Viii bob. Nometall materiallar va himoya qoplamalari
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Нометал материаллар
Organik materiallarga polimer mahsulotlar, kauchuk asosli materiallar, grafit
va uning hosilalari va b. kiradi. Konstruktiv o‘ziga xoslik nuqtai nazaridan metallmas qoplamalar vkladishlar va monolit qalin qatlamli qoplamalarga bo‘linadi. Ularning prinsipial farqi shundaki, vkladishlar mustaqil konstruksion material sifatida «idish ichidagi idish» tamoyili asosida ishlatilishi mumkin. Vkladishlardan farqli holda monolit qoplamalarning ishga layoqatliligi va ularning mexanik mustahkamligi faqat ularning taglik bilan adgeziyalanish holidagina ta’minlanishi mumkin. Shuningdek vkladishlar va qoplamalar qalinligi bilan ham farq qilishi mumkin. Vkladishlarning qalinligi bir necha o‘n millimetrgacha yetsada, monolit polimer qoplamalarining qalinligi 1,5-2 mm dan oshmaydi. 186 Yuqori agressivlikka ega bo‘lgan muhitlarda barcha qoplamalarga qo‘yiladigan eng asosiy talab – izolyatsilash mexanizmining kuchli bo‘lishi, ya’ni qoplama muhit bilan taglik o‘rtasidagi kontaktni to‘la bartaraflashi lozim. Bu masalani ikki yo‘l bilan hal qilish mumkin: bir xil material asosidagi monomer qoplamaning qalinligini oshirish yoki turli xildagi kompozitsion materiallardan «sendvich» tipidagi ko‘p qavatli qoplamalar-dan foydalanish. Monoqoplamalarning qalinligini oshirish odatda, ichki kuchlanishning vujudga kelishiga va ular mexanik barqarorligining buzilishiga sabab bo‘ladi. Kimyo va neftni qayta ishlash sanoatida ko‘p hollarda korrozidan himoyalash maqsadida turli hildagi materiallardan ko‘pqavatli qoplamalar olinadi. Qoplamalarda odatda, turli funksional vazifalarga ega bo‘lgan uchta zonani ajratib ko‘rsatish mumkin: • tuproq, ya’ni himoyalanadigan sirtga tegib turgan va taglik bilan bog‘liqlik barqarorligini aniqlovchi qatlam; • qoplamaning izolyatsiyalovchi va mexanik xossalarini aniqlovchi asosiy (o‘rta qism) qoplama; • agressiv muhit bilan bevosita kontaktda bo‘ladigan sirtki qatlam. Oxirgi qatlam ba’zida qoplamaga abrazivbardoshlik, ho‘llanish va boshqa shu kabi qo‘shimcha spesifik xossalarini berish uchun foydalaniladi. Noorganik tabiatga ega bo‘lgan materiallarning kimyoviy turg‘unligi asosan ularning kimyoviy va mineralogik tarkibi, g‘ovakligi, struktura tuzilishi bilan aniqlanadi. Kislotalarga bardoshli materiallarga erimaydigan yoki qiyin eriydigan kislotali oksidlar – kremnezem, past asosli silikatlar va alyumosilikatlar kiradi. Tarkibida asosiy oksidlar bo‘lgan materiallar ishqorlarda chidamli bo‘lib, mineral kislotalarda ular chidamli emas. Ularga misol tariqasida ohaktosh, magnezit va qurilish sementlarini keltirish mumkin. Bardoshlilik to‘g‘risida gap ketganda materialning mineralogik tarkibi ham katta ahamiyatga ega. Ko‘p hollarda polimineral hisoblanadigan tabiiy tog‘ jinslari uni tashkil qiluvchi alohida qismlari termik kengayish koeffitsientining tulicha ekanligi sababli temperaturaning keskin o‘zgarishi oqibatida darz ketib parchalanishga moyil. Kristall tuzilishga ega bo‘lgan materiallarning bardoshliligi amorf materiallarnikiga nisbatan yuqoridir. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling