Viii bob. Nometall materiallar va himoya qoplamalari


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana07.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1337062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Нометал материаллар

8.1.4. Bog‘lovchi materiallar. 
Bog‘lovchi moddalar – to‘ldiruvchilarni o‘zaro bog‘lab, fizik-kimyoviy 
jarayonlar tufayli qotib, yaxlit muhit hosil qiladigan moddalardir. Bunda bog‘lovchi 
moddalar – to‘ldiruvchi toshlar, zarrachalar va donalarni o‘zaro biriktirib quyuq 
massa holidan qattiq monolit tosh shakliga olib o‘tadi. 
Bog‘lovchi moddalar tarkibiga ko‘ra organik va noorganik (mineral) 
guruhlariga bo‘linadi. Organik bog‘lovchilarga yuqori molekulali uglevodorodlar 
aralashmasidan tashkil topgan bitumlar, qatron, elimlar, polimerlar kiradi. 
Noorganik bog‘lovchilarga sement, ohak, gips, suyuq shisha va b. kiradi. 
Mineral bog‘lovchi moddalarga sementlar kiradi. Ularning tarkibiga un 
qilingan kislotali yoki ishqorga chidamli to‘ldiruvchilar qo‘shiladi. Ishqorli muhitlar 
uchun to‘ldiruvchi sifatida СaO va MgO kabi asosiy oksidlar, kislotali muhitlar 
uchun esa SiO
2
to‘ldiruvchi qo‘shilgan sementlar ishlatiladi.
Kislotaga chidamli sementlar ezib maydalangan to‘ldiruvchi (kvars qumi, 
granit, bazalt va b.) bilan silikat natriyning suvli eritmasini qo‘shib tayyorlanadi. 
Bunday sementlar konsentrlangan kislotalarga (HF va H
3
PO

dan tashqari) chidamli, 
suvda ancha chidamsiz va ishqorlar eritmasida hamda ishqorli metallarning 
karbonatlarida emiriladi. Ular yuqori mexanik mustahkamlikka, metallarga va 
boshqa materiallarga nisbatan yaxshi adgeziyaga ega.
Sement metall va boshqa apparaturalarni futerlash uchun, plitkalar, g‘ishtlar, 
bloklarni mahkamlash uchun va mustahkam, o‘tkazmaydigan choklarni berkitish 
uchun foydalaniladi. 
Beton mustahkam, qattiq tosh ko‘rinishidagi jismdir. Uni sement, suv hamda 
shag‘al, sheben, kvars qumi kabi to‘ldiruvchilar bilan qo‘shib tayyorlangan beton 
qorishmasidan hosil qilinadi. Betonlar cho‘zilish va egilishga unchalik yuqori 
bo‘lmagan chidamlilikka ega. Bunday kamchiliklarni bartaraflash uchun uni po‘lat 
armaturalar (ba’zan sterjen yoki sim) bilan kuchaytiriladi. Bunday kombinasiyadagi 
qotishma temir-beton nomi bilan mashhurdir. 
Kislotabardosh betonlarni natriy silikati (suyultirilgan shisha), ыotishni 
tezlashtiruvchi Na
2
SiF
6
, hamda andezit, diabaz, marshallit, kvars, kislotaga chidamli 
keramika chiqindilari aralashmalaridan tayyorlanadi. Bunday beton yuqori mexanik 
mustahkamlikka kimyoviy chidamlilikka ega. U HF va H
3
PO

dan tashqari barcha 
kislotali muhitlarda bardoshlidir. Undan inshootlarning fundamentini qurishda, katta 
gabaritli ishootlar – minora, rezervuarlar, tindirgichlar va boshqalarni barpo etishda 
foydalaniladi. 
Odatdagi xom ashyolardan polimer materiallar qo‘shib tayyorlanadigan 
betonlar polimerbetonlar deyiladi. Bunday betonlarga bog‘lovchi sifatida furanli, 
epoksidli, poliefirli, akrilli va boshqa smolalar qo‘shiladi. Polimerbetonlar katta 
zichlikka, kislotalar va ishqorlarga nisbatan yuqori bardoshlilikka, a’lo darajadagi 
fizik-mexanik xossalarga ega. Ular polllarni qoplash, konstruksiyalarni tiklash
gidroinshootlarni yaratish, ko‘priklar qurish uchun ishlatiladi. 


193 
Kimyo sanoatida ko‘pincha yuqori haroratlarda ishlovchi kurilmalar yaratishga 
to‘g‘ri keladi. Bunday sharoitlar uchun yuqori haroratlarga chidamli issiqbardosh 
betonlar yaratilgan. Ular to‘ldiruvchilarning tarkibi (xromli jeleznyak, shamot va b.) 
va sementning markasi bilan farq qiladi. Bunday betonlar uchun yuklama ostida 
deformasiya boshlanadigan harorat 1000–1100°S ni tashkil qiladi. 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling