Voqea sodir bo’lgan joyda topilgan murdani ko’zdan kechirish, sud tibbiy tanatologiya


Download 384.28 Kb.
bet6/10
Sana18.06.2023
Hajmi384.28 Kb.
#1563027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sud tibbiyoti 7 ta mavzu 5 listdan

Asfiksiyaning belgilari. Mexanik asfiksiyadan o’lganda murdani tekshirishda qator belgilar kuzatiladi. Ammo bu belgilar umumasfiksik deb atalib, faqatgina mexanik asfiksiyadagina emas, balki o’lim birdaniga sodir bo’lganda (masalan, yurak-qon tomiri sistemasi kasalliklari, elektr tokidan jarohatlanish va to’satdan o’lim) ham kuzatilishi mumkin. Shu bilan bir qatorda ko’pgina hollarda shu belgilar mexanik asfiksiyadan o’lgan murdalarni tanasida topilmasligi ham mumkin. Bunday hollarda aniqrog’i umumasfiksik belgilar emas, balki tezda sodir bo’ladigan o’limning belgilari deb gapirish to’g’ri bo’ladi.
Asfiksiyaning belgilari 2 guruhga: tashqi va ichki belgilarga bo’linadi. Asfiksiyaning tashqi belgilariga quyidagilar kiradi:
1. Kozning biriktiruvchi pardasiga mayda nuqtali qon quyilish. Ular ko’p yoki alohida bo’lishi mumkin. Ko’pincha kon’yunktivaning o’tuvchi burmasida joylashadi. Uzoq davom etuvchi asfiksiyada qon quyilishlar ko’z qovog’i terisi, yuzi, bo’yni, ko’kragining yuqori qismi, og’iz shilliq pardasida (bu belgi venoz bosimning oshib ketishi, gipoksiya tufayli tomir devori o’tkazuvchanligining oshishidan darak beradi) ko’zga tashlanadi.
2. Yuzini kokarishi - ko’p uchraydigan, ammo doimiy bo’lmagan belgi; u murdaning pastki qismiga qonni oqishi tufayli o’lgandan keyin dastlabki birinchi soatda yo’qoladi; boshqa tomondan, murdani yuzi bilan pastga qaratib qo’yilganda ko’karish mexanik asfiksiya bilan bog’liq bo’lmagan holda ham kuzatilishi mumkin.
3. Tarqalgan intensiv toq-binafsha murda doglarining paydo bolishi. Ularning intensivligi qonning suyuq holatda bo’lishiga bog’liq va shuning uchun ham tananing pastki qismida qon almashinuvi buzilishi tufayli ko’zga tashlanadi; murda dog’larining bunday holati o’lim tez sodir bo’lgan barcha hollarda kuzatilib, bu belgining diagnostik ahamiyati uncha muhim emas.

Download 384.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling