Viii bob. Nometall materiallar va himoya qoplamalari


-jadval  Keramik buyumlar tarkibi


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana07.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1337062
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Нометал материаллар

8.1-jadval 
Keramik buyumlar tarkibi 
Zich keramika buyumlari mineral kislotalarda (erituvchi kislotadan tashqari) 
yuqori kislotabardoshlik namoyon qiladi, ba’zi keramika turlari ishqorlarning 
kuchsiz va o‘rta konsentrasiyali eritmalarida chidamli bo‘ladi. Mo‘rtlik va
haroratning keskin o‘zgarishiga sezgirlik keramika buyumlarining kamchiligi 
hisoblanadi. Shuning uchun bunday buyumlarni ishlatishda haroratni asta-sekin
minutiga 2–3°S oshirib borish tavsiya etiladi.
Keramik detallar va apparatlar zarblarga, siltashlarga, egishga chidamaydi. 
Keramikadan futerlash plitkalari, kuvur o‘tkazgichlar, reaktorlar, sovutkichlar, 
absorberlarning detallari va b. tayyorlanadi.
Farfor suv va gazni o‘tkazmaydigan nozik kristalli material hisoblanadi. Uni 
1300-1450°S haroratda pishirish orqali hosil qilinadi. Farfor kislotabardosh, 
erituvchi kislota ham emira olmaydigan, qattiq, ishqalanishga chidamli, yuqori 
mustahkamlikka ega, issiqbardosh, haroratning keskin o‘zgarishini sezmaydigan 
(20–1000°S), g‘ovakligi juda past. Farfordan tayyorlangan apparaturalar ochiq 
alangada qizdirilganda ham chidaydi. 
Farfor farmasevtika, oziq-ovqat, parafyumeriya sinoatida, ya’ni juda toza 
mahsulot ishlab chiqariladigan barcha sohalarda apparatlar tayyorlash uchun 
qo‘llaniladi. Kimyo sanoatida undan kichikroq sig‘imli apparatlar, vakuum-
apparatlar, filtrlar, tigllar, kosachalar va boshqalar yasaladi. O‘tga chidamli 
materiallarning tursh, yarimtursh, samot, talk ko‘rinishlari mavjud. Ular bir-biridan 
kimyoviy tarkibi bilan farq qiladi va ma’lum bir muhitlarda ishlatish uchun 
mo‘ljallangan. O‘tga chidamli materiallar asosan yuqori haroratlarda ishlovchi 
apparatlar va pechlar uchun futerlovchi hamda qurilish materiali sifatida ko‘p 
ishlatiladi. 
G‘ovak keramikadan elektrolit vannalar uchun filtrlovchi elementlar 
tayyorlanadi. Ulardan filtrlovchi plitkalar, porolit plitkalar, kislorod qurilmalari 
uchun filtrlar yasaladi. Ulardan katalitik jarayonlarning oxirgi bosqichlarida gazni 
nozik tozalash maqsadida foydalaniladi. 
Filtr-presslarda g‘ovak keramika plastinkalari orqali suspenziyalar filtrlanadi. 
Shuningdek g‘ovak keramikadan elektrolizyorlar uchun diafragmalar tayyorlanadi.
Buyumlar 
Kimyoviy tarkibi, mass.% 
G‘ovak 
ligi, % 
SiO
2
Al
2
O
3
Fe
2
O
3
CaO 
K
2
O+Na
2

Kislotabardosh 
plitkalar 
51–68 24–38 
1–5 
1–2,5 
0,5–5 
2–4 
Kislotabardosh 
g‘isht 
55–70 15–25 
1–5 
1–2,5 
0,5–2 
4–8 
Apparatura 
keramikasi 
50–67 23–34 
1–1,4 
1–1,4 
2–6 
< 1 
Farfor 
60–67 20–22 0,3–0,4 0,4–0,5 
4–4,5 
< 0,1 


192 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling