Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi
Download 1.81 Mb.
|
sarvar
Suvning qattiqligi. Tabiiy suvning xususiyati uning tarkibidagi eruvchi kal’siy va magniy tuzlarini miqdorini aniqlash bilan aniqlanadi va u suvning qattiqligi deb yuritiladi.
Suvning qattiqligi 1l suv tarkibidagi umumiy kal’siy va magniy ionlarining mg-ekv. mikdori bilan tavsiflanadi. Bir litr suv tarkibida 1,5 mg-ekv kal’siy va magniy ionlari bo’lsa, bu suv juda yumshoq suv, 1,5-3 m-ekv bo’lsa, yumshoq, 3-6 mg-ekv o’tracha qattiqlikdagi suv, 6-10 mg-ekv qattiq, 10 mg-ekv dan ko’p bo’lsa juda qattiq suv deyiladi. Qattiq suvlarni ishlab chiqarishda ishlatishdan oldin ularga qayta ishlov berilib, kal’siy va magniy ionlari olib tashlanadi va shu yo’l bilan suv yumshatiladi. Suvning qattiqligi 3 xil bo’ladi; vaqtinchalik, doimiy va umumiy qattiqlik. Suvning vaqtinchalik qattiqligi (Jv) bu suv takibida SaSO3 va MgSO3 suv takibida borligi bilan ifodalanadi. Suvni qaynatilganda tuzlarni bir qismi yo’qotilganligi uchun korbonatli qattiklik deb ham yuritiladi. Suvning vaqtinchalik qattiqlik mikdoriyligi bir soat qaynatilgan suv tarkibidan chiqib ketgan karbonatlarning miqdori bilan tavsiflanadi. Doimiy qattiqligi (Jp) bir soat qaynatilgan suv tarkibida qolgan Sa va Mg ning (karbonatsiz) boshqa tuzlarini mikdori tushuniladi. Suvning umumiy qattiqligi (Jo) esa vaqtinchalik va doimiy qattiqliklarni yiindisi bilan ifodalanadi va suv tarkibidagi Sa va Mg kationlarini konsentratsiyasini tavsiflaydi Jo = Jv + Jp 2- . 3 ' Tabiiy suvning qattiqligi har xil suv manbalarida har xil bo’ladi. Yil mobaynida bir manba’dagi suvning qattiqligi har xil bo’lishi ham mumkin. Suvning qattiqligi gradus yoki mg-ekv da ifodalanadi. Suvning 1° qattiqligi 1l suvda 10 mg SaO yoki 14 mg MgO ga teng. 1mg-ekv da esa 1 l suvda 20,04 mg Sa yoki 12,16 mg Mg ionlariga teng bo’ladi. Suvning ishqoriyligi. Suvning bu ko’rsatkichi 1 l suvdagi ON- ; SO NSO- z mg -ekv ionlarni va ayrim kuchsiz kislotalarning anionlarini kislotali bog’larini ifodalaydi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling