Viii bob. Nometall materiallar va himoya qoplamalari
Tabiiy silikat materiallari
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Нометал материаллар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Beshtaunitlar
8.1.1. Tabiiy silikat materiallari. Kislotagalarga chidamli tabiiy noorganik materiallarga granitlar, beshtaunitlar, andezitlar va asbest kiradi. Granitlar 70-75% SiO 2 , 13-15% A1 2 O 3 va 7-10% magniy, kalsiy hamda natriy oksidlaridan iborat. Issiqlikka chidamliligi 250°S gacha. Beshtaunitlarning tarkibi 60-70% SiO 2 dan iborat. Ular qattiq, qiyin эriydigan, 800°S gacha issiqlikka chidamli, kislotabardosh. 187 Andezitlar (59–62 % SiO 2 ) kislotabardosh, mexanik ishlov berishga moyil biroq mustahkamligi uncha юqori эmas. Asbest – magniy silikat digidrati 3MgO∙2SiO 2 ∙2H 2 O hisoblanadi. U olovga va kislotaga bardoshli. Tog‘ jinslariga ishlov berishning qiyinligi va materiallarning qo‘polligi hamda beso‘naqayligi ularning keng miqёsda qo‘llanilishiga imkon bermaydi. Shunday bo‘lsada, ba’zan ular bahosi yo‘q material hisoblanadi. Granitdan эlektrofiltrlarning korpusi, azot va xlorid kislotalar ishlab chiqarishda юtuvchi minoralar, brom va yod ishlab chiqarish apparatlari tayёrlanadi. Beshtaunitlar futerovka (o‘tga chidamli material) sifatida mineral kislotalar olish apparatlarida qo‘llaniladi. Andezitlar ham futerovka hamda kislotabardosh цementlar va betonlar uchun to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladi. Issiqlikka chidamli bo‘lgan asbest – ip ko‘rinishida filtrlovchi mato, to‘ldiruvchi, jihozlar korpuslarini izolaцiyalovchi material sifatida foydalaniladi. 8.1.2. Sun’iy silikat materiallari Tosh quyish – kristall tuzilishga ega bo‘lgan materiallarni eritish hisoblanadi. Bunda tog‘ jinslari qo‘shimchalar bilan birga 1400-1450°S haroratlarda eritilib, so‘ngra quyilgan jihozlarga termik va mexanik ishlov beriladi. Bu jarayonlar uchun xom ashyo sifatida bazalt, diabaz, cho‘kindi jinslar shixtasi, metallurgiya shlaklaridan foydalaniladi. Masalan, eritilgan diabaz – 47-48% SiO 2 , 15-16% A1 2 O 3 , 15-16 % FeO + Fe 2 O 3 , 11-12 % CaO, 6-7 % MgO, 2-4 % K 2 O tarkibga ega. Tosh quymalar erituvchi kislotalardan tashqari istalgan reagentlarga nisbatan yuqori kimyoviy bardoshliligi bilan ajralib turadi. Ular yuqori mexanik mustahkamlikka (siqilishdagi σ = 200–400 MPa) va eyilishga nisbatan katta qarshilikka ega. Ularni 150°S dan yuqori bo‘lmagan haroratlarda ishlatish mumkin. Kimyoviy zavodlarda tosh quymalaridan apparatlar tayyorlash maqsadida va futerlash (qoplash) materiali sifatida keng foydalaniladi. Diabaz plitkalari sig‘imi 6 – 8 m 3 bo‘lgan mineral kislotalarni saqlash va haydash uchun mo‘ljallangan apparatlarni, mineral kislotalarni ammiak bilan neytrallash orqali ammiakli selitra va ammoniy sulfati olish uchun ishlatiladigan saturatorlarni futerlash maqsadida ishlatiladi. Quyma toshlardan sharsimon tegirmonlar tayyorlanadi: tegirmonning ichi bazalt plitkalar bilan futerlanadi va tosh quyma sharlar bilan to‘ldiriladi. Tog‘ jinslari eritmalaridan fason jihozlari, quvurlar, tarnovlar, absorbsion kolonnalar quyiladi. Quyma plitkaladan kimyoviy zavodlarning maxsus bo‘limlarini qurishda foydalaniladi. Silikat shishalar yuqori shaffofligi, yaxshi mexanik chidamliligi, kimyoviy reagentlarga nisbatan bardoshliligi va past issiqlik o‘tkazuvchanligi bilan ajralib turadi. Shisha ishlab chiqarish sanoati xossalari va maqsadiga ko‘ra juda ko‘p turdagi mahsulotlar tayyorlaydi. Silikat shishalarning asosini kremniy dioksidi – 188 SiO 2 (65–75 %) tashkil qiladi, qo‘shimchalar sifatida ishqoriy va ishqoriy-er metallari (Na 2 O, K 2 O, CaO, MgO) ning oksidlari hamda kislotali oksidlardan foydalaniladi. Silikat shishalar asosan konstruksion va futerovka materiallari sifatida keng foydalaniladi. Ulardan zmeevikli sovutgichlar, rektifikasion kolonnalar, apparaturalarning elementlari tayyorlanadi. Issiqbardosh shishalar kam ishqorli, tarkibi 63,3 % SiO 2 ; 5,5 % A1 2 O 3 ; 13,0 % CaO; 4,0 % MgO; 2,0 % Na 2 O; 2,0% F shixtalardan tayyorlanadi. Bunday shishalar 1000–1100°S haroratgacha bardoshli va 4,5-5,0 Mpa bosimga chidaydi. Egilishga mustahkamligi 600–800 kg/sm 2 ni tashkil qiladi. Alyumomagnezial shishalar chidamli filtrlovchi matolar tayyorlash uchun ishlatiladi, 71 % SiO 2 ; 3 % A1 2 O 3 ; 3,5 % CaO; 2,5 % MgO; 1,5 % K 2 O; 13-15 % Na 2 O tarkibdan iorat. 80–100°S haroratli alyumomagnezial shishalar xlorid kislotasiga ancha chiamli, sulfat kislotasi esa unga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Xona haroratidagi, 60% konsentrasiyali fosfor kislotasi bunday shishalarga kuchsiz ta’sir qilsada, harorat ortishi bilan uning emiruvchi ta’siri kuchayadi. Alyumomagnezial shisha tolasidan tayyorlangan tolalar filtr-presslarda, barabanli filtrlarda, ishqorli eritmalarni filtrlash jihozlarida qo‘llaniladi. Kvars shisha kristall holdagi eng toza tabiiy kvarsning turli ko‘rinishlari, tog‘ xrustali, tomirli kvars yoki 98–99% SiO 2 tarkibli kvars qumini eritish yo‘li bilan olinadi. Shaffof bo‘lmagan kvars shisha 99,95% SiO 2 ; 0,01% A1 2 O 3 ; 0,004% Fe 2 O 3 ; 0,028% CaO; 0,012% MgO; 0,041 % Na 2 O taribga ega. Kvars qumlarini eritish elektr pechlarida amalga oshiriladi. Bunda qumga tiqil-gan grafit sterjen orqali tok o‘tkazish yordamida u 1700–1800 °S gacha qizdi-riladi. Sterjenga tegib turgan qum qatlami asta-sekin eriy boshlaydi. Erigan kvars massasi keyingi ishlov berish bosqichiga o‘tadi. Kvars shisha yuqori haroratli barcha mineral va organik kislotalarning istalgan konsentrasiyasiga nisbatan chidamlidir. Xona haroratida bo‘lgan erituvchi kislota va 250 °S haroratda bo‘lgan fosfor kislotasi bundan mustasnodir. Ishqorlarning konsentrlangan eritmalari, ayniqsa qizdiril-ganda kvars shishalarni eritadi. Xlor, brom va yod kvars shishalarga hatto 500 °S dan yuqori haroratlarda ham ta’sir qilmaydi. Texnik kvars shishadan avtoklavlar, reaktorlar, absorberlar, retortlar, quvurlar va boshqa jihozlar tayyorlanadi. Kvars shishadan tayyorlangan buyumlar 1100–1200°S haroratga uzoq vaqt, va 1300–1400 °S haroratga qisqa muddatga bardosh bera oladi. Bunday shishalar kichik zichlik (2100 kg/m 3 ) va yuqori mexanik xossalarga ega, ultrabinafsha va infraqizil nurlarni o‘tkazadi, 1300 °S haroratgacha gaz o‘tkazmaydi. Kvars shishalardan tayyorlangan apparatlar masalan, reaktiv xlorid kislotasi olishda ishlatiladi. 189 Sitallar deb shishani ma’lum bir sharoitlarda kristallash natijasi-da olingan kristall strukturali shisha materiallarga aytiladi. Xom ashyo sifatida mineralizatorlar qo‘shilgan shisha foydalanilsa texnik sitallar, agarda metallurgiya shlaklari olinsa – shlakositallar hosil bo‘ladi. Texnik sitallar qattiq, mineral (erituvchi kislotadan tashqari) va organik kislotalar hamda ishqorlar ta’siriga nisbatan chidamli, oddiy shishaga nisbatan 5 marta mustahkam, 1000°S haroratgacha bemalol chidaydi. Ulardan kichik hajmli reaksion apparatlar, gorelkalar, termoparalarning g‘iloflari, rektifikasion kolonnalarning qismlari kabi kimyoviy qurilmalarning turli detallari tayyorlanadi. Temperatura farqi katta bo‘lgan issiqlik almashtirgichlada sitall quvurlar ishlatiladi. Sitallardan tayyorlangan podshipniklar 540°S gacha bo‘lgan haroratlarda moylashsiz ishlatilishi mumkin. Sitallar kimyoviy bardoshliligi bo‘yicha silikat emallari va shishaga nisbatan juda ustun turadi. Xossalari bo‘yicha diabaz va bazaltdan eritib quyilgan quyma toshlari deyarli tenglashadi. Masalan, AS-05, S-0,23; 224-18; T-V6; TS-81 markali sitallar kuchsiz va konsentrlangan sulfat kislotasi eritmalarida etarlicha yuqori bardoshlilik namoyon qiladi. Texnik sitallardan uchi qabariqli va tekis quvurlar, shuningdek ular uchun fason qismlar tayyorlanadi (8.1-rasm). Bunday quvurlarning xizmat muddati prokladka materiallarining ishlash muddati bilan deyarli teng bo‘lib, 5–6 yildan ortadi. Ular H 2 SO 4 uzatish tizimida 80°S gacha bo‘lgan haroratlarda ishlatiladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling