Qulmoqning umumiy kimyoviy tarkibi.
-
Qulmoqni saqlash.
Qulmoq qoplarda yoki presslangan xolda bo’ladi. Quruq qorong’i joyda (0,5-2°S) saqlanadi. Tarkibida 11% namlikda.'
Qulmoqni nazorat qilish: Zavodga keltirilgan qulmoqdan avvalom bor o’rtacha namuna olinadi, so’ngra hidi, g’uddaning rangi, lupulin donachalarini, zararlangan g’uddalarni miqdorini, namligini,umumiy tahir moda miqdori aniqlanadi.
Suvni nazorat qilish- pivo ishlab chiqarishda suv katta ahamiyatga ega. Chunki u ishlab chiqarishning ko’pgina jarayonlarida ishlatiladi. Masalan: solod ishlab chiqarishda, pivo Sharbatini pishirishda, yordamchi materiallarni pishirishda, melassadan qiyom tayyorlashda. Bundan tashqari alkogolsiz va likyor-aroq ichimliklarini asosiy qismini tashkil etadi. Uskuna va jixozlarni, butilkalar va bochkalarni yuvishda va oraliq mahsulotni isitish yoki sovutishda ham ishlatiladi.
Ishlab chiqarishda ishlatiladigan. suv faqatgina iste’mol suviga qo’yiladigan talabga javob berishidan tashqari ishlab chiqarish korxonasi xususiyatiga ham talab berishi kerak.
Suv - tiniq, rangsiz, yoqimli mazaga ega, u begona hidlarsiz, ta’mga va zararli mikroorganizmlar bilan zararlangan bo’lmasligi kerak.
Bundan tashqari uning kimyoviy ko’rsatkichlari: qattiqligi, ishqoriyligi, oksidlanuvchanligi va quruq qoldiq miqdori (suxogo ostatka) tarkibida cho’kma bo’lmasligi bilan ham talabga javob berishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |