Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi
Download 1.81 Mb.
|
sarvar
2.Korxona tarixi
“Inter-Rohat” korxonasi 1974-yilda o’z faoliyatini boshlagan. Bu kombinat Toshkent viloyati Salar mavzesida, hozirgi Qibray tumanida 2 asosiy sababga ko’ra loyihalangan va qurilgan: “Yalang’och” temir yo’li stansiyasi tufayli; Bu hududda tabiiy artezan mineral suvining bulog’i borligi tufayli. Kombinatning hamma sexi yagona hududda, 13,5 gektar yer maydonida joylashgan. Kombinat 3 ta asosiy ishlab chiqarishga bo’lingan: Elevator yordamida solod ishlab chiqarish; Mineral suv quyuvchi zavod; Pivo va alkogolsiz ichimliklar zavodi. O’tgan 43 yil mobaynida kombinatda bo’lib o’tgan texnologik rivojlanish tadbirlari va rekonstruksiyalar tufayli hozirgi kunda kombinat quyidagi ishlab chiqarish quvvatiga ega: Elevator yordamida 20 000 tonna dondan 8100 tonna solod ishlab chiqarish; Bolgariya Xalq Respublikasi texnologiyasiga binoan avtomatik quyish liniyasi yordamida 24 000 but/soat quvvatli, yiliga 68 mln dona mineral suv ishlab chiqarish; Germaniya texnologiyasiga binoan 0,33 l hajmli idishlarda avtomatik quyish liniya yordamida yiliga 1 mln. dal napitka ishlab chiqarish; Bolgariya Xalq Respublikasi texnologiyasiga binoan 0,5 va 0,33 l hajmli idishlarda avtomatik quyish liniyalarida yiliga 1 870 000 dal napitka ishlab chiqarish; Ukraina texnologiyasiga binoan 0,5 l hajmli shisha idishlarda uchta avtomatik liniyalarda 12 000 but/soat, yiliga 3 470 000 dal pivo ishlab chiqarish. Qolaversa pivoni bochka, keg va sisternalarga quyish bo’limi ham bor. Umumiy pivo ishlab chiqarish miqdori yiliga 6 480 000 dal; Kvas ishlab chiqarish bo’limi bir sezonda 20 000 dal; Bu ishlab chiqarishlardagi qo’yilgan quvvatdan foydalanish koeffsienti 0,8-0,9 ni tashkil etadi. Kombinatda ishlab chiqarish chiqindilari ham, ya’ni don chiqindilari arpa qotishmalari kombinatga yaqin bo’lgan xo’jaliklarga realizatsiyalanadi. 1974-yilda ishlab chiqarishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilgan: 1-bosqich – 1974-yilda mineral suv ishlab chiqarish zavodi shu yilning aprelida foydalanishga topshirilgan. Mineral suv kombinatda joylashgan artezan bulog’idan olinadi. 2-bosqich – Pivo va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish zavodi 1974-yilning 1-iyulida ish boshlagan. Loyihaga ko’ra zavodning ishlab chiqarish quvvati – yiliga 6,5 mln dal pivo va 2,5 mln dal alkogolsiz ichimliklar. 3-bosqich – elevator yordamida solod ishlab chiqarish zavodi 1976-yilning 1-yanvarida ishga tushgan. Loyihaga ko’ra zavodning ishlab chiqarish quvvati – yiliga 13 500 tonna. Elevator hajmi 20 000 tonna donni qayta ishlashga va saqlashga mo’ljallangan. 1978-yilda alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarilishi to’xtatilib, bu sexning o’rniga “Pepsi-Kola” ichimligi ishlab chiqarish texnologiyalari joylashtirish va qurilishi boshlangan va bu ishlab chiqarish 1981-yilning may oyida ish boshlagan. 1985-yilida Bolgariya Xalq Respublikasi texnologiyasiga asoslangan avtomatik limonad quyish sexi qayta ishga tushdi. 1990-yilning oktabr oyida va 1991-yilning iyul oyida mineral suv va alkogolsiz ichimliklarning zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalarini olib kelish va o’rnatish bo’yicha dunyoga mashxur nemis firmalari – KRONES, KRUPP-KORPOPLAST va avstriya firmasi ENGEL bilan uchta katta shartnoma tuzildi. 2000-yilda Yugoslaviya va Chexiya texnologiyasi bo’lgan 2 ta tunelli pasterizatorlar va 2 ta ikki tomonlama etiketka yopishtiruvchi apparatlar o’rnatildi. Shu yilda yirik nemis firmasi ANTON SHTAYNEKER va KHS bilan pivo pishirish sexiga zamonaviy texnologiyalar olib kelish va o’rnatishga shartnoma tuzildi. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling