Viii bob. Nometall materiallar va himoya qoplamalari


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/13
Sana07.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1337062
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Нометал материаллар

Polistirol — qattiq, kislotalarning eritmalarida, ishqorli muhitlarda, 
yorug‘likka chidamli material. Polistirol –80 dan +110°S gacha haroratlarda eng 
yaxshi dielektrik hisoblanadi. Undan izolyatorlar, fason buyumlari, turli xildagi 
lentalar, o‘tkazgichlar uchun izolyasiya mahsulotlari va quvurlar tayyorlanadi. 
Polistirol organik erituvchilarda eriydi. 
Ftoroplastlar – o‘ta yuqori kimyoviy bardoshli va texnikada tengi yo‘q 
antikorrozion material hisoblanadi. 
Politetraftoretilen — ftoroplast-4 tetraftoretilen [–CF
2
–CF
2
–]
n
ning polimeri
ya’ni to‘la ftorlangan etilen hisoblanadi. U yuqori kimyoviy chidamlilikka ega 
bo‘lib, ishqorli materiallar eritmasida, ftor va ftorli kerosin muhitlarida emiriladi.
Ftoroplast-4 ning muhim xossalaridan biri – uning issiqbardoshligi, u –90 dan 
+260°S gacha bo‘lgan harorat intervalida o‘z xossalarini umuman o‘zgartirmaydi. 
Ishqlanish koeffisientining kichikligi va past haroratlarda ham mustahkamligi uning 
ijobiy tomonlari hisoblanadi. 
Ftoroplast-4 — a’lo jarajadagi dielektrik, deformasiyaga chidamli, mo‘rt emas. 
Uning molekulyarnaya massasi 400000-500000 gacha etishi mumkin. Kamchiligi – 
metallar va boshqa materiallarga nisbatan adgeziyasining sustligi. 


197 
8.3-jadval 
Oddiy plastmassalarning fizik-kimyoviy va mexanik xossalari 
№ 
Fizik-kimyoviy 
xossalari
Polietilen
Polipro-
pilen 
Polistirol 
blokli 
Polivinil- 
xlorid 
Ftoro–
plast-4 
Ftoro–
plast-3 
1. 
Zichligi, kg/m
3
920–930 
900 
1100 
1330–1430 
2160–2260 2100–2160 
2. 
Mustahkamlik chegarasi, Mpa: 
Cho‘zilishdagi 
Siqilishdagi 
Egilishdagi 
12–16 
12–15 
12–17 
25–40 
60–70 
80–110 
35–50 
80–100 
85–100 
40–60 
80–100 
90–120 
14–25 
12–20 
11–14 
35–40 
50–60 
60–80 
3. 
Nisbiy uzayish, % 
500–600 
350–800 
1,5–2 
10–25 
250–500 
20–40 
4. 
Solishtirma hajmiy elektr qarshiligi, 
Om∙m 
10
15
8∙10
13
10
14
–10
15
10
12
–10
14
10
15
–10
16
1,2∙10
16
5. 
Dielektrik singdiruvchanligi
(50 Gs chastotada) 
2,2–2,3 
2,0–2,5 
2,6 
4,1 
1,9–2,2 
2,5–2,7 
6. 
Dielektrik yo‘qotishning tangens 
burchagi, ∙10

(50 Gs chastotada) 

2–5 
3–4,5 
100 
2–3 
0,02–0,05 
7. 
Elektr mustahkamligi, kV/m 
45–60 
35 
20–25 
15–45 
20–30 
13–15 
8. 
Martens bo‘yicha issiqlikka 
chidamliligi, °S 
60 
100–110 
80 
65 
260 
70–80 
9. 
Sovuqlikka chidamliligi, °S 
–70 
–35 
–20 
–20 
–270 
–195 
10. 
Yumshash harorati, °S 
110–120 
160–170 
100 
160–170 
327 
210 
11. 
Qo‘llaniladigan
harorat chegarasi, °S 
80–110 
140–150 
60–70 
60 
260 
120 


198 
Ftoroplast-4 kimyoviy chidamli quvurlar, shlanglar, prokladkalar, salniklar, 
kislotalar uchun klapanlar va filtrlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Undan yuzasi 4500 
m
2
gacha bo‘lgan issiqlik almashtirgichlar yasash uchun foydalaniladi. 
Ftoroplast-3 — triftorxlor-etilen [–CF
2
–CFCl–]
n
ning polimeri hisoblanadi. U 
maydadispers, oson sochiluvchi kukun holatida ishlab chiqariladi va 210°S 
temperaturada eriydi. Qo‘llanilish chegarasi 70°S gacha, mexanik yuklamalar 
bo‘lmagan holda 100°S gacha. Suvda ho‘llanmaydi, suv bilan bo‘kmaydi, azot, 
sulfat, xlorid kislotalarning eritmalarida hamda ishqorlarning konsentrlangan 
eritmalarida chidamli. 
Ftoroplast-3 fason buyumlar va zichlovchi elementlar tayyorlash uchun 
ishlatiladi. Undan plyonkalar olinadi, metallar sirtiga korroziyadan himoyalash 
uchun qoplamalar hosil qilinadi. Bunday qoplamalar uglerodli va legirlangan 
po‘latlarda, alyuminiy va uning qotishmalarida yaxshi yopishadi. Ftoroplast-3 dan 
tayyorlangan plyonkalar metallar sirtiga etil spirtining ksilol bilan aralashtirilgan 
suspenziyasidan surkash orqali hosil qilinadi. Shundan keyin u oldin 50–60 °S, 
so‘ngra 150 °S haroratda quritiladi. Quritilgan qoplama 10–20 minut tavomida 260–
270 °S haroratda eritilib metall yoki qotishma sirtiga yopishtiriladi. 
Ftoroplast-3dan tayyorlangan plyonkalar kislotalarga, tuzlarning eritmalariga 
chidamli bo‘lganligi sababli ular xlor va juda toza mahsulotlar ishlab chiqariladigan 
korxona hamda zavod apparaturalarida foydalaniladi. 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling