Viii bob. Nometall materiallar va himoya qoplamalari


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana07.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1337062
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Нометал материаллар

 
8.2.4. Kauchuklar va rezinalar 
 
Natural kauchuklar (NK) – tarkibida kauchuk moddasi bo‘lgan tropik o‘simlik-
larning sutsimon sokidan olinadi. Sokka kislotali ishlov berilgandan so‘ng hosil 
bo‘lgan mahsulot yoyilib, shakl beriladi.
Sintetik kauchuklar (SK) cheklanmagan birikmalarni polimerlash yo‘li bilan 
olinadi. Dastlabki material tarkibi va ularga ishlov berish sharoitiga bog‘liq holda 
turlicha xossali va har xil chidamlilikka ega bo‘lgan kauchuklar ishlab chiqariladi 
(8.5-jadval). 
Kauchuklar – yuqori molekulali birikmalar bo‘lib rezina, ebonit va loklar, 
elimlar, bog‘lovchi moddalar olish uchun foydalaniladi. Kauchuklar chiziqli 
tuzilishga ega bo‘lib, yuqori elastikligi va ishchi temperatura diapazonining kengligi 
bilan ajralib turadi. 100°S haroratda ular mo‘rt bo‘lib qoladi, 200°S da esa suyulib 
qoladi (8.6-jadval). 
Rezina va ebonit – kauchukni vulkanizasiyalash tufayli olingan mahsulotlardir. 
Bu jarayon vulkanizator moddalar (ko‘pincha oltingugurt, metall oksidlari) 
ishtirokida, 
yuqori 
temperaturalarda 
amalga 
oshiriladi. 
Kiritilayotgan 
vulkanizatorning miqdriga qarab yumshoq rezina (2–4 % S), yarimqattiq rezina (12–
20 % S) va qattiq rezinalar (30–50% S) olinadi. Oxirgi mahsulot ebonit deb 
nomlanadi. 
Rezinalar noyob yuqori, teskari deformasion qobilyatga egaligi, elastikligi
mustahkamligi, sidirilishga va agressiv muhitlar ta’siriga yuqori qarshiligi, gaz va 
suv o‘tkazmasligi bilan ajralib turadi. 
Butadien-stirol kauchuk (SKS) – butadien va stirolning sopolimeri hisoblanadi. 
Uning asosidagi ebonitlar yuqori kimyoviy chidamliligi bilan xarakterlanadi. Ular 
quruq va nam xlorga, konsentrlangan uksus kislotasiga 65°S gacha chidamli, 
shuningdek 36 % li xlorid kislotasida 80°S haroratda uzoq vaqt ishlatilishi mumkin.


202 
8.5-jadval 
Sintetik kauchuklarning xarakteristikalari 
Kauchukning nomi 
Dastlabki monomerlar 
Maxsus xossalari 
Butadien (SKB) 
Butadien 
CH

=CH–CH=CH
2
Butadien stirolli 
(SKB) 
Butadien CH
2
=CH–CH=CH
2
Stirol
Izoprenli 
Izopren
Butadien nitrilli 
(SKB) 
Butadien CH

=CH–CH=CH

Akrilonitril CH
2
=CH – CH 
Yuqori issiqlik-, 
benzo-, moy chidamlilik
Xlorperenli 
(nairit) 
Xlorperen
Yuqori issiqlik-, 
benzo-, moy chidamlilik
Butilkauchuk 
Izobutilen
Izopren
Yuqori kimyoviy
bardoshlilik
Silikonli (SKT) 
Kremniy organik birikmalar 
–60
o
S dan +300
o

gacha bo‘lgan keng 
intervalda ishlaydi 
Butadien-nitril kauchuk (SKN) – butadien va akrilonitril kislotasi-ning 
sopolimeri hisoblanadi. Uning asosidagi rezinalar benzin, moyga chidamli, abraziv 
eyilishga nisbatan yuqori qashilikka va issiqlikka yuqori bardoshga ega (100°S 
gacha).
Xlorpren kauchugi – nairit deb nomlanadi. U asosan arzon va serob xom ashyo 
hisoblangan – asetilen va vodorod xlorididan olinadi. Nairitlar organik 
erituvchilarda yaxshi eriydi, himoyalanadigan sirtga oson surkala-digan, 
qovushqoqligi kichik va konsentrlangan eritmalar hosil qiladi. Nairitdan 
tayyorlangan vulkanizasiyalanmagan qoplamalar termoplastik hisoblanadi. Ular 
40°S dan yuqori haroratlarda yumshoq bo‘lib qoladi. Agarda ularni bir necha kun 
60–70°S haroratda sulfat kislotasi yoki natriy xlor eritmasida saqlansa, qoplama 
vulkanizasiyalanib rezina xossalarini oladi. Nairit qoplamalari eskirmaydigan, 70°S 
haroratda ham kislotalarda, ishqorlarda va tuzli eritmalarda chidamli. Qisqa 
muddatli 90-95°S qizdirishlarga bardosh beradi.


203 
8.6-jadval 
Kauchuklar va ular asosidagi rezinalarning ba’zi xossalari 
Nomi 
Kauchuklar 
Rezinalar 
Zic
hli
gi

kg
/m
3
C
ho‘z
il
ishga
Must
ah
ka
ml
igi

MP

Nisbi
y
uz
ayishi
, %
Zic
hli
gi

kg
/m
3
C
ho‘z
il
ish 
ga
must
ahka
ml
i
gi, MP

Nisbi
y
Uz
ayishi
, %
Issi
q
ba
rdosh
li
gi

o
S
Xarakterli xossalari 
Narural kauchuk (NK) 910–
930 
20–30 
700-800 
917–
937 
25–34 
550–650 80–110 
Moy, benzinda bo‘kadi; 
oksidlanadi 
Butadien-stirol 
kauchugi (SKS) 
920 
3–5 
500–600 620–
980 
20–25 
550–650 80–100 
Eyilishga yuqori 
bardoshli; oksidlanadi 
Butadien-nitril 
kauchugi (SKN) 
960 
3–4,5 
500–700 910–
980 
27–30 
550–650 100–110 
Suyuq yoqilg‘ilar, 
moylarni shimimaydi; 
Nairit 
1270 
25–30 
800–
1100 
1150–
1250 
20–35 
600–700 110–120 
Kimyoviy va atmosfara 
ta’siriga chidamli 
Butilkauchuk 
910 
15–20 
700–850 920 
15–22 
500–600 120 
Atmosferaga chidamli, 
gaz o‘tkazmaydi 
Polisiloksan kauchugi 
1600–
2200
1600–
2200 
4–50 
220–300 250–300 
Sovuqqa, kislorodga 
chidamli, gaz 
o‘tkazmaydi 
Ftorkauchuklar 
1600– 
2200 
1800– 
1900 
20–25 
250–550 200–250 
Kimyoviy inert, sovuq, 
kislorod, benzin, moyga 
chidamli 


204 
Gummilash (gummirovanie) – kimyoviy apparatlarning sirtlarni rezina yoki 
ebonit bilan qoplash jarayonidir. Apparatning ichki sirti ikki yoki undan ko‘proq 
qavatli xom rezina listlari bilan ketma-ket qoplanib, har safar vulkanizasiyalanib 
boriladi. Vulkanizasiyalash o‘tkir bug‘ bilan qizdiriladigan maxsus qozonlada 
amalga oshiriladi. Bu jarayon apparatni qaynab turgan suv yoki qaynash harorati 
100°S bo‘lgan tuzlarning suvli eritmasi bilan to‘ldirilgan holda ham amalga 
oshirilishi mumkin. Xom rezina aralashmasi qizdirilganda mustahkam elastik 
rezinaga aylanadi. Xloropren kauchuklaridan tayyorlangan qoplamalar yordamida 
quvur o‘tkazgichlari, elektrolizyorlar, rezervuarlar korroziyadan himoyalanadi. 
Xom rezina bilan qoplangan temir yo‘l sisternalari yoz paytida issiq atmosfera 
havosi ta’sirida qo‘shimcha qizdirishlarsiz bir oyda o‘z-o‘zidan vulkanizasiyalanadi.
Ebonitlar metallga nisbatan yaxshi adgeziyaga ega. Bunday xususiyatdan 
kimyoviy zavodlarda ko‘p uchraydigan qo‘sh qavatli qoplamalarni hosil qilishda 
foydalaniladi. Bunda ichki qavat ebonitdan, tashqi qavat esa yumshoq rezinadan 
tayyorlanadi. Bunday qo‘sh qavatli qoplamalar xlorid, erituvchi, uksus va limon 
kislotalari, ishqorlar hamda tuzlarning eritmalariga 65°S haroratgacha chidamli 
hisoblanadi. Ular faqat kuchli oksidlovchi muhitlar — konsentrlangan sulfat 
kislotasi va azot kislotasida parchalanishi mumkin. 
Misol tariqasida rezina qoplamali issiqlik almashtirgich apparatining 
himoyasini ko‘rib chiqamiz. Issiqlik almashtirgich apparatlari po‘lat quvurlarining 
yupqa va bakelitli qoplamalari po‘latni korroziyadan etarlicha yaxshi himoyalaydi. 
Biroq ular uni eroziya va intensiv gidroobraziv eskirishdan himoyalay olmaydi. 
Shuningdek, issiqlik almashtirgich apparatining bir qismi qattiq mexanik zarrachalar 
aralashgan suvning harakati tufayli kuchli eyiladi. Bunday hollarda korrozion va 
abraziv eskirishga qarshi ishonchli himoyaga faqat rezina qoplamalar 
yordamidagina erishish mumkin. Haqiqatan ham nairit qoplamalari yaxshi 
himoyaviy xossalarini namoyish etadi. Bunday issiqlik almashtirgichlari-ni AQSh 
va Rossiyadagi ba’zi zavodlarda ishlatish tajribalari mavjud (8.2-rasm). Shuni 
aytish lozimki gummilangan issiqlik almashtirgichlarda issiqlik uzatish koeffisienti 
himoya qoplamalari bo‘lmaganlarnikiga nisbatan kichikroq bo‘ladi. 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling