Voqea sodir bo’lgan joyda topilgan murdani ko’zdan kechirish, sud tibbiy tanatologiya


TIRIK SHAXSLAR SUD TIBBIY EKSPERTIZASI


Download 384.28 Kb.
bet10/10
Sana18.06.2023
Hajmi384.28 Kb.
#1563027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sud tibbiyoti 7 ta mavzu 5 listdan

TIRIK SHAXSLAR SUD TIBBIY EKSPERTIZASI

Tan jarohati olgan har bir odam xohlagan tibbiy muassasa yoki shifokorga yordam so’rab murojaat qilishi mumkin va ular yordam ko’rsatish bilan birga, tan jarohatlarini to’liq yoritil-gan holda yozishlari shart. Chunki bu tibbiy hujjatlar tergov organlari va sud tomonidan talab qilinishi mumkin. Jabrla-nuvchining o’ziga biron bir ma’lumotnoma yoki tibbiy xulosa berilmaydi, ularni faqat ma’muriy shaxslar talabiga ko’ra beriladi. Jabrlanuvchi, shubhalanuvchi yoki ayblanuvchilarni olgan tan jarohatlarining sog’lig’iga etkazilgan og’irlik dara-jasini aniqlash maqsadida 90% hollarda sud-tibbiy eksper-tizasi o’tkaziladi.


Tan jarohati – tashqi muhit omillari ta’sirida, orga-nizm a’zo yoki to’qimalarining anatomik butunligi yoki fizio-logik funktsiyasi buzilishi bilan ifodalanuvchi sog’liqqa zarar etkazilishidir. Bu sud-tibbiy ekspertlari uchun sog’liqqa etkazilgan zarar darajasini sud-tibbiy ekspertizasi qoida-lari qo’llanma bo’lib xizmat qiladi.
Tirik shaxslar sud-tibbiy ekspertizasi faqat surish-tiruv, tergov organlari qarori yoki sud ajrimiga asosan o’tkaziladi. Jabrlanuvchilarning sud-tibbiy ko’rigi sud-tibbiy ekspertizasi ambulatoriya bo’limida yoki kasalxonalarda o’tkaziladi. Tibbiy ko’rsatmalariga ko’ra ekspertizadan o’tish uchun boshqa joyga borolmaydigan tekshiruvchilarni, istisno tariqasida uyida sud-tibbiy ko’rikdan o’tkazish mumkin. Jabrlanuvchi, shubhalanuvchi, ayblanuvchini yoki guvohni sud-tibbiy ko’rikdan o’tkazayotgan sud-tibbiy ekspert, mehnat qobiliyatini yo’qotish darajasi to’g’risida yakuniy xulosa berish uchun, ma’lum vaqt o’tgach, qayta ekspertiza tayinlashi mumkin. Juda qiyin hollarda dinamikada tekshiriluvchini chuqurroq tekshirish uchun ekspertiza statsionar sharoitda o’tkaziladi. Murakkab va bahsli holatlarda komission sud-tibbiy ekspertizasi tayinlanadi.
Sog’liqning buzilishiga olib kelgan jarohat darajasi faqat tekshiriluvchining sud-tibbiy ko’rigiga asosan aniq-lanadi. Agarda tekshiriluvchining tibbiy hujjatlarida, ja-rohatlari, jarohat olgan vaqtdagi ahvoli va jarohatlarning natijasi to’liq va aniq yoritilgan bo’lsa, istisno tariqasida sud-tibbiy ekspertizasini tibbiy hujjatlari bo’yicha o’tka-zilishi mumkin. Har qanday turdagi tirik shaxslar eksper-tizasi natijasida sud-tibbiy ko’rik dalolatnomasi yoki eks-pert xulosasi tuziladi.
Tirik shaxslar ekspertizasi quyidagi savollarni hal etish uchun o’tkaziladi:
tan jarohatlari mavjudligi, ularning turi, tavsifi va etkazilgan vaqti, qanday jism yoki qurol bilan etkazilgan-ligi;
sog’liqqa etkazilgan zarar darajasi va buning natijasida mehnat qobiliyatini yo’qotish darajasi;
sog’lig’ining ahvolini aniqlash;
yolg’on yoki sun’iy kasalliklar borligi;
jinsiy etuklik hamda jinsiy dahlsizligini aniqlash;
pushtlilik qobiliyatini aniqlash;
homiladorlik, oldingi tug’ruq yoki abortlarni aniqlash;
nomusga tegish, tanosil kasalliklari yuqtirish, axloq-sizlik harakatlari, bahsli otalik, onalik va bolalarni almashtirish holatlarini, yoshini aniqlash.
Jarohatlarning sud-tibbiy ekspertizasi
Bunday ekspertiza jabrlanuvchi, ayblanuvchi yoki gumon-lanuvchining tan jarohati olishi natijasida o’tkaziladi. Jarohatlar jabrlanuvchining hayoti uchun xavfliligi nuqtai nazaridan baholanadi, shuningdek sog’liqqa u yoki bu xilda zarar etkazilganligiga buning natijasida – doimiy, uzoq yoki qisqa muddatli sog’liqning buzilishi kelib chiqqanligiga qaraladi. Sog’liqqa etkazilgan zarar og’ir, o’rta va engil darajali bo’ladi.
Sud-tibbiy ekspertizasi tan jarohat etkazishning – qiynash, azoblash va kaltaklash kabi usullarini baholaydi. Qiynash –jabrlanuvchini ovqat, suv, issiq, havo bermaslik-dir. Etkazilgan qiynoqni ekspertiza tomonidan xulosa chiqa-rilishida tergov ma’lumotlari katta ahamiyatga ega. Azoblash – jabrlanuvchida qattiq og’riq keltirib chiqarib qattiq qiy-nalishiga olib keladigan harakatlardir, masalan: qizigan ji-smlar bilan tanasini kuydirish, tabiiy yoriqlarga yot jismlar, sanchuvchi yoki kesuvchi jismlar kiritish, o’tkir jismlarni tanaga ko’p sonli tiqib olish. Kaltaklash – ko’pchilik hollarda, ayniqsa kiyim ustidan etkazilganda iz qoldirmaydigan ko’p sonli zarbalardir. Bu hollarda ekspert jabrlanuvchining bor jaroxatlarini yoritish kerak, kaltaklanganlik faktini aniq-lash esa tergov organlarining vazifasidir.
Tan jarohatlarining turi va tavsifi ko’rik vaqtida aniqlanadi (shilinma, tirnalish, yara). Sud-tibbiy ko’rikda ulardagi o’zgarishlarga qarab tan jarohati etkazilgan vaqti aniqlanadi. Masalan, qizarish, shish, og’riq tan jarohati yaqinda – bir necha 10 daqiqadan bir necha soat oldin bo’lgan vaqtda etkazilganligini ko’rsatadi. Qontalashning etkazilgan vaqti uning rangini o’zgarishiga qarab aniqlanadi. Yara atro-fidagi yallig’lanish turi va tavsifi hamda uning bitayotganligi belgilari jarohatning ancha oldin etkazilganligini ko’rsatadi. Suyak qadog’i rivojlanishiga qarab, suyak singan vaqti aniq-lanadi. Shuni aytish kerakki, sud-tibbiy tekshiruv qancha erta o’tkazilsa, jarohat etkazilgan vaqtini shunchalik aniq aytish mumkin bo’ladi.
Tan jarohat etkazgan qurol turini aniqlash, ma’lum turdagi qurollar ta’sirida kelib chiqadigan yaralardagi tav-sifli belgilarga: yaraning shakli, chekkalari, ulardagi shili-nishlar, majaqlanishlar, yara tubida kesilmay qolgan joylar bo’lishi - asoslanib o’tkaziladi. Har xil turdagi o’tkir va to’mtoq jismlar, o’q otish qurollari ta’sirida kelib chiqadigan jarohatlar bir-biriga o’xshash bo’lganligi sababli, ko’p hol-larda sud-tibbiy ekspert ma’lum qurolni identifika-tsiyalash savoliga faqat taxminiy javob berishi mumkin. Ammo, agar yarada ushbu qurolga xos tavsifli belgilar topilsa, bu qurolni identifikatsiya qilish mumkin.
Sud-tibbiyoti amaliyotida sog’liqqa og’ir zarar etkazishda jabrlanuvchi hayoti uchun xavfli bo’lgan 2 ta guruh farq-lanadi.
1-guruhga tan jarohatlarning o’zi kiradi:
tana bo’shliqlariga, ichki a’zolarga, shuningdek qalqon-simon bezga teshib kirgan jarohatlar. Anatomiya bo’yicha tanada 4 ta bo’shliq bor: ko’krak, qorin bo’shlig’i, kalla bo’shlig’i va orqa miya kanali bo’shlig’i. Ichki a’zolar, shuningdek orqa miya jaro-hatlanmagan taqdirda ham bu jarohatlar hayot uchun xavfli hisoblanadi. Qalqonsimon bez tana bo’shliqlarida emas, balki bo’yin oldingi yuzasida joylashgan bo’lsada, muhim ichki a’zo bo’lib hisoblanadi;
kalla suyaklari sinishi va bosh miya og’ir darajada lat eyishi;
bo’yin umurtqalarining sinishi yoki chiqishi, chunki bunda ko’p hollarda orqa miyaning og’ir jarohatlari kelib chiqadi;
orqa miya jarohatlanishi;
ichki a’zolar yorilishi (qattiq to’mtoq jismlar bilan urilganda yoki qattiq to’mtoq jismlar ustiga yiqilib uril-ganda);
yirik qon tomirlar: aorta, uyqu arteriyalari, o’mrov osti, qo’ltiq osti, son arteriyalari va venalari;
tana yuzasining 20% kam bo’lmagan III-IV darajali kuyishlari va 30% ko’p bo’lgan II-III darajali kuyishlar.
2-guruhga–1-guruhdagi jarohatlar natijasida kelib chiqadigan hayot uchun xavfli bo’lgan holatlar kiradi. Bularga III-IV darajali shoklar, koma, ko’p qon yo’qotish, kollaps, o’tkir yurak-qon tomir etishmovchiligi, miya qon aylanishining buzilishi, o’tkir buyrak etishmovchiligi, og’ir nafas etishmov-chiligi va boshqalar.
Sog’liqqa og’ir zararni jabrlanuvchi hayoti uchun xavfli bo’lmagan bir qator belgilarga qarab ham aniqlanadi. Ularga quyidagilar kiradi:
Ko’rishni doimiy yo’qotish deganda bitta yoki ikkita ko’zining to’liq ko’rmay qolish tushuniladi, bu esa umumiy ish qobiliyatining uchdan bir qismini yo’qotishiga olib keladi; eshitishni doimiy yo’qotish deganda, jabrlanuvchi kar bo’lib qolishi yoki ikkala qulog’ini yomon eshitishi, quloq suprasidan 3-5 sm masofadan tovushni eshitolmasligi tushuniladi; nutqni yo’qotish deganda, o’z fikrini nutq orqali aniq ifodalab berish qobiliyatini davolab bo’lmas darajada yo’qotishi tushuniladi. Shundan kelib chiqib, keskin ifodalangan duduqlikni ham nutqni yo’qotish deb hisoblanadi.
Biron bir a’zo yoki uning funktsiyasini yo’qotilishi. Masalan, naysimon suyaklar sinib, bitish jarayonida shu sohada soxta bo’g’im hosil bo’lishi, bunda shu a’zo saqlanib qolganligi bilan uning funktsiyasi yo’qoladi.
Umumiy ish qobiliyatini uchdan bir qismini doimiy yo’qotilishi – jarohat oxirigacha bitib ketganidan keyin, ish qobiliyatining yo’qotilishi foizini aniqlovchi maxsus jadval orqali baholanadi. Bolalarda ish qobiliyatini yo’qotish foizi – kelajakda kelib chiqadigan ishga qobiliyatsizlik hollaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Kasbiy ish qobiliyatini to’liq yo’qotilishi. Masalan, musiqachi har qanday barmog’ini yo’qotish uning kasbiy ish funktsiyasini bajarish qobiliyatini to’liq yo’qotishiga olib keladi.
Pushtlik qobiliyatini yo’qotishi–deganda jinsiy aloqa qilish qobiliyatini, shuningdek urug’lantirish, homilador bo’-lish, bola tug’ish va emizish qobiliyatlarini yo’qotilishi tushuniladi. Bunday holatlarga jinsiy olatni amputatsiyasi, bichib qo’yish (kastratsiya), jarohat natijasida qin va unga kirish sohasida, abort vaqtidagi jarohat natijasida bachadonni amputatsiya qilinishi, shuningdek kriminal abortlarda, tanosil kasalliklari yuqtirilganligi natijasida bachadon naylarida yallig’lanish kelib chiqishi, buning oqibatida homilador bo’lol-maslik; muddatidan qat’iy nazar homiladorlikni to’xtatish, agarda bu hol jabrlanuvchining individual xususiyatlariga bog’liq bo’lmasdan, aksincha olingan tan jarohatlari bilan sababiy bog’liq bo’lgan holda.
Yuzining tiklanmaydigan xunuklashishi – bu savol tib-biyotga tegishli emas, buni sud hal etadi. Ammo bu holda STE jarohatning tavsifi va og’irlik darajasini aniqlab berishi kerak, shuningdek yuzdagi defektlarni kosmetik korrektsiyalash imkoniyatini aniqlash kerak.
Giyohvandlik yoki toksikomaniya kasalliklari, bu holatni o’zi jarohat deb hisoblangan holda yoki jarohatni davolash natijasida rivojlangan bo’lsa.Sud tibbiyoti tibbiy va umumbiologik bilimlar va tadqiqotlar majmuini ifodalovchi fan bo‘lib, uzining rivojlanishi, takomillashishi va amaliyotga tadbik etilishida adliya va soglikni saklash muammolarini yechishda aniq maqsadga erishishni ko‘zda tutadi.
Download 384.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling