning vakillari haqida to‘xtalish maqsadga muvofiqdir. Kimyoviy mashinasozlikda plastik massalar, kauchuklar asosidagi materiallar va ko‘mir-grafit materiallar keng qo‘llaniladi. 8.2.1. Polimer materiallar. Polimer materiallar yuqori molekulali organik birikmalardan tayyorlanadi. Birlamchi xom ashyo sifatida odatda past molekulali birikma-lar xizmat qiladi. 8.2- jadvalda amalda qo‘llaniladigan dastlabki birikmalar va yuqori molekulali organik birikmalarning takrorlanadigan zvenolari keltirilgan. 8.2-jadval Dastlabki birikmalar va yuqori molekulali organik birikmalarning takrorlanadigan zvenolari № Polimerning nomi Dastlabki polimer Takrorlanadigan zveno 1. Polietilen CH 2 = CH 2 – CH 2 – CH 2 – 2. Polipropilen CH 3 – CH = CH 2 3. Poliizobutilen 4.
CH 2 = CHC1 5.
6.
(triftorxloretilen) CF 2 = CFC1 7.
(tetraftoretilen) CF 2 = CF 2 – CF 2 – CF 2 – 194 Makromolekulalar chiziqli, tarmoqlangan yoki fazoviy strukturaga ega bo‘lishi mumkin. Isitilganda plastik bo‘lib, sovitilganda yana qaytib qattiq holatga o‘tadigan yuqori molekulali birikmalar termoplastiklar deyiladi. Qizdirilganda qattiq holatga o‘tib, sovitilganda o‘zining dastlabki holatiga qaytmaydigan polimerlar – termoreaktiv polimerlar deyiladi. Ulardan sun’iy tolalar, plyonkalar olib bo‘lmaydi. Korroziyaga qarshi texnikada eng ko‘p foydalaniladigan termoplastlar sifatida polietilen, polipropilen, ftoroplast, polivinilxlorid i poliizobutilenlarni ko‘rsatish mumkin. Reaktoplastlar asosidagi kimyoviy chidamli qoplamalarning asosiy qismi tarkibida polimer asos sifatida epoksidli, fenolformaldegidli, epoksin qorishmali, poliefirli va vinilefirli smolalarni, shuningdek past molekulyar hamda yuqori molekulyar karbo- va geterozanjirli kauchuklar: polibutadien, xlorprenni saqlaydi. Termoplastik va termoreaktiv polimer materiallar birinchidan, agressiv muhitlar bilan ta’sirlashish qonuniyatlarida prinsipial tafovutga ega. Ikkinchidan, bu materiallar himoyalanadigan metall sirtiga turli xildagi texnologiyalar asosida yotqiziladi. Gidrofob termoplastik polimerlar asosidagi materiallar uchun bug‘lanmaydigan elektrolitlarda past eruvchanlik va o‘tkazmaslik xossalari xarakterlidir. Biroq eritmaga organik erituvchilarning juda oz miqdordagi aralashuvi ham bunday xossalarni yo‘qqa chiqarishi ham mumkin. Bug‘lanuvchan elektrolitlar uchun bunday qoplamalarning teshilish vaqti juda sezilarsizdir. Reaktoplastlarning o‘ziga xos tomonlari shundan iboratki, bu guruhdagi barcha polimerlar u yoki bu darajada suvga nisbatan o‘tkazuvchan hisoblanadi. Elektrolitlarning asosiy massasi uchun polimerlarga suvning o‘tishi eritmaning boshqa tashkil etuvchilariga nisbatan katta tezlik bilan amalga oshadi. Bu esa amalda polimerlarning bo‘rtishiga olib keladi. Biroq reaktoplastlar izolyasiyalovchi material sifatida qator afzalliklarga ega. Ular uchun kislotaning asosiy materialga o‘tishiga to‘sqinlik qiluvchi diffuziya koordinatasi bo‘yicha kislotalarning pog‘onali taqsimlanish profilining mavjudligi xarakterlidir. Bu esa agressiv kislotalar ta’siridan to‘la izolyasiyalangan tarzda ishlashni ta’minlaydi. Bunday zolyasiya rejimi bug‘lanmaydigan va bug‘lanadigan kislotalar uchun ham amalga oshirilishi mumkin. Reaktoplastlar asosidagi materiallar yuqori agressivlikka ega bo‘lgan muhitlarda ishlash uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan choksiz, monolit qoplamalar hosil qilish imkonini beradi. Bunday materiallardan ko‘p qavatli polimer konstruksiyalar olish mumkin. Masalan, kimyoviy agressiv muhitlar sharoitida ishlatiladigan texnologik jihozlarning ichki sirtini himoyalashga mo‘ljallangan, qalin qavatli (1-2 mm) polimer qoplamasidan iborat «VIKOR» antikorrozion qoplamalar tizimi bunga misol bo‘ladi. 195 Yuqori polimer birikmalar konstruksion materiallar, futerlovchilar, loklar, pastalar sifatida ko‘plab ishlab chiqariladi. Polimerlarning xossalari ularning kimyoviy tarkibi, molekulyar massasi, makromolekulalar shakli, strukturasi, dispersligi va shu kabilarga bog‘liq. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling