Viii bob. Nometall materiallar va himoya qoplamalari


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/13
Sana07.04.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1337062
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Нометал материаллар

 
 
8.2-rasm. Quvurlar chetini 
erozion eyilish korroziyasidan 
nairitdan tayyorlangan rezina 
qoplamasi orqali himoyalash 
sxemasi. 
1 – qalqon; 2 – quvurlar; 3 – rezina 
qaoplamalari.


205 
Butilkauchuk – izobutilen va izoperenlarning birgalikdagi polimerla-nish 
mahsulotidir. U agressiv muhitlar ta’siriga inertligi, gaz o‘tkazmasligi va suv 
shimimasligi bilan ajralib turadi, ba’zi organik erituvchilarga chidamli. Uning 
asosidagi rezinalar ko‘pgina organik erituvchilarning ta’siriga chidamli bo‘ladi. 
Silikonli kauchuklar yuqori issiqbardosh (250–300°S) va sovuqqa (–50 dan –
60°S gacha) chidamlili sanaladi. Biroq ularning korroziyabardoshligi past. 
Ftorkauchuklar kimyoviy chidamliligi va issiqbardoshligi bo‘yicha birinchi 
o‘rinlarda turadi. Ulardan tayyorlangan buyumlar kuchli agressiv muhitlar va 
oksidlovchilar ta’siriga 200°S gacha chidaydi. Bu turdagi kauchuklarning 
kamchiligi – kirishib qisqarishi yuqori bo‘lganligi sababli kimyoviy apparaturalarda 
qo‘llab bo‘lmasligi. 
8.2.5. Grafit materiallar. 
Grafit va ko‘mir asosidagi materiallar kimyo sanoatida keng qo‘llani-ladi. Grfit 
yuqori kimyoviy chidamlilikka va issiqlik o‘tkazuvchanlikka ega. U issiqlik 
o‘tkazuvchanlik borasida xromnikelli po‘latlar va qo‘rg‘oshindan ham 3–5 marta 
ustun turadi (8.3-rasm). 
 
 
 
 
 
8.3-rasm. Uglerod-grafitli 
materiallar va metallarning 
issiqlik o‘tkazuvchanligi. 
1–alyuminiy; 2–bakelitirlangan 
grafit (igurit); 3–tantal; 4–uglerodli 
po‘lat; 5–antegmit ATM-1; 6–
qo‘og‘oshin; 7–zanglamaydigan 
po‘lat 12X18N9; 8–titan. 
 
 
Bundan tashqari grafit o‘z-o‘zini moylagandek xususiyatga ega, uning sirtiga 
o‘tiradigan qasmoq va ifloslanishlar boshqa materiallarga nisbatan eng kam. Biroq 
u deformasiyalanmaydi, shu sababli mo‘rt bo‘ladi. Grafit g‘ovakligining yuqoriligi 
(ba’zan 30–35 % gacha etadi) uning yana bir asosiy kamchiliklaridan hisoblanadi. 
Sun’iy grafit neft koksi va toshko‘mirni 1200°S gacha qizdirib, so‘ngra 
kislorod kirmaydigan joyda 300°S haroratda toblash orqali olinadi. 


206 
Grafit kukuni va fenol-formaldegid smolasi asosida antegmit deb 
nomlanadigan material olinadi. Grafit press-kukun va smola dastlab qizdirilgan 
qoliplarda presslanadi, so‘ngra materialga termik ishlov beriladi.
ATM-1antegmiti –
issiqlik o‘tkazuvchanligi past (taxminan 2 marta), biroq 
yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan antikorrozion va antifriksion materialdir (8.4-
rasm). ATM-1ning fizik-mexanik xossalari unga termik ishlov berish orqali 
yaxshilanishi mumkin. Ular oksidlovchi, ishqorli va ba’zi organik birikmalardan 
tashqari ko‘pgina agressiv muhitlarda bardoshli hisoblanadi. Ular issiqlik 
almashtirgichlar, reaktorlar, bug‘latgichlar, absorberlar, kondensatorlar kabi yirik 
gabaritli qurilmalar tayyorlashda ishlatiladi.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling