Vinochilik texnologiyasi va sanoat uzumchiligi
Korxona haqida umumiy ma’lumot
Download 1.81 Mb.
|
sarvar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Xom-ashyoni nazorat qilish: Arpa
3.Korxona haqida umumiy ma’lumot
Korxona strukturasi Xom-ashyo bazasi “Inter-Rohat” korxonasiga xom-ashyo bilan ta’minlaydigan asosiy tashkilotlar O’zbekiston hududida joylashgan. Masalan, kombinatni don bilan Qashqaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlari, shakar bilan Xorazm viloyati, guruch oqshog’i bilan Toshkent shahri, kraxmal bilan Toshkent viloyati ta’minlaydi. Pivo ishlab chiqarishda va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarishda ayrim xom-ashyo va materiallar O’zbekiston hududida ishlab chiqarilmaydi. Misol uchun, qulmoq, fermentlar, filtrlovchi kartonlar, turli aromatizatorlar va konsentratlar, limon kislotasi, askorbin kislotasi va natriy benzoat kabilar. Ushbu xom-ashyo va materiallar import yordamida turli mamakatlardan – Rossiya, Germaniya, Shvetsiya, Xitoy, Shvetsariya, Janubiy Korea kabi davlatlardan “Inter-Rohat” korxonasiga keltiriladi. Hududiy va import xom-ashyolarini foiz nisbati 20% ga 80% ni tashkil etadi. Pivo ishlab chiqarishda xom-ashyo sifatida quyidagilar ishlatiladi: GOST 29294 ga binoan och rangli, to’q rangli va karamel solod; O’z DSt 950 ga binoan ichimlik suvi; Sog’liqni Saqlash Vazirligi belgilab bergan sertifikatiga binoan pivo suslasi konsentrati; GOST 21946 va GOST 21947 ga binoan qulmoq; Yordamchi xom-ashyo; GOST 5060 va GOST 28672 ga binoan arpa; Yordamchi xom-ashyo pivo ishlab chiqarishda sarflanadigan xom-ashyo massasining 20% massasidan oshmasligi kerak. Normativ hujjatlarda keltirilgan qoidalarga asoslangan holda import mahsulotlaridan foydalanish kerak. Pivo ishlab chiqarishda Sog’liqni Saqlash Vazirligi ruxsat bergan yordamchi materiallardan foydalanish mumkin. 1.Xom-ashyoni nazorat qilish: Arpa- pivo ishlab chiqarishda asosiy xom-ashyo arpa hisoblanadi.Yaxshi sifatli pivo olish uchun yaxshi navli arpa ishlatiladi. Zavodga keltirilgan arpaning avvalo tashqi ko’rinishi (rangi ,hidi, mazasi) mexanik tarkibi (o’sish energiyasi, yashashga barqarorligi, mayda- yirikligi, naturasi), kimyoviy tarkibi(namlik miqdori, kraxmalliligi,ekstraktivligi,oqsil moddalar miqdori). Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling